QISHLOQ XO‘JALIGINI RAQAMLASHTIRISHDA GEOAXBOROT TIZIMLARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI Q.Yuldashev B.Maxsudov I.Ikramov T.Mashanpin Annotatsiya. Ushbu maqolada, vazirlik va idoralar ish faoliyatini rivojlantirish va yechimlar qabul qilishda geoaxborot tizimlarini tadbiq etish, fazoviy ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish, o‘zaro ma’lumot almashinuvini takomillashtirish taklif qilingan. Taklif va tavsiyalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi geoaxborot tizimini ishlab chiqish orqali asoslantirilgan. Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, geoaxborot tizimi, geoportal, sun’iy intellekt. Аннотация. В настоящей статье предлагается при развитии рабочей деятельности министерств и ведомств и процессе принятия решений внедрение геоинформационных систем, обработку геопространствен- ных данных, их анализа, совершенствование взаимного обмена данных. Предложения и рекомендации основаны на развитии геоинформационной системы Министерства сельского хозяйства. Ключевые слова: цифровые технологии, геоинформационные системы, геопортал, искусственный интеллект. Abstract. This article proposes the development of the activities of ministries and departments and the introduction of geographic information systems in the decision-making process, processing spatial data, analysis, and improving information exchange. The suggestions and recommendations are based on the development of the geographic information system of the Ministry of Agriculture. Key words: Digital technologies, geoinformation system, geoportal, artificial intelligence. B.Qaxxorov Kirish. Yer
resurslarini
samarali
boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy
qilishning innovatsion usullaridan foydalanish,
me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, qishloq
xo‘jaligi sohasida raqamlashtirishga bevosita
aloqador korxona va tashkilotlarning kuch va
imkoniyatlarni yagona tizimda birlashtirish,
raqamlashtirish tadbirlarini izchil va tizimli ravishda
amalga oshirish asosiy yo‘nalishlardan hisoblanadi
[1, 2].
Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
“O‘zbekiston
Respublikasi
qishloq
xo‘jaligini
rivojlantirishning
2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 23 oktyabrdagi
PF-5853-son Farmoni va “Qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza
qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 24 fevraldagi
PQ-5006-son qarorlari bilan qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishda sohaga geoaxborot texnologiyalarini
joriy etish bo‘yicha asosiy masalalar belgilab berilgan
bo‘lib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida sohaga
raqamli texnologiyalarni joriy etish uchun maxsus
boshqarmalar tashkil etilgan [3, 4].
Hozirgi kunda oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash
yo‘nalishida
qishloq
xo‘jaligi
yerlarini oqilona boshqarish va undan samarali
foydalanishni ta’minlash dolzarb masalalardan
biriga aylandi. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi
yerlari – O‘zbekistonning asosiy boyliklaridan
biri. Respublikaning jami yerlarining 53% i
(24,06 mln. gektardan ortiq yerlar) qishloq xo‘jaligi
yerlari, jumladan 4022.9 ming ga. ekin yerlari,
247.6 ming ga. bog‘lar, 102.4 ming ga. uzumzorlar va
21244.3 ming ga. yaylov va pichanzorlar hisoblanadi
[5].
Qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish
va ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash borasida,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan eng
Qishloq xo‘jaligi vazirligi