R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik


Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/231
Sana21.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#571017
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   231
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari.
Gender
»
atamasi 1968-yilda 
amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste'molga kiritilgan bo‘lib, 
«
jins
»
ma'nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol 
o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi 
oqimlarni yuzaga keltirdi. 
«
Gender tarixi
»

«
Gender psixologiyasi
»

«
Falsafaning 
gender tomonlari
»

«
Gender antropologiyasi
»

«
Gender sotsiologiyasi
»

keyinchalik esa 
«
Gender pedagogikasi
»
kabi fan tarmoqlari shakllandi. 
«
Gender
»
tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining 
ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi.
Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, 
faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z bo‘lib, jinsga 
mansublikning ijtimoiy jihatlari ma'nosini anglatadi... Bu tushuncha erkaklar va 
ayollar o‘rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida 
ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va 
ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. 
Psixologlar ham gender tushunchasiga o‘ziga xos tarzda yondashganlar: 
psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning 
psixologik ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, 
qaysi biri esa ta'lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to‘g‘risida keskin 
munozaralar bormoqda. O‘g‘il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har 
xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning 
psixologik farqlari ma'lum bo‘ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 
2002) qizlar o‘g‘il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq 


70 
deb ta'kidlashadi. O‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda o‘ziga ishonch hissi 
kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni yengilroq 
qabul qilishadi. O‘zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har bir 
holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘rganib, keyin 
unga baho berishadi.
Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, 
emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib 
chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi 
gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin: 
qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi;
qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda 
kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z ңuqtai 
nazarida qolishni afzal ko‘rishadi; 
mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz 
bolalar esa hajmini hisobga olishadi; 
o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e'tibor 
berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi; 
o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar monologlikka 
moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi; 
o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar 
o‘g‘il bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik 
nuqtai nazaridan, ya'ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon 
berishiga qarab amalga oshirishadi; 
o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish va 
istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish