R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/231
Sana21.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#571017
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   231
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

 
 


263 
-jadval 
Boshqaruvning umumiy va xususiy qonuniyatlari 
 
Бошқарувнинг умумий қонуниятлари 
Бошқарувнинг хусусий 
қонуниятлари 
Устувор самарадорлик ва онгли 
режали бошқариш қонунияти 
Бошқарув 
функцияларининг 
ўзгариши қонунияти 
Бошқарадиган ва бошқариладиган 
тизимларнинг, бошқариш объекти ва 
субъектининг 
ўзаро 
муносабати 
қонунияти 
Бошқарув босқичлари сонининг 
мақбуллаштирилиши 
Бошқарувда меҳнат тақсимоти ва 
кооперация 
жараёнларини 
кучайтириш қонунияти 
Бошқарув 
функцияларининг 
жамланиши (бошқарув ходимлари 
сонининг 
кўпайиб 
бориши) 
қонунияти
Назоратнинг кенг тарқалиши 
қонунияти 
Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, 
xususiylari ayrim ta'lim muassasalariga nisbatan amal qiladi(1-jadval). 
Boshqaruv qonuniyatlari ta'limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda 
to‘liq hisobga olinadi. Ta'limni boshqarish tamoyillari, bu – boshqaruv tizimi, 
tuzilmasi, boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi 
qoidalardir. Boshqaruv tamoyillari ham qonuniyatlar singari umumiy va 
xususiylarga bo‘linadi.
Ta'limni 
boshqarishning 
umumiy 
tamoyillari: 
aniq 
maqsadga 
yo‘naltirilganlik; ta'limni rejali boshqarish; rag‘batlantirish; pog‘onaviylik. 
Ta'limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, 
boshqaruvning barcha sohalariga ta'sir ko‘rsatadi. 


264 
Boshqaruv qonuniyatlari va tamoyillari boshqarish funksiyalari bilan uzviy 
bog‘liqdir. 
Ta'limni boshqarish funksiyalari, bu – ular boshqaradigan kichik tizim 
boshqaruv ob'ektiga ta'sir ko‘rsatishida yordam beradigan faoliyat turidir. 
Boshqaruv funksiyalari umumiy va xususiy funksiyalarga bo‘linadi. 
Menejmentga tatbiqan rejalashtirish, tashkil etish, motivlashtirish, nazorat 
kabi umumiy funksiyalar ajratib ko‘rsatiladi. 
Boshqaruvning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalaridan kelib 
chiqqan holda ta'lim sifati va ta'lim muassasasini boshqarishga metodologik 
yondashuvlar vujudga keltiriladi. 
Ta'limni boshqarish metodlari, bu – boshqaruv sub'ektining muayyan 
maqsadlarga erishish uchun boshqarilayotgan ob'ektga ta'sir ko‘rsatish 
metodlaridir.
Ta'limni boshqarish metodlari xilma-xil (boshqaruvning iqtisodiy 
metodlari, tashkiliy-boshqaruv metodlari va boshqalar), ammo ularning 
xodimlarga (umuman ta'lim muassasasi va alohida har bir xodimga) ta'siri 
motivatsiya vositasida qaror topadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘z tadqiqotlarimizda boshqaruvni 
boshqaruv sub'ekti tomonidan amalga oshiriladigan uzluksiz, izchil faoliyat 
sifatida qaraymiz. 
Boshqaruv jarayoni turkumlilik xususiyatiga ega. U amaliy harakatlarga 
ehtiyojni, maqsadlarni qo‘yishni aniqlashdan boshlanib, ularga erishish va voz 
kechish bilan tugaydi.
Ushbu o‘rinda boshqaruv siklini rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va 
nazorat qilish singari to‘rt asosiy boshqaruv ishining yopiq izchilligi sifatida 
tushunamiz. 
Rejalashtirish, bu – faoliyat ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uni bajarish 
natijasida kelgusida qanday natijalarga erishilishi (maqsadlar qo‘yilishi) ko‘zda 
tutilayotganligi, buning uchun qanday harakatlar qanday izchillikda va qaysi 


265 
muddatlarda bajarilishi kerakligi, ya'ni nima, qaerda va qay yo‘sinda amalga 
oshirilishi lozimligi belgilanadi. 
Ijrochilarning birgalikdagi samarali faoliyati uchun kim va qanday ishlarni 
bajarishi (funksional vazifalari, majburiyatlari, huquqlari, javobgarligi), bunda 
kim bilan va qay yo‘sinda o‘zaro munosabatda bo‘lish lozimligini belgilash 
(taqsimlash) kerak. Bunday vazifalarni amalga oshirish boshqaruvni tashkil qilish 
deb ataladi. 
Boshqaruv yuz berayotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishi, 
buning uchun esa bu haqda tegishli axborotga ega bo‘lishi lozim. Bunday 
axborotni olish va faoliyat jarayoniga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun 
nazorat qilish deb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur. 
Nazorat boshqaruvning “ko‘zini ravshan” va o‘zgarishlarga nisbatan 
ta'sirchan qiladi. Ushbu o‘zgarishlarga munosabat esa rejalashtirish, tashkil etish 
va rahbarlik qilishga yana qaytish, ya'ni teskari aloqa orqali amalga oshiriladi. 
Natijada boshqaruv davri yopiq holga keladi. 
Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat hokimiyat munosa-
batlarini amalga oshirishi tufayli boshqaruv yoki boshqarish deb ataladi. 
Har qanday faoliyat ozmi-ko‘pmi unumli bo‘ladi. Unumdorlik, bu –
muayyan vaqt ichida olingan natijalarning foydaliligi va u bilan bog‘liq harajatlar 
o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi xususiyatdir. 
Boshqaruv samaradorligi deganda erishilgan va erishish mumkin bo‘lgan 
unumdorlik o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz. 
Таълим сифати – бу таълимни Давлат таълим 
стандартлари, тегишли таълим дастурининг ўқув-
дастурий ҳужжатлари талабларига мувофиқлиги


266 
Ta'limni va ta'lim muassasasini boshqarishda bitta emas, balki ko‘plab 
boshqaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar ierarxik tuzilmaga ega – 
xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi. Masalan, xalq ta'limini 
boshqarishning umumiy turkumida alohida ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya 
jarayonini boshqarish xususiy turkumni tashkil etadi.
Jumladan, ta'lim sifatini boshqarish ta'lim jarayonini boshqarishning 
umumiy tuzilmasi takribiga kiradi. Bunda sifatni boshqarish umumiy 
boshqaruvning o‘z samaradorligini namoyish qilgan chiziqli tuzilmasini 
buzmaydi, aksincha, sifatni boshqarishning joriy etilishi rahbar bilan xodimlar va 
jamoatchilik vakillari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish orqali ta'limning 
umumiy boshqaruvi samaradorligi keskin oshishini ta'minlashi mumkin. Alohida 
usullar va faoliyatlar, vositalar, jarayonlar va jarayonlar amalga oshirilishi ketma-
ketligining batafsil bayoni qayd etilgan tartib(reglament)lar ta'lim sifatini 
ta'minlashga asos bo‘lishi bilan birga qabul qilingan boshqaruv qarorlarining 
samarali ijrosini ham yuqori darajada kafolatlaydi. 
Agar tizimda yangi tarkibiy elementlar yuzaga kelsa yoki ilgari mavjud 
bo‘lgan elementlar yo‘qolsa, shuningdek tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasida 
yangi munosabatlar vujudga kelsa yoki mavjudlari yo‘qolib borsa, bu holatlar 
tizim faoliyat ko‘rsatayotganidan darak beradi. Bunda ta'lim tizimida ro‘y 
berayotgan o‘zgarishlar: 
-
uning tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi mavjud munosabatlar 
tabaqalashuviga va boyishiga olib kelsa, u holda tizimning 
rivojlanayotgani haqida gapiriladi; 
-
uning 
tarkibiy 
elementlari 
va 
ular 
o‘rtasidagi 
mavjud 
munosabatlarning yo‘qolib ketishiga va birlashishiga olib kelsa, u 
holda tizimning inqirozga uchrayotgani haqida gapiriladi. 
Agar ta'lim tizimining rivojlanishi uni ijobiy baholanadigan muayyan 
idealga olib kelsa, u holda bunday rivojlanishni taraqqiyot deb baholash mumkin 
bo‘ladi. 


267 
Ta'lim jarayonlari boshqaruvi muammolari yo‘nalishidagi tadqiqot-larni va 
yuqorida keltirilgan yondashuvlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida olingan 
natijalarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim jarayonlarini boshqarishda ixtiyoriy 
yondashuvlarni ta'lim jarayoni sub'ekti va ob'ektining shunchaki o‘zaro ta'siri 
shaklida amalga oshirish samara bermaydi.
Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda 
yuqorida keltirilgan 
yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etib, ular asosida boshqaruv faoliyatini ilmiy 
tarzda tashkil etish jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlash-tirish, ijtimoiy 
amaliyot 
va 
ta'lim 
ehtiyojlaridan 
kelib 
chiqqan 
holda 
natijalarning 
samaradorligini hamkorlikda tahlil qilishni nazarda tutadi. 
Demak, ta'lim samaradorligini ta'minlashda ta'lim jarayonini ilmiy asosda 
tashkil etishning o‘ziyoq bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya'ni ta'lim-tarbiya 
jarayoni ishtirokchilariga zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil 
etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash kabi qator boshqa 
vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa mazmun-mohiyatiga 
ko‘ra boshqaruvni ifodalaydi. 
Shunday ekan, boshqaruv ob'ekti sifatida ta'lim jarayonini tashkil etish, 
boshqarish, sifat va samaradorligini ta'minlashda boshqaruv funksiyalari va 
ularning vazifalari, boshqaruv metodlari va ulardan foydalanish, boshqaruv 
algoritmi va uning mohiyati, boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish yo‘llari, 
rahbarlik uslublari va ularni qo‘llash kabi qator tushunchalarga ega bo‘lish zarur 
hisoblanib, mazkur tushunchalarni menejment fani tadqiq etadi.
Demak, ta'lim jarayonlari ham boshqaruv ob'ekti bo‘lib, ta'lim sifati va 
samaradorligini ta'minlash yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar, ya'ni ta'lim 
sifatini o‘rganish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash jarayonlari ham boshqaruv 
ob'ektlari hisoblanadi. Shunday ekan, ta'lim sifatini o‘rganish, tahlil qilish va 
ob'ektiv baholash jarayonlari ta'lim sifati boshqaruvini ifodalaydi deb aytish 
mumkin.


268 
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim 
sifatini boshqarish jarayonlarini ham boshqaruv ob'ekti sifatida asoslash va 
mazkur yo‘nalishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish ta'lim sifati va ta'lim 
sifati menejmenti tushunchalarining mazmun-mohiyatini hamda mazkur 
yo‘nalishlar bo‘yicha pedagogika nazariyasi va amaliyotidagi yondashuvlarni 
o‘rganish va tahlil qilish zaruriyatini belgilaydi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish