Sizlar Uni qo‘yib, o‘zlaringiz va ota-bobolaringiz atab olgan nomlar (but-sanam)largagina
sig‘inyapsizlar. Ularga Alloh biror hujjat tushirmagan bo‘lsa?!». (Yusuf, 37-40.)
Yusuf (a.s.) fursatni g‘animat bilib, zindonda yotgan boshqa kofirlarning ko‘zini ochib, ularga ko‘pxudolik
yaxshimi yoki yakkaxudolikmi ekanligini tushuntira boshladilar. Alloh taolo insonlarga boshqa payg‘ambarlar
qissasidagidek, Yusuf (a.s.)ning tillaridan O’zining vahdoniyatini tushuntirmoqda. Unga shirk keltirishning
oqibatini bayon etmoqda.
Alloh bergan aql va tafakkurini ozgina ishlatib mulohaza qilgan inson aniq biladiki, butun olam Yaratganning
mavjudligiga va yagonaligiga dalolat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |