125
Nazariy qism
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari
Tayanch iboralar:
fasad, ichki devor,
tashqi devor, pol, pardoz, bezatish, gil tuproq,
kaolin, bentonit, glazur, angob, plastiklik.
Vazifasiga ko‘ra pardozlash materiallari quyidagi turlarga bo‘linadi:
faqat pardozlash uchun — yupqa qalinlikka ega, yuzada yupqa qatlam hosil qiladi (bo‘yoqlar,
loklar, manzarali suvoqlar) yoki yupqa o‘rama material ko‘rinishida (gulqog‘oz, linoleum),
yupqa plitalar (sopol, tog‘ jinslaridan);
konstruksion - pardozlash buyumlari, ular nafaqat manzarali - badiiy pardozlash
maqsadida ,
balki yuk ko‘taruvchi konstruktiv element sifatida ham xizmat qiladi. Bularga pardoz g‘ishti,
manzarali beton, shisha blok va boshqalar kiradi;
maxsus pardozlash materiallari va buyumlari — belgilangan vazifalarni bajaradi (insonlarni
rentgen nurlaridan himoyalash - suvoqlar, bo‘yoqlar, shovqindan saqlash - pardoz va bir
vaqtning o‘zida tovush yutuvchan materiallar).
Holatiga ko‘ra pardoz materiallari quyidagi turlarga bo‘linadi:
suyuq bog‘lovchi modda va manzarali komponent aralashmasi ko‘rinishida bo‘ladi. Bularga
lok-bo‘yoq mahsulotlari — tarkibiga plyonka hosil qiluvchi moddalar (alif, yelim, lok)
kiradigan qayishqoq — oquvchan materiallar kiradi. Moyli va suvdispersli bo‘yoqlar yuzaga
suyiq — qayishqoq holda surtiladi. Suyuq polimer bog‘lovchi (poliuretan, epoksid smolalari)
va manzarali tarkibiy qismlar (pigmentlar,
kukunlar, zarralar);
donali devorlar uchun koshin plitalar, parket taxta va parket qoplamalari;
yig‘ma unsurlar — yirik o‘lchamli qoplamalardan yig‘iladi,plitalar, (devor panellari,
gipskarton qoplamalar, gipstolali qoplamalar, yog‘och
qirindili plitalar, laminatsiyalangan
parket, paztaroqli gips plitalar). Bu buyumlaming shpuntlari,
o‘yiqlari bor, bir-biriga oson kiradi. Bir-biri bilan burama mix, mix, mixparchin yoki yelim
yordamida qotirilishi mumkin. Devor, shift, pol taxtalari panellari biriktirilgamten so‘ng tekis,
choksiz yuza taassurotini beradi.
Komponentlarining xossalariga ko‘ra pardoz materiallari tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi .
Eng ko‘p tarqalgan tabiiy pardozlash materiallari — bular granit,
marmar, dolomit va ohaktoshli plitalar.Mahobatli
binolarning sokol qismlarini,
qirg‘oqbo‘ylarini koshinlash uchun, asosan , granitli tosh va plitalar qo‘llaniladi.
Binolarning tashqi devorlarini koshinlashni atmosfera ta’sirigachidamli boshqa
jinslarni qo‘llab bajarish mumkin (ohaktosh, dolomitlar, qumtoshlar).
Jamoat binolarini ichki koshinlash marmar, ohaktoshdan bajariladi.
Sun’iy pardozlash materiallari ikki turga bo‘linadi: organik va noorganik.
Sun’iy material va buyumlar o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ko‘pincha tabiiy yog‘och, tog‘
jinslarining ranglarini, ko‘rinishlarini, tuzilishini aks ettiradi.
Pardozlash materiallarining xossalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
vazifasiga ko‘ra (pardoz va estetik);• qurilish-foydalanish (mustahkamlik, g‘ovaklik, suv
shimuvchanlik, qattiqlik, yedirilishga chidamlilik, muzlashga
chidamlilik va h.k.).
Pardozlash materiallarining foydalanish
xususiyatlariga rangi, shakli va tuzilishi
kiradi.Pardozlash materiallarining rangi, tuzilishi va shakli xona o'lchamlari nisbatlarini idrok
qilishga ta’sir qiladi. Masalan, katta bo‘lmagan xonalarda chegaralari noaniq va mayda rasmli
materiallardan foydalanish kerak. Bunday ko‘rinish xonani kattalashtirib ko‘rsatadi.
Rasmlari
yirik va chegaralari aniq ashyolarni qollaganda xonalar kichraygan ko‘rinish tasavvurini hosil
qiladi. Tekis yuzaga nisbatan fakturali yuza interyer hajmining kichrayib ko‘rinish tasavvurini
hosil qiladi. Rang — bu insonning ko‘rish a’zolariga nur ta’sir etishi oqibatida hosil
bo‘ladigan hissiyotdir.
126
Axromatik va xromatik ranglar mavjud. Axromatik ranglar bu — oq, qora va barcha kulrang
ranglardir. Xromatik ranglar bu — barcha spektral,
shuningdek, axromatikdan tashqari tabiiy
ranglardir.
Spektral ranglar va ularning to ‘lqin uzunliklari:
Rang To‘lqin uzunligi, nm
Qizil 625.......740
To‘q sariq 590.......625
Sariq 565......590
Yashil 500.....565
Moviy 485.....500 Ш
Ko‘k 440......485
Binafsharang 380......440
Har bir rang fizik tavsifi bilan o‘lchanadigan ko‘rsatkichlarga ega (spektral tarkib,
yorqinlik).Yorqinlik. Bir hil to‘yingan, spektorning aynan bir rangiga muvofiq keladigan rang
turlari bir-biridan yorqinligi bilan farq qiladi. Masalan, yorqinligi kamaytirilgan ko‘k rang
asta-sekin qora rangga yaqinlashadi. Har qanday rang yorqinligi maksimal darajada
kamaytirilganda qora bo‘lib qoladi.Shuni ta’kidlash kerakki, yorqinlik bo‘yalgan
obyektning
boshqa ranglar tavsifida sezilarli darajada o‘ziga xosligini idrok qilishning ruhiyatiga bog‘liq.
Masalan, ko‘k rang sariq rang bilan yonma-yon turganda yana ham yaqqol ko‘rinadi.
To ‘yinganlik. Bir tusning ikki xil farqlanishi tovlanish darajasi bilan aniqlanadi.
Masalan, to‘yinganlik kamaytirilganda ko‘k rang kul rangga yaqinlashadi.
Masalan, «Tikkurilla» konserni ranglar detektori uskunasini tavsiya etadi . Asbobni bo‘yalgan
har qanday yuzaga yo'naltiring, bo‘yashda qanday rang qo‘llanilganini aniqlash mumkin:
detektor ekranida rang kodi va o‘lchanayotgan namuna xaritasi nomi paydo bo‘ladi. Detektor
xotirasiga barcha «Tikkurila» bo'yoqlar kolleksiyasining interyer ranglari kiritilgan.
Yuza tuzilishi. Quyidagi yuza tuzilishi turlari mavjud:
tekis — yomg‘irli va chang ko‘p joylarda tavsiya qilinadi (notekisliklar 0,5 ... 2 mm), o‘rtacha
donador (notekisliklar 2 ... 3,5 mm), yirik donador (notekisliklar 3,5 ... 5 mm); g‘adir-budur
— notekislik 5 ... 12 mm;
bo‘rtma — ma’lum kesimli yuza.Pardozlash ashyolarining yuza tuzilishi ularning rangini
aniqlaydi va ularning qabul qilinishini belgilaydi. Va aksincha, yuzaning
tekisligi rangga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kulrang ko‘kish toshning nuqtali sovuq tusi xuddi
shunday qizil yoki tillarang silliq yuzalarga nisbatan kamroq seziladi. Buni bo‘yoqli tarkiblar
bilan shakl berilgan suvoqlarni bo‘yashda hisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: