Izohli atamalar
1.
Imon
, iymon (arab. — ishonch, eʼtiqod) — islomning 5 rukni (asosi)dan
biri; Allohga, uning farish-talariga, kitoblariga, paygambarlariga, qiyomat kuniga,
taqdirga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonish.
2.
Shaxs
— alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U
oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi.
Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi
nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi,
oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy,
ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va
mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi
mumkin.
3.
Maʼnaviyat
— inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U
kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga
oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi.
4.
Mezon
- haqiqat ma'lum bo'lishi mumkin bo'lgan qaror yoki qaror yoki
muayyan masala bo'yicha fikr yoki hukm chiqarilishi mumkin bo'lgan printsip yoki
norma
.
Bu so'z, yunoncha Rírios (kritérion) so'zidan kelib chiqqan bo'lib, u o'z
navbatida "hukm qilish" ma'nosini anglatuvchi (krínein) fe'lidan kelib chiqqan.
5.
Kamtarlik
- inson ichki ma'naviy dunyosining namoyon bo’lishidir. Agar
insonning qonida, qalbida yumshoqlik, saxovat, odob-andisha, sharm-hayo,
or-nomus, oriyat bo’lmasa, ming harakat qilmasin, baribir, odamlar ko’ziga kamtar
bo’lib ko’rina olmaydi.
6.
Nomus
- bu iffat, bokiralik ma'nolaridan tashqari kishining o’z mavqeini
saqlash, uluqlash va ardoqlash, xijolat tortish tuyqusini, oila va ajdodlar sha'niga doq
tushirmaslik ma'nosini ifodalaydi.
7.
Oila
deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga
istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp
jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi.
8.
Qadriyat
— voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy,
ijtimoiyaxloqiy, madaniymaʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan
tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas,
erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik,
moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi
9.
Nikoh
(arab. حاكن; talaffuzi:
nikah
; tarjimasi: „birlashish“
[1][2][3]
) — ikki
jins vakillarining oʻzaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq. Nikoh oilaning vujudga
kelishida birdan-bir asos boʻlgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki
maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
10.
Xalq
— bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini
boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan
birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi. Masalan biz Oʻzbekiston aholisi
va oʻzbek xalqi deymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |