1-mavzu. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/33
Sana21.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#570013
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
1-Ma'ruza (1) (1)

Metodologik funksiyasi 
to’g’risida so’z yuritganda metod tushunchasiga 
murojaat etish o’rinli bo’ladi. Bu tushuncha yunoncha methodos – yo’l, tadqiqot, 
tekshirish so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u yoki bu maqsadga erishishning muayyan 
usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o’zlashtirishga qaratilgan usullar 
yoki amallar majmuini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim 


o’zi o’rganayotgan predmetning tadqiqot yo’lidir. Odatda metodologiya 
muammolari falsafa doirasida o’rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan 
falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham 
rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada 
ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o’ynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab 
chiqishidan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, falsafa 
o’ta keng tushunchalar, ya’ni kategoriyalar bilan ish ko’rar, ularni ta’riflar ekan, 
metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini 
ham bajaradi.
Falsafaning integrativ funksiyasi
fan bilan chambarchas bog’liq. Real 
borliqning yangi va yangi obyektlari va hodisalari inson nazariy tadqiqotlari 
sohasidan o’rin olishi, shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab yetilgan narsalar 
va hodisalarni yanada chuqurroq o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ilmiy bilim o’z 
rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi. Buning 
natijasida ayrim fanlar paydo bo’lib, ular nafaqat o’z tadqiqot obyekti va 
predmetini ajratdi, balki o’zining faqat mazkur fanga xos bo’lgan tili, 
kagegoriyalar apparati va hokazolarni yaratdi. Ammo bu yo’lda jiddiy xavf ham 
mavjud bo’lib, u shundan iboratki, fanlarning ajralishi natijasida ular o’rtasidagi 
aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni yechishda faol o’zaro aloqa 
qilish qobiliyatini yo’qotadi. Qarama-qarshi jarayon – ilmiy bilimlarning 
integrasiyalashuvi va u yoki bu muammolarni yechish uchun kuch-g’ayratni 
birlashtirish jarayoni bu xavfning oldini olish imkonini beradi.
Murakkab kompleks muammolarni tadqiq etuvchi hozirgi zamon fanida 
ba’zan ayrim ilmiy fanlarning vakillari boshqa fanlarning vakillarini faqat ular turli 
tillarda, ya’ni har biri o’z fanining tilida gapirgani bois tushunmaydi. Bu jihatdan 
falsafa ular uchun amalda bog’lovchi bo’g’inga, birlashtiruvchi asosga aylanadi, 
chunki u o’z tahlilida fanlararo muloqotga va mazmuni ayni bir kontekstda turli 
fanlar tomonidan qabul qilinadigan va qo’llaniladigan fundamental tushunchalarni 
yaratishga qarab mo’ljal oladi.
Murakkab obyektlarni kompleks tadqiq qilishda har bir muayyan fan o’z 
predmetidan kelib chiqadi. Bu predmet doirasi unga o’rganilayotgan obyektni 
yaxlit ko’rish, uning aloqalarini aniqlash imkonini bermaydi. Bu vazifani hal 
qilishga ham faqat falsafa qodir bo’lib, u butun vaziyatni yaxlit ko’rish imkonini 
beradi va bu jihatdan nafaqat fanlar o’rtasida, balki inson faoliyatining ayrim 
jabhalari, masalan, o’tkazilayotgan tadqiqotlar bevosita yoki bilvosita bog’liq 
bo’lishi mumkin bo’lgan huquqiy, siyosiy, axloqiy faoliyat o’rtasida ham 
bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish