20
Yuqorida qayd etganimizdek, mahalliy soliqlar va yig’imlar asosan Soliq
kodeksida belgilangan va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida
ko’rsatilgan tartibda o’rnatiladi. Biroq, mohiyati jihatidan mahalliy soliqlar va
yig’imlar mahalliy hokimiyatlar tomonidan belgilanadigan va mahalliy
byudjetlarga kelib tushadigan majburiy to’lovlardir. Respublikamizda iqtisodiy
islohotlar chuqurlashtirilayotgan va iqtisodiy erkinlashtirishni yangi bosqichida
hududiy va mahalliy hokimiyat organlarini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
tomondan boshqarishdagi rolini ko’tarish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Bunda birinchidan Markaziy boshqaruv organlari ma’lum darajada ortiqcha
tashvish va vazifalardan hosh bo’ladi, ikkinchidan mahalliy hokimiyat
organlarini hududlarning sotsial-iqtisodiy rivojlanishidagi ma’suliyati oshadi,
hamda ushbu hududdagi muammolarni tez echilishga olib keladi.
Mahalliy hokimiyatlarni mahalliy soliqlarni joriy etish va umuman ularni
o’z huquq-majburiyatlari Konstitutsiyaning tegishli (100-modda) moddalarida
aks etgan bo’lib, ular quyidagilardir:
qonuniylikni,
huquq-tartibotni
va
fuqarolarning
xavfsizligini
ta’minlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlantirish;
mahalliy byudjeti shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar va
yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
atrof muhitni muhofaza qilish fuqarolik holati aktlarini qayd etishni
ta’minlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi
Qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Bu qayd etilgan huquq va majburiyatlar orasida uchinchi bandda
belgilangan vazifa ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati jihatidan alohida mavqeigi,
xususiyatga va ma’suliyatga moil vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki,
mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy hokimiyatlarning moliyaviy resurslarga
21
bo’lgan ehtiyojlarini qoplashda eng muhim vosita va manba bo’lib hisoblanadi.
Binobarin, mahalliy hokimiyatlarning zimmasidagi va vaqolatidagi boshqa
vazifalarni to’laqonli bajarish, ko’pincha moliyaviy resurslarning mavju
miqdoriga bevosita bog’liq bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan huquq va majburiyatlardan ko’rinib turibdiki,
mahalliy hokimiyat organlariga o’z hududini iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy
rivojlantirish ma’suliyati yuklangan. Amalga oshirilayotgan islohotlar mahalliy
vakillik va ijro hokimiyatlarining regionlarini iqtisodiy va sotsial
rivojlantirishdagi muammolarni o’z vaqtida echishdagi rolini kuchaytirishni
talab qiladi. Konstitutsiyaga asosan mahalliy hokimiyatlar o’zlarining byudjet
va byudjetdan tashqari fondlarini tuzish huquqiga egadilar. Bugungi kunda esa
ushbu huquqlarning moddiy asosini yaratish va rivojlantirilishi zarurdir. 2014
yilda qabul qilingan «Byudjet Kodeksi»da ham mahalliy soliqlar va yig’imlarni
joriy etish bo’yicha mahalliy hokimiyatlarning huquqlari ko’rsatib berilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonunga muvofiq ega mahalliy
soliqlar, yig’imlar, to’lovlar bo’yicha imtiyozlar o’rnatish mahalliy hokimiyat
vakillik organlari tomonidan ushbu imtiyozlarni belgilash huquqi berilgan.
Ushbu soliqlar bo’yicha imtiyozlar hokimliklar tomonidan mahalliy byudjet
daromadlariga tushadigan mablag’lar darajasida berilgan. Imtiyozlar eng avvalo
hududning sotsial-iqtisodiy rivojlanishidagi muammolarni echishga ijobiy
yordam berishi kerak. Mahalliy soliqlar bo’yicha imtiyozlar berilishi mahalliy
byudjetlarning
daromadlarini
shakllantirishda
daromadlarni
tushishi
kamayishiga olib keladi. Ammo, bu kamayish o’z navbatida soliq
to’lovchilarning moliyaviy ahvolini yaxshilanishi, hamda yuzaga kelgan
muammolarni echilishi bilan bog’lanish zarur. Soliqlar bo’yicha mahalliy
hokimliklar tomonidan engilliklar berilishi respublika (davlat) byudjeti
daromadlar qismiga salbiy ta’sir qilmasligi lozim.
Mahalliy hokimiyatlar mahalliy soliqlar va yig’imlarni belgilash va
undirishda mahalliy byudjetlar balansli daromadlar va xarajatlar ega bo’lishini
22
uzviy ta’minlashi lozim, chunki, Qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy
byudjetlar taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi. Bu o’z navbatida mahalliy soliqlar va
yig’imlarni to’lovchilarini belgilash, soliq ob’ektini aniqlash stavka va
imtiyozlarni hududining sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-demografii vaziyatni
hisobga olgan holda ob’ektiv belgilanishini taqozo etadiki, bu mahalliy
hokimliklarning eng asosiy vazifalaridan biri ekanligidan dalolat beradi.