Soliqlar va soliqqa tortish


“AAA”  korxonasining 2013 yil uchun yer



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/32
Sana24.01.2021
Hajmi0,58 Mb.
#56651
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
xududiy iqtisodiyotni maxalliy soliqlar orqali rivojlantirish yollari

“AAA”  korxonasining 2013 yil uchun yer  

solig’i hisob-kitobi

14

 

 

№ 

Ko’rsatkichlar 

o’lchov birligi 

hajmi 

1.   Yer 

uchastkasining  umumiy  yer  maydoni 

(hujjatdagi) 

 

gektar (ga) 



2,9 

2.  Haqiqatda 

foydalaniladigan 

yer 


uchastkasi 

umumiy maydoni 

gektar 

2,9 


3.  Soliqqa tortilmaydigan yer maydoni 

 

gektar 



4.  Soliqqa tortiladigan yer maydoni 

 

gektar 


2,9 

5.  1 gektar uchun soliq stavkasi 

 

so’m 


52 791 641 

6.  Hisoblangan soliq summasi 

 

so’m 


153095758,9 

7.  Soliqni to’lash muddatlari: 

 

 

         1 chorak – 15 fevralgacha 



         2 chorak – 15 fevralgacha 

         3 chorak – 15 fevralgacha 

         4 chorak – 15 fevralgacha 

so’m 


so’m 

so’m 


so’m 

38273939,7 

38273939,7 

38273939,7 

38273939,7 

 

Ushbu korxona yer solig’i bo’yicha ajratilgan 3-zonada joylashgan bo’lib, 



2013  yil  soliq  stavkasiga  muvofiq  1  gektari  uchun  52  791 641  so’mlik  soliq 

                  

 

14

 Xiva tuman DSI ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 



 


 

36 


to’lashi  lozim.  Ushbu  korxonaga  yer  uchastkasiga  egalik  qilish  uchun  tuman 

hokimligini  hujjatiga  muvofiq  2,9  gektar  yer  ajratilgan,  bu  bo’yicha  byudjeti 

hisoblangan soliq summasi 153095758,9 so’mni tashkil etgan. 

Qishloq  xo’jiligida  foydalaniladigan  yer  maydonlari  uchun  yer  solig’i 

zonalar bo’yicha emas, balki yer boniteti (klasslarga)ga muvofiq hisoblanadi. 

Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’liq mahalliy byudjetlarga o’tkaziladi. 

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq 

bo’yicha  hisobga  olish  joyidagi  davlat  soliq  xizmati  organiga  yilda  bir  marta, 

yillik  moliyaviy  hisobot  topshiriladigan  muddatda  taqdim  etiladi.  Soliq  davri 

mobaynida  soliq  to’lovchilar  yuridik  shaxslarning  mol-mulkiga  solinadigan 

soliq bo’yicha joriy to’lovlar to’laydilar.  

Joriy  to’lovlar  miqdorini  hisoblab  chiqarish  uchun  soliq  to’lovchilar  joriy 

soliq  davrining  10  yanvarigacha,  yangi  tashkil  qilinganlari  esa  davlat 

ro’yxatidan  o’tkazilgan  sanadan  e’tiboran  o’ttiz  kundan  kechiktirmay,  soliq 

bo’yicha  hisobga  olish  joyidagi  davlat  soliq  xizmati  organlariga 

mo’ljallanayotgan  soliq  solinadigan  bazadan  (tegishli  yil  uchun  mol-mulkning 

o’rtacha  yillik  qoldiq  qiymatidan  (o’rtacha  yillik  qiymatidan)  va  belgilangan 

stavkadan  kelib  chiqqan  holda  hisoblangan  joriy  soliq  davri  uchun  yuridik 

shaxslarning 

mol-mulkiga 

solinadigan 

soliq 


summasi 

to’g’risidagi 

ma’lumotnomani  taqdim  etadilar.Yuridik  shaxslar  mol-mulkidan  olinadigan 

soliq  majburiy  to’lov  sifatida  davr  xarajatlarida  hisobga  olinadi.  Mol-mulk 

solig’i bo’yicha korxonalar byudjetga joriy to’lovlar so’mmasini mol-mulkning 

hisobot yilidagi o’rtacha yillik qiymati va soliq stavkasi asosida mustaqil holda 

hisoblaydi  hamda  har  oyning  10  kunidan  kechiktirmay,  yillik  to’lov 

so’mmasining 1/12 miqdorida to’lovni amalga oshiradilar. 

Jismoniy  shaxslardan  mol-mulk  solig’i  esa,  soliq  inspektsiyasi  xodimlari 

hisoblab yozib bergan «to’lov xabarnoma»dagi summani yilning 15 oktyabrdan 

kechiktirmasdan  amalga  oshiradilar.  Mol-mulk  uchun  muklchilik  huquqi 

taqvimiy  yil  davomida  bir-mulkdordan  boshqa  mulkdorga  o’tgan  holda  soliq 




 

37 


dastlabki  mulkdor  tomonidan  shu  yilning  birinchi  yanvaridan  u  mol-mulkka 

mulkchilik  huquqini  yo’qotgan  oygacha  to’lanadi,  yangi  mulkdor  esa  unda 

mulkchilik  huquqi  paydo  bo’lgan  oydan  boshlab  soliq  to’lashni  amalga 

oshiradi.  

Jismoniy shaxslar bo’yicha ham ortiqcha to’langan soliq summalari kelgusi 

muddat  yoki  yil  uchun  xisobga  olinadi  yoxud  to’lovchining  arizasiga  muvofiq 

qaytarib  beriladi.  Jismoniy  shaxslar  mol-mulk  va  yer  solig’ini  naqd  pulda 

to’laydilar.  Yuridik  shaxslar  mahalliy  soliqlar  xisoblanadigan  yer  solig’ini 

yilning har choragida, baravar ulushda chorakning ikkinchi oyini 15-kunigacha 

to’laydilar.  

Mahalliy soliqlar va yig’imlarni to’lovchilar soliqlar bilan birgalikda ayrim 

yig’imlarni  ham  to’laydi.  Mahalliy  yig’imlarni  hisoblash  va  to’lash  tartibi 

mahalliy  soliqlardan  biroz  farqlanadi.  Mahalliy  soliqlarni  soliq  to’lovchilar 

(jismoniy  shaxslardan  tashqari)  o’zlari  mustaqil  hisoblab  belgilangan 

muddatlarda  byudjeti  o’tkazilsa,  mahalliy  yig’imlarni  to’lash  tartibi  asosan 

mahalliy hokimiyat organlari tomonidan undirilishi mumkin.  

 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish