Soliqlar va soliqqa tortish


  Mahalliy  byudjetlarning  daromad  qismini  shakllantirishdagi



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/32
Sana24.01.2021
Hajmi0,58 Mb.
#56651
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
xududiy iqtisodiyotni maxalliy soliqlar orqali rivojlantirish yollari

3.3.  Mahalliy  byudjetlarning  daromad  qismini  shakllantirishdagi 

muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  ko’ra,  mahalliy  hokimiyat 



organlari ixtiyoriga “Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy 

soliqlar,  yig’imlarni  belgilash,  byudjetdan  tashqari  jamg’armalarni  hosil qilishi 




 

52 


vakolati  berilgan”

17

.  Shu  bilan  mahalliy  hokimiyat  organlarining  byudjet 



sohasidagi faoliyatining konstituttsiyaviy asosi o’rnatilgan. Mahalliy joylardagi 

vakillik  hokimiyati  va  ijro  hokimiyati  organlarining  bu  sohadagi  vazifalari, 

vakolatlari  turlicha  bo’lib,  ular  avvalo  “Mahalliy  davlat  hokimiyati 

to’g’risida”gi  qonunda  belgilangan.  Xalq  deputatlari  Kengashlari  o’z 

hududining byudjetini va uning ijrosi xaqidagi hisobotni tasdiqlaydi

18

. Byudjet 



loyihasi  (ko’rsatkichlari)  hokim  tomonidan  taqdim  qilinadi.  Shuningdek, 

qonunning  shu  moddasiga  binoan  mahalliy  kengashlar,  mahalliy  soliqlar, 

yig’imlar, boj miqdorini belgilaydi va mahalliy byudjetga  tushadigan mahalliy 

soliqlar, yig’imlar va to’lovlar bo’yicha imtiyozlar beradi. 

Ushbu  qonunning  25  -  moddasida  hokimlarning  byudjet  sohasidagi 

vazifasi ko’rsatilgan bo’lib, unga asosan hokimlar tegishli hududning byudjetini 

asosiy  ko’rsatkichlarini  xalq  deputatlari  Kengashlariga  tasdiq  uchun  taqdim 

etadi  va  byudjet,  hisob-kitob,  moliya  masalalarida  turli  qonun  xujjatlarida 

o’zlarining vakolatlariga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadilar. Shunday 

qilib,  vakillik  hokimiyati  organlarining  vazifasi  byudjetini  va  uning  ijrosi 

haqidagi  hisobotni  tasdiqlash  bo’lsa,  ijro  hokimiyati  organlarining  vazifasi 

byudjet  loyihasini  ishlab  chiqish,  ijro  haqidagi  hisobotni  tayyorlash  va  eng 

muhimi, samarali ijroni tashkil etish hisoblanadi. 

Byudjet  tegishli  hududning  rivojlanishi,  aholi  turmush  sharoitining 

yaxshilanishida  muhim  ahamiyatga  ega  asosiy  vositadir.  Shuning  uchun  uni 

tasdiqlash,  ijrosi  haqidagi  hisobotni  tasdiqlash  mahalliy  vakillik  organlarining 

mutloq  vakolatiga  kiradi.  Byudjet  tasdiqlanishida  daromadlarning  umumiy 

miqdori, uning manbalari, shuningdek, xarajatlar belgilanib, har bir soha uchun 

ajratilgan  mablag’lar  aniq  ko’rsatiladi.  Bu  hudud  xo’jaligini  moliyalashtirish, 

ijtimoiy-madaniy  tadbirlar  va  davlat  organlarini  pul  bilan  ta’minlashni  o’z 

                  

 

17



 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasi 4 bandi. 

18

 "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi qonun 24-moddasi. 



 


 

53 


ichiga oladi. Byudjet tasdiqlanganda uning har bir uch oylik buyicha taqsimoti 

ham belgilanadi. 

Mahalliy  hokimiyat  organlari  byudjet  ijrosini  tashkil  qiladi,  moliyaviy 

intizomga  rioya  qilinishi  ustidan  nazorat  qilinadi.  Zarur  hollarda  byudjet  ijrosi 

jarayonida  uni  qayta  taqsim  qiladi.  Byudjet  ko’rsatkichlari  hokim  tomonidan 

tayyorlanadi.  Byudjetning  ijrosi  haqidagi  hisob  ham  hokim  tomonidan 

tayyorlanadi.  Hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  sharoiti  davrida  byudjet  masalasi, 

moliya  ishlari  juda  muhim  va  murakkab  masaladir.  Har  bir  hududning  rivoji, 

kam ta’minlangan oila va shaxslarning etarli darajada ijtimoiy himoya qilinishi, 

har bir hudud davlat hokimiyat organlari moliyaviy masalalarni to’g’ri hal qila 

bilishiga  bog’liq.  Bunda  mahalliy  byudjetga  tushadigan  soliq  va  yigimlarning 

turi, miqdorini belgilash alohida o’rin tutadi. 

Har  bir  hududni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish,  shu  hududdagi  aholini 

ijtimoiy 

muammolarini 

hal 


qilish 

bevosita 

hokimiyatlar 

zimmasiga 

yuklatilganligi  sababli,  bu  masalalarni  hal  etish  bo’yicha  ularga  vakolatlar 

berish  va  ular  ixtiyorida  etarli  manbalarini  bo’lishi,  bu  sohadagi  siyosatni 

samaradorligini ta’minlaydi. 

Mahalliy  byudjetlar  daromadalarini  mustahkamlash  va  xarajatlarini 

muvofiqlashtirishda moliya idoralari rolini oshirishning eng asosiy bosqichi bu 

organlarni 

faoliyatini 

huquqiy 


belgilab 

berishdir. 

Bugungi 

kunda 


respublikamizda  mahalliy  moliya  idoralari  faoliyatini  va  ular  oldidagi 

vazifalarni  belgilab  beruvchi  umumlashgan  huquqiy  hujjat  mavjud  emas. 

Viloyat moliya bosh boshqarmalari faoliyatini belgilab beruvchi tartiblar viloyat 

hokimligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqarilgan.     

Mahalliy  byudjetlarning  daromad  qismini  shakllantirish  muammolarini 

hal  qilish  maqsadida  moliya  bozorlaridan  jalb  va  mobilizatsiya  qilingan, 

tabaqalashtirilgan o’z mablag’lari ko’rinishidagi daromad tushumlarini mahalliy 

hokimiyat  organlari  tomonidan  quyidagicha  qo’llanilishi  maqsadga  muvofiq 

deb hisoblaymiz: 



 

54 


Birinchidan, mintaqalardagi soliq tartiblarini muvozanatlashni va byudjet 

ehtiyojlarini  ta’minlashni  muvofiqlashtirish  uchun,  mahalliy  hokimiyat 

organlarining  soliq  siyosatini  ishlab  chiqishda  va  amalga  oshirishda  faol 

ishtirok etish huquqini qonunan rasmiylashtirish; 

Ikkinchidan,  investitsiyalar,  sarmoyalar  va  bandlik  bozorlari  faoliyatini 

ta’minlash  maqsadida  tabaqalashtirilgan  soliq  rejimlarini  o’rnatish  bo’yicha 

mahalliy hokimiyat organlari vakolatlarini aniq belgilab berish; 

Uchinchidan,  yuqori  va  quyi  bo’g’inlarining  bir-biriga  bo’ysunishini 

yangilash  va  tizimlash  imkoniyatini  beruvchi  yuridik  kuch  va  maqomga  ega 

bo’lgan har xil hujjatlar tizimini qonun yo’li bilan o’rnatish; 

To’rtinchidan, mintaqada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 

tabiiy zahiralardan foydalangani uchun olinadigan soliq stavkalarini belgilashda 

mahalliy hokimiyat organlarining huquqlarini belgilab berish; 

Beshinchidan, mintaqaning ijtimoiy va investitsiya manfaatlarini hisobga 

olgan  holda  imtiyozli  soliq  solishning  ustuvor  yo’nalishlarini  belgilash,  uning 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishini  kafolatlaydigan  soliq  tadbirlari  bo’yicha 

huquqiy-me’yoriy  hujjatlarni  shakllantirish  va  tasdiqlash  kabi  vazifalarni 

bajarish uchun mahalliy hokimiyat organlari rolini oshirish zarur. 




 

55 



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish