Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
129
Nishoburdin chiqilib erdi va ul kun ta’rix sakkiz yuz yigirma ikkida jumod ul oxir oyining o‘n birinchi
kuni erdiki, sihat va salomat va rafohiyat
holida va vusuqi tamom, ilohiy fazl va ikromig‘a va qalb quti
va yaqin quvvati nomutanohiy fayz va fazlg‘a bor ekan vaqtda ishorat bobashorat hukmi bilaki,
[Rasululloh s. a. v. yaxshi bashorat qilardi, badgumonlik qilmasdi. Rasululloh s. a. v. dedi: mendan
keyin payg‘ambarlik bo‘lmaydi. Faqat bashoratlar bo‘ladi. Mo‘‘min kishi bu bashoratlarni tushida
ko‘radi yoki unga ko‘rsatiladi. Bu hadisning sahihligiga ittifoq qilingan].
B a y t:
[Ey hidoyat payg‘ambari, so‘zlaring madadkorim,
tayanchim, eshigingda umid va iltijo qilaman]
4
.
Va chun sihat va salomatlig‘ bila Makkai muhtaramag‘a yetishtilar va haj arkonin tamom ado qildilar.
Alarg‘a maraze oriz bo‘ldi. Andog‘ki, vido’ tavofin ammori bila qildilar
va andin Madinai muborakka
mutavajjih bo‘ldilar. Va yo‘lda ashobin tilab imlo qilibdurlarki, [Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan
boshlayman. Sakkiz yuz yigirma ikkinchi sana, zul-hijja oyining to‘qqizinchi – shanba kunida Allohu
Taolo mukarram va muborak qilgan Makkadan chiqayotganimizda, ertalab kun yorishgan payti sufilar
toifasining peshvosi Junayd q. t. s. oldimga keldi. Men o‘sha payt mudroq holatda edim.
Alloh undan
rozi bo‘lsin, Junayd o‘zining ziyorati va bashorati haqida dedi: Bu haj qabuldir. Men bu so‘zni eslab
qoldim va uning bashoratidan xursand bo‘ldim. Keyin mudroqlikdan sergak tortdim. Buning uchun
Allohga hamd bo‘lsin!)
5
Andin so‘ngra yana kalimot ham arabiy iborat bila imlo qilibdurlarki, tarjimasi bu bo‘lurki, bu kalimai
vohidaki, Sayyid ut-toifa Junayd q. s. din voqe’ bo‘ldi, kalimadur jome’ai tomma va bashoratdur
shomilai omma bizga va avlodimizga va ashobu ahbobimizgaki hozir yo g‘oyibdurlar. Aning uchunki,
bizning qasdimiz bu izomi mashoir va ad’iyaki,
har mahalu zdaqomda qilildi, barchaning diniy va
dunyoviy masolihi erdi va ul qasd bu bashorat muqtazosi bila maqbul: [ne’matlariga yetkazgan va
ziyoda mukofotlagan Allohu subhonahuga pok, muborak hamd bo‘lsin!]
6
Va oyning yigirma uchida
chahorshanba kuni Madinag‘a yetibdurlar va Hazrat Risolat s. a. v. din bashorat topibdurlar va ul imlo
musavvadasin tilabdurlarki, anga nima orturg‘oylar? Chun mutolaa qilibdurlar. Debdurlarki,
ushbular-
o‘qdur va ortug‘roq bitimaydurlar va panjshanba kuni Haqning jivori rahmatig‘a vosil bo‘lubdurlar va
Mavlono Shamsuddin Fannoriy Rumiy va Madina ahli va qofila alarg‘a namoz qilibdurlar va juma
kechasi ul muborak manzilda nuzul qilibdurlar. Amir ul-mo‘‘minin Abbos r. a. ning muborak
marqadining jivorida dafn bo‘lubdurlar. Va Shayx Zan-nuddin Xavofiy hazratlari Misrdin bir oq tosh
yo‘ndurub kelturub, ularning qabrining lavhi qilibdurlar. Oning bila soyir quburning tegrasidin
mumtozdur. Siqotdin biriki, alarning farzandi Xoja Burhonuddin Abunasr r. a.ning
maxsusi erdi,
ulardin mundoq naql qildiki, ul vaqtdaki volidi buzurgvor favt qildi. Men boshlarn ustida hozir emas
erdim. Chun hozir bo‘ldum. Muborak yuzlarin ochtimkim, nazare qilayin. Ko‘z ochib tabassum
qildilar va mening iztirobim ortuq to‘ldi. Oyog‘lari sori «elib, yuzumni tobonlarig‘a surttum.
Oyog‘larin yuqori torttilar. Chun alarning xabariki, Rasul s. a. v. Madinasida naql qilibdurlar. Ajam
akobiridin ba’zig‘a yetishti. Bu iborat buyurdikim, «ham
anda uzaldiki, andin quvondi». Alarning
murid va mu’taqidlaridin birov debdurki, alar Hijoz azimati qilurda vido’ vaqti dedimki, Xoja, siz
bordingiz? Dedilarki, borduq. Ularning tayyiba anfosidindurki, ashobdin biriga bitibdurlarki, bu
faqirning xotiri doim sizning zohiriy va botiniy ahvolingizg‘a nigoron bo‘lur
va alad-davom ul birodar
nisbatig‘a nazaroti be illati ilohiy shomildur: Sayyid ut-toifa Junayd q. s. debdurki, [karam ko‘zi
ochilsa, keyin kelganlarni oldin kelganlar bilan bog‘laydi]
7
. Bovujud bu kubaroyi din qoshida q. a.
mo‘‘tabar asl budurkim, debdurlarki, ko‘shishdin tortma qo‘l va baxshishga muntazir bo‘l! Va
debdurlarki, bizning Xoja hazratlaridin so‘rdilarki, tariqatni nima bila topsa bo‘lg‘ay? Dedilarki, shar’
bila va yana [ovqatlanishda o‘rtacha me’yor saqlansa, ya’ni o‘ta to‘q ham, o‘ta och ham bo‘lmasa!]
8
.