АДАБИЁТЛАР
:
1.
Абдуллаев
Ф.А.
Таълим
сифати
менежментида
ахборот
технологияларининг ўрни.-Тошкент: Комрон-Пресс, 2016.-186 б.
2.
Кухарев Н. В. На пути к профессиональному совершенству. –
Москва: Знание, 2009. -159 с.
3.
Юлдашев М.А.
Таълим сифати менежментига инновацион
ёндашувлар.-Тошкент: Молия,2017.- 122 -бет.
276
14-§. TA'LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISh. ELEKTRON
PEDAGOGIKA.
REJA:
1.
Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan
foydalanish
2. Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim.
3.Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi.
Tayanch tushunchalar
:
ta'limni axborotlashtirish, ta'lim sifati, ta'lim jarayoni
sub'ektlari,
axborot-kommunikatsiya
vositalari,
masofaviy
ta'lim,
kompyuterlashtirish, elektron pedagogika
.
Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya
vositalaridan foydalanish
. O‘zbekiston Davlatining boshqa mamlakatlar bilan
o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlarida ishtirok etishi, bunda axborot-
kommunikatsiya vositalaridan foydalanishga bo‘lgan ijtimoiy talabning ortishi,
axborot-kommunikatsion xizmatning mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy
sohalarda o‘zga mamlakatlar bilan aloqaga kirishividagi tutgan o‘rni, yuksak
salohiyatli, o‘z kasbini puxta bilgan raqobatbardosh kadrlar va mutaxassislarga
bo‘lgan talabning keskin o‘sishida namoyon bo‘lmoqda.
2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha“Harakatlar strategiyasi”
32
ning 4.4. –“Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish” yo‘nalishida:uzluksiz ta'lim
tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq
o‘qitish va ta'lim olishning zamonaviy usullarini tadbiq etgan holda yuqori
malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, unda
davlat tomonidan yoshlar bilan ishlash siyosatini takomillashtirish, intellektual
rivojlangan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ta'lim muassasalarida
32
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сонли Фармони.-Тошкент, 2017 йил 7 февраль
277
ta'lim sifati va uni baholash mezonlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish,
zamonaviy pedagogik nazariyalar, ilg‘or tajribalar, axborot-kommunikatsion
vositalar asosida o‘z faoliyatini tashkil qila oladigan, yangi dunyoqarashdagi
shaxsni shakllantirish, ta'lim tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar
belgilab berildi.
XX1 asrda tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini axborot-
kommunikatsiya vositalari asosida rivojlantirish hayotiy zaruratga aylandi.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimiga integratsiya qilish, uning
mazmunini milliy istiqlol g‘oyasi va milliy manfaatlar asosida davom ettirish,
demokratlashtirish, yangilash, modernizatsiya qilish va liberallashtirish,
shuningdek
ta'lim
jarayonini
axborot-kommunikatsiya
tizimlari
bilan
qurollantirish va innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan boyitish
tushunchalari bugungi kunda o‘z ifodasini topdi.
Ta'lim tizimida tub islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining
“Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, [2,3]da
belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish asosida ta'lim jarayonining
barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, zamonaviy innovatsiya talablariga to‘la
javob beruvchi ta'lim infrastrukturasi, ya'ni uzluksiz ta'limning yaxlit tizimi
yaratildi. Ushbu tizim ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, ta'limni yagona o‘quv-
ilmiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida kompleks rivojlantirishga xizmat
qilmoqda.
Zam
o
naviy bozor iqtisodining shakllanishi korxonalar orasidagi raqobat
asosida, xalq xo‘jaligini barcha tarmoq va zven
o
larning keskin rivojlanishini
taqozo etadi. Chunki bozor iqtisodiyotini raqobatsiz tasav
v
ur etib bo‘lmaydi.
Korxonalar orasidagi raqobat o‘z navbatida, fan -texnika va texnologiyani, ya'ni
ilmiy texnik
a
tara
q
qiyotining (ITT) jadallashuviga olib keladi. ITT ning
jadallashuvi, hayotning barcha sohalarida tubdan islo
h
qilinishi natijasida jahon
hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniyatini beradi. ITT ning
h
ozirgi zamon
h
olati ilm-
fanning yuksalib borayo
t
gan roli bilan belgilanadi.
278
XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish
tezligi
sur'ati oshdi.
Oxirgi,
h
ar 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari
2 marta oshib bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida olingan ma'lumotlar
insoniyatning to‘la tarixi davomida to‘plangan bilimlarini
katta
qismini tashkil
etdi. Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni
eksponensial
qonun
hisoblanadi. Hozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur'atlari aqliy mehnatning
borgan sari avtomatlashtirilishi tufayli amalga oshmoqda.
Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy te
x
nikaviy axborotning jadal o‘sishiga
va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining e
ksponenti
qonun
bo‘yicha rivoji uning shiddatli o‘sishini anglatadi. Demak, ilmiy-te
x
nikaviy
axborot o‘sish ham, shiddatli jarayon hisoblanadi. Axborotning yuksalib
borayotgan shiddatli oqimi tezligini
ta
'
minlash maqsadida zamonaviy
telekommunikatsiyali axbor
o
t tizimlari qo‘llanilmoqda.
Ilm-fan axborotining hozirgi zamon o‘sish tezligi va hajmi ularning o‘tgan
15-30 yildagi
h
olatida keskin farq qiladi.
Ilm-fan rivoji, bu ma'lumotli mutaxassislarning fa
o
liyat doirasidir. Shuning
uchun oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o‘ta
iqtidorlilariga zamonaviy axborot oqimini o‘zlashtirishga, ilmiy tekshirish
faoliyati individual va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ilmiy-
texnikaviy axborot va o‘quv ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay
olishlariga
imkoniyat berishi lozim.
Ta'lim
jarayonining
sifatini
oshirishda
axborot-kommunikatsiya
vositalaridan foydalanish
bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, axborot-
kommunikatsiya tizimlari, elektron va multimedia darsliklarini yaratish
vazifalarini amalga oshirish taqozo etilayotganligi yangi mazmundagi turli
axborot-kommunikatsiyalari xizmatidan foydalana olishga asoslangan ta'lim
jarayonini tashkil qilish, uning mazmunini takomillashtirish, pedagogik jarayonni
innovatsiyalarga asoslanib yangicha tarzda tashkil qila olishda pedagogning o‘rni,
279
uning mehnati va mehnat jarayonini tashkil qila olishi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan AKT imkoniyatlaridan
foydalanish sohasida katta tajriba to‘plangan. Bu ta'lim jarayonida axborot-
kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish zaruratining nechog‘li
muhimligini ko‘rsatuvchi dalildir.
Tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil qilishda hamda
pedagogik jamoaning faoliyatini optimal holatda tuzishda axborot-
kommunikatsiya xizmatlarining ahamiyati salmoqlidir.
Ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish
orqali tizimlashtirilgan ma'lumotlarni yig‘ish, saqlash, ularni tahlil qilish,
qiyoslash, ma'lum qarorlarni qabul qilishga keng imkoniyatlar ochiladi. Shu
bilan birga qisqa muddat ichida katta sig‘imdagi, turli tipdagi axborotlarga ega
bo‘lish, ularga ishlov berish imkoniyati kengayadi. Shu ma'noda mamlakatimiz
uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida o‘qitish jarayoni sifatini oshirishda
axborot –kommunikatsiya vositalaridan foydalanish, axborot xizmati tizimini
modellashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonining innovatsion faoliyatini oqilona
tashkil qilish, uning istiqbol strategiyasini aniqlash, pedagogikadagi dolzarb
masalalar sirasiga kiradi.
Ta'lim sifatini oshirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan qator
metodologik yondashuvlar (V.G.Afanasev, V.P.Bespalko, V.P.Kuzmin, A.I.
Prigojiy,
V.A.Rozanova,
V.P.Simonov,
B.C.Lazarev,
M.M.Potashnik,
V.P.Simonov, P.I.Tretyakov, T.I. Shamova) mavjud: tizimli, ya'ni boshqariluvchi
tizim tarkibiga kiruvchi ob'ekt va sub'ektlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir
butunligini ta'minlovchi; vaziyatli, ya'ni muassasa maqsadlariga samarali
erishishga yo‘naltirilgan muayyan usullarning birikmasi sifatida; jarayonli, ta'lim
sifatini oshirish funksiyalarining uzluksiz zanjiri sifatida tushunishga asoslangan
didaktik yondashuvlar.
280
Ushbu yondashuvlar ta'lim sifatini oshirishning nazariy-metodologik
asosini tizimli, funksional, sinergetik, faoliyatli, vaziyatli, refleksiv, milliy-
hududiy va natijaga asoslangan holatda tadqiq qilishga qaratilgan. Ta'kidlash
joizki, ta'lim jarayonini axborotlashtirish alohida yondashuvlar qamrovida
o‘rganilmasdan, ularning turli kombinatsiyalari asosida tadqiq etiladi, chunki
mazkur yondashuvlarning har biri ta'lim tizimidagi jarayonlar mohiyatini
tushunib yetishda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning muayyan bir jihatlarini
yoritishga yordam beradi.
Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada
rivojlantirishga oid chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, ular ta'lim tizimidagi
innovatsion o‘zgarishlarni amalga oshirishga zamin hozirladi. Ta'lim tizimidagi
tub islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri ta'lim sifatini oqilona boshqarish,
bunda axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish, mazkur
jarayonga innovatsion shakl, vosita va usullarni joriy etish, buning uchun maxsus
tayyorgarligi mavjud bo‘lgan pedagogik kadrlarni yetishtirishdan iboratdir. Ta'lim
jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan
foydalanish asosida ta'lim jarayonini yangi mazmunda tashkil qilishga keng
imkoniyatlar ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |