Rotorli mashinalar. Rotorli mashinalar vazifasi va qo’llanish sohalari, mashinalar asosiy
texnikaviy ta`siri, ajratish omili, ish unumdorligi ko’rsatgichi. Separator va sentrifugalar
rotorlarni 1mustahkamlikka hisoblash. Tez aylanuvchi vallar uchun maxsus tayanch jihozlari va
o’qlarni aylanuvchi qismlarning tebranishini kamaytirish usullari.
Texnologiyaviy jihozlarning tebranishdan himoyalash. Tez aylanuvchi ishchi organli
mashinalarning dinamik muvozanati. Vibratsion himoyalash vositalari.
Oziq
– ovqat va kimyo sanoatida ishlatiladigan qurilmalar quyidagicha
klassifikatsiyalangan:
Qo’zg’almas sig’imli va issiqlik almashinish jihozlar.
Ishchi organlari sekin aylanadigan jihozlar.
Tez aylanadigan disklardan va rotorlardan iborat bo’lgan rotatsion mashinalar.
Pul’satsion mashinalar.
Tebranuvchi mashinalar.
Qo’zg’almas sig’imli va issiqlik alamashinish jihozlarini hisoblashda plastinalar va
qobiqlar nazariyasi asos deb hisoblanadi. Jihozlar bu elementlarning birgaligida ko’rib chiqiladi
Qo’zg’almas sig’imli va issiqlik almashinish jihozlar uchun tashqi bosim ta`sirida
barqarorlikka qilingan hisoblar aktual deb hisoblanadi. Bu hisoblarni asosiga o’qli siqilishga
duchor bo’lgan o’zaklar barqarorligi nazariyasi sabab bo’lgan.
Sekin aylanadigan ishchi organlardan iborat bo’lgan jihozlarni hisoblashuchun “Mashina
detallari” fanining ma`lumotlaridan foydalaniladi. Bu jihozlarni hisoblash xususiyatiga
bandajlarni mustahkamlikka xuddi nosimmetrik yuklanishga duchor bo’lgan halqalarni
hisoblash, bandajlarni va roliklarni kontaktli mustahkamlikka hisoblash kiradi.
Diskli mashinalar uchun elastiklik nazariyasiga asoslangan tez aylanadigan disklarni
mustahkamlikka hisoblash harakterli. Bundan tashqari diskli mashinalar uchun qattiq vallarni,
ularni vaznlarini e`tiborga olib, tebranishga chidamlilik hisoblari ko’rib chiqilgan. Rotorli
mashinalarni hisoblashda tez aylanadigan disklar, qobiqlar va plastinalar nazariyasidan olingan
ma`lumotlar ishlatilgan. Rotorlar birgalikda ular aylanganda hosil bo’lgan inertsiya kuchlari va
ular ichida joylashgan suyuqlikning bosimi bilan yuklangan. Rotorli mashinalar uchun tez
aylanadigan disklar uchun ishlatilgan mustahkamlikning mexaniq kriteriysini, hamda markazdan
qochma ajaratish mashinalar unumdorligini indeksini hisoblash keltirilgan
Pul`satsion mashinalarni hisoblash to’liq “Mashina va mexanizmlar nazariyasi”,
“Mashinalar qarshiligi”, “Mashinalar detallari” fanlarga asoslangan. Tebranuvchi mashinalarni
o’rganishda tebranish nazariyasiga asoslangan hisoblar va bu mashinalar dinamikasining
masalalari ko’rib chiqilgan.
Bundan tashqari qurilmalar detallari va uzellarini loyihalash asoslari tahlil qilingan,
mashina va jihozlarini loyihalash uslubiyatining konstruktsiya metall sarfini kamaytirishi, etarli
mustahkamlikni va qattiqlikni ta`minlash umumiy savollari baen qilingan. Oziq – ovqat va
kimyo sanoatida ishlatiladigan qurilmalar, mashina va jihozlarga bo’linadi.
Jihozlarda fizik – mexanik, issiqlik diffuzion, kimyoviy, biokimyoviy, elektr va boshqa
jarayonlar sodir bo’ladi.
Mashinalarda texnologik jarayonlar ishlov beriladigan ob`ektga mexaniq ta`sir ko’rsatish
natijasida sodir bo’ladi. Texnologik qurilmalarni mashina va jihozlarga bo’lish shartli deb
hisoblanadi. Chunki ayrim mashinalarda mexaniq ishlov berish, isitish, sovitish, modda
almashinish, kimyoviy reaktsiyalar bilan birgalikda bajariladi. Shuning uchun texnologik
mashina deb texnologik jarayonni bajarishga mo’ljallangan texnik qurilma hisoblanadi. Oziq –
ovqat va kimyo sanoatining mashina va jihozlarini yasashda ishlatiladigan konstruktsion
materiallarga quyidagi talablar qoyiladi:
--Mashina va jihozlarning metallari va qotishmalari neft va gazva kimyo mahsulotlari
bilan kontakga kirganda zanglamasligi kerak.
--Mashina va jihozlar mahsulot qoldig’idan engil tozalanishi kerak.
--Mashina va jihozlar yuvish vositalari ta`sirida buzilmasligi kerak.
--Zanglash mahsulotlari toksik bo’lmasligi kerak va oziq – ovqat mahsulotlarining
organoleptik xususiyatlariga ta`sir ko’rsatmasligi kerak.
--Har – xil organiq kislotalardan iborat bo’lgan neft va gazmahsulotlari bilan aloqa qilgan
detallar zanglashga bardosh bo’lgan materiallardan tayyorlanishi kerak.
--Ishlov berilgan mahsulotlar detallarning materiali bilan kimyoviy reaktsiyaga
kirmasligi kerak.
--Oziq - ovqat mahsulotlaridagi vitaminlarni detallar va ular qismlarining materiallari
buzmasligi kerak.
Mehnatni muhofaza qilishning asosiy meyoriy hujjatlaridan biri ССБТ (Система
стандартов безопасности труда) mehnat xafsizligini ta’minlash bо‘yicha standartlar tizimi
bо‘lib, bir-biri bilan о‘zaro bog‘langan standartlar kompleksini о‘zida namoyon qiladi.
Mehnat xafsizligini ta’minlash bо‘yicha davlat standartlar tizimi loyihalari О‘zbekiston
Respublikasining standartlarni ishlab chiqish institutlari, tarmoq ilmiy-tekshirish va loyiha-
konstruktorlik institutlari, mehnatni muhofaza qilish institutlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Yuqoridagi muassasalar Sog‘liqni saqlash vazirligi va davlat nazorati organlari (Davlat texnika
nazorati, Davlat bosh energiya nazorati va boshq.) bilan kelishgan holda, Davlat standarti
qaroriga asosan tasdiqlanadi va kuchga kirgach, davlatning barcha boshqaruv va vazirliklari
uchun majburiy bо‘lib hisoblanadi.
Konstruktorlik hujjatlarinig yagona tizimi (ЕСКД) – buyumni umumiy sikllarini о‘z ichiga
olgan barcha bosqichlarida (loyihalash, tayyorlash, ishlatish, ta’mirlash va boshq) ishlab
chiqariladigan va qо‘llaniladigan konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirish va murojat qilishda
о‘zaro bog‘langan meyor va qoidalar, о‘rnatilgan standartlar majmuidan iborat.
Texnologik mashina va jihozlarni tayyorlash hamda neft va gazmahsulotlarini saqlash va
tashish uchun tara tayyorlashda po’lat, choyan, alyuminiy va uning qotishmasi, mis va uning
qotishmasi, zanglamaydigan va kislotabardosh po’latlar, titan va uning qotishmasi, plastmassalar
ishlatiladi.
Po’lat va choyan katta mexaniq bardoshlikga, katta issiqlik o’tkazuvchanlikka, kichkina
issiqlik sig’imiga ega, hamda ular arzon va sodda bo’ladi. Po’latlardan atmosfera bosimida
ishlaydigan ochiq jihozlar, temperaturani keskin tebranishini sezuvchi jihozlar, atmosfera
bosimidan yuqori bosimda ishlaydigan jihozlar, tsentrifuga barabanlari, aralashtirgichlarning
vallari, propellerli aralashtirgichlar yasaladi. Kichkina kimyoviy aktiv muhitida ishlaydigan
kompressorlar va tsentrifugalar va tirsakli vallarni tayyorlash uchun yuqori mustahkamlikka ega
bo’lgan sifatli uglerodli po’lat ishlatiladi.
Po’latga nisbatan choyan katta kimyoviy mustahkamlikka va yuqori qoyish xususiyatiga
ega. Choyandan mashina va jihozlarni fasonli detallari bajariladi.
Po’latga nisbatan kichkina mustahkamlik va tez sinishlik choyanni kamchiligi deb
hisoblanadi. Yuqori temperaturalarni choyan chidamaydi. Uni 0.6 mPa dan yuqori bosimda
ishlaydigan jihoz urani, hamda yonish gazlar bilan isitiladigan avtoklavlarni yasashda ishlatilishi
mumkin emas.
Yuqori temperaturalarda ishlaydigan o’choqlarni, barabanli quritkichlar qismlarini va
boshqa detllarni tayyorlashda xromli choyan ishlatiladi. Zanglashga past chidamli bo’lgan
uglerodli po’lat va choyan agressiv neft va gazmahsulotlari bilan aloqa qilgan mashina qismlari
va detallarni tayyorlashda himoya qiluvchi qoplamasiz ishlatilmaydi. Himoya qiluvchi qoplama
sifatida emal va qalay eng keng qo’llangan. emal mineral va organiq kislatalarga chidamli bo’lib
yuqori sanitar – gigiena xususiyatlariga ega. Sirlash jarayonining asosiy afzalligi hamma neft va
gazmahsulotlariga yuqori zanglamaslikka bardoshlik va ishlatilgan materiallarni defitsit
bo’lmasligi. Kamchiligi-termik ta`siri, zarba yoki bosim natijasida emal teshilishi hamda sinishi
mumkin. Xrom bilan temir qotishmalari hamma zanglamaydigan va kislotabardosh po’latlaring
asosi deb hisoblanadi. Bu po’latlar qovushqoqlik bilan birgalikda yuqori mustahkamlikka ega.
Po’latning tarkibida uglerod 0.2o` gacha bo’lsa uning payvandlanuvchanligi qoniqarli
bo’ladi. Temir tarkibida xrom va nikel bo’lgan qotishmalar issiq va sovuq holatlarda plastik
xususiyatlarga, payvandlashning hamma turlari yordamida yaxshi payvandlanuvchanlikka va
yuqori mexaniq xususiyatlariga ega. Nikel’ kiritilgani sababi po’lat kislotabardoshli bo’lib uning
ishlatilish sohasi kengayadi. Agressiv neft va gazva kimyo muhitlarida fizik-kimyoviy va
mexaniq xususiyatlarga ega bo’lgan titan va uning qotishmalari ishlatilishi mumkin. Titanli
qotishmalarni zichligi tahminan 4500 kg/m
3
ga, normal elastik moduli 12*10
4
mPa ga,
mustahkamlik chegarasi 1050 mPa ga teng. Bir qator neft va gazmuhitlarida po’latlar X18N 10T
va X21N5T larning mustahkamligiga nisbatan titanning zanglashga qarshi mustahkamligi bir
necha barobar yuqori bo’ladi.
Titan va uning qotishmalaridan nasoslar, yopib – ochadigan moslamalar, quvurlar,
separatorlar va tsentrifugalar rotorlari, katoshka va makka jo’xoridan qilingan kraxmal, glyukoza
va qiyom ishlab chiqarishdagi to’plagichlar va chanlar tayyorlanadi.
Titanli kukundan yasalgan fil’tr – elementlar har xil agressiv suyuq mahsulotlarni
fil’trlash uchun ishlatilishi mumkin.
Titanli metallkeramika yuqori zanglamaslik, bardoshlikka, mustahkamlikka, zararsizlikka
oddiy teskari yunalgan tokning tiklanganligini va teshikligini boshqarishini engilligiga ega.
Alyuminiy kichkina solishtirma vaznga, yuqori issiqlik o’tkazuvchanlikka ega, issiq va sovuq
holatlarda bosim bilan yaxshi ishlov beriladi, past mexaniq va quyma xususiyatlarga ega. Uning
miqdorida aralashmalar soni minimal va yuzasi tekis yaltiragan bo’lganda alyuminiyni
zanglamaslikka chidamliligi yuqori bo’ladi. Kuydirilgan alyuminiy kamroq zanglaydi.
Bosim bilan ishlov berishda sanoatda kichkina solishtirma vaznga va yuqori texnologik
va mexaniq xususiyatlarga ega bo’lgan dyuralyuminiy eng keng tarqalgan. Dyuralyuminiyni
zanglashga chidamliligi past bo’ladi. Alyuminiy va marganetsdan, alyuminiy va magniydan
iborat bo’lgan qotishma yaxshi plastiklikka, o’rtacha mustahkamlikka, yaxshi pishirilishga va
zanglashga, yuqori bardoshlikka ega.
Neft va gazva kimyo sanoatida quyma detallarni yasashda kremniydan iborat bo’lgan
alyuminiy qotishmasi silumin ishlatiladi. U kichkina solishtirma vaznga, yaxshi quyma
xususiyatlariga va zanglashga yaxshi bardoshlikka ega.
Mis yuqori issiqlik o’tkazuvchanlikka va bir qator neft va gazmahsulotlari bilan aloqa
qilganda zanglashga yuqori bardoshlikka ega, sovuq va issiq holatlarda bosim ostida yaxshi
ishlov beriladi.
Kimyoviy agressiv mahsulotlar va moddalar bilan ishlaydigan mashina va jihozlarda
plastmassalar foydali ishlatiladi. Ularning yuqori kimyoviy chidamliligi texnologik
qurilmalarning ishonchliligini va uzoq ishlash muddatini ta`minlaydi. Plastmassalar tarkibida
odam sog’ligiga zarar bo’lgan neft va gazmahsulotlarining ta`mini va hidini o’zgartiradigan,
mahsulotlarda eriydigan va ular bilan reaktsiyaga kiradigan aralashmalar bo’lmasligi kerak.
Plastmassalarni faqat Davlat sanitariya nazorati organlari ruhsati bilan ishlatish mumkin.
Keramikadan va shishadan yasalgan idishlar vino, har – xil ichimliklar, spirtli va sut
mahsulotlarini, kislotalar va ishqorlarni saqlash uchun ishlatiladi.
Nazorat savololari
1. “Texnologik jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash” fanining vazifasi, mazmuni va ishlab
chiqarishdagi o‘rni.
2. Loyihalashtirishning sistematik yondashish elementlari, konstruktorlik faoliyati
3. Neft gaz sanoati mashina jihozlarini loyihalash jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |