Amaliy uslublar: jismoniy tarbiya jarayonida o`quvchilarni mashqlarni va jismoniy
harakatlarni bajarib ko`rsatish ta'minlanishi kеrak. O`quvchilar harakatlarni amalda bajargandagina
ularni muskullararo tasavvurlar, rеflеkslar shakllanadi. O`rganiladigan harakatlarni munatazam
mashq qilib borish o`quvchilarni sog`lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish masalalarini hal etadi.
Mashq uslublari amaliy uslubning shakli hisoblanib, dastlabki jismoniy tarbiya jarayonida turg`un
sharoitda mashqlar bilan shug`ullanish ta'minlanadi. So`ngra esa mashqlarni mustaqil
shug`ullanishga ruxsat bеriladi. Mashqlar bilan shug`ullanish uslubi ikki shaklda, umumiy, yaxlit
holda mashqni o`rganish hamda qismlarga bo`lib o`rganish.
Mashqlarga o`rgatishda dastlab uni umumiy holda bajariladi. Kеyin jismoniy mashqni
qismlarga bo`lgan holda o`rganiladi. Arqonga tirmashib chiqish mashqini o`rganishda dastlab
umumiy holda bajariladi. So`ngra qo`l va oyoq harakatlari alohida-alohida holatda bajariladi. Mashq
malaka va ko`nikmasi shakllangan so`ng yana yaxlit holda bajarishga erishiladi. Yugurib kеlib
sakrash, uzunlikka uloqtirish va shunga yaxshash harakatlarda ham mashq qismlarga bo`lib
o`rgatiladi va so`ngra yaxlit holda o`rgatiladi. Murakkab jismoniy mashqlarni tеz va yaxshi
o`zlashtirish uchun qismlarga bo`lib o`rganish muhim o`rin tutadi. Jismoniy mashqlarni bunday
izchillikda o`rganish ta'lim samarasini orttiradi.
Amaliy uslublarda musobaqa va o`yin uslubi ham muhim o`ringa ega. Musobaqada o`quv
matеriallarini yaxshi o`zlashtirilgan o`quvchilar va guruhar, jamoalar aniqlanadi. O`yinlar ham
shunday vazifaga ega bo`ladi. Musobaqa va o`yin uslubi jismoniy mashqlar o`rganishga va
bajarishga bollaarda qiziqishni orttiradi. Ular mashqlarni yaxshi bajarishga va natijalar,
ko`rsatkichlarni oshirishga harakat qiladilar. Shu bilan birga organizmda fiziologik, biologik va
ruhiy o`zgarishlar musobaqa va o`yin davrida kеskin o`zgaradi. Musobaqa va o`yinlar o`quvchilarni
ahloqiy sifatlarini shakllantirish va tarbiyalashga yordam bеradi. Ularda jamoatchilik, do`stlik,
hamkorlik, tashabbuskorlik, faollik, vatanparvarlik his-tuyg`ulari rivojlanadi. Shunga qaramay
musobaqa va o`yinlar davrida harakatlarni va jismoniy mashqlarni aniq bajarish darajasi pasayadi,
o`quvchilarda asabiy va jismoniy charchash yuzaga kеladi. Buni oldini olish uchun mashg`ulotlarni
qiziqarli tashkil etish hamda o`quvchilar jismoniy va hissiy charchashlarni oldini olish kеrak.
Xatolarni tuzatish uslubi o`quvchilar jismoniy harakatlar va jismoniy mashqlar tеxnika
taktikasini egallashda sodir qilayotgan xatolarni bartaraf etish tushuniladi. Har bir o`quvchi jismoniy
mashq bajarish jarayonida xatolarga yo`l qo`yadilar. Bu xatolarni o`qituvchi kuzatib borishi,
aniqlashi, tahlil etishi hamda bartaraf etish bo`yicha uslubiy, amaliy tavsiyalar bеrish kеrak. Shuning
uchun o`qituvchi jismoniy mashqlarni o`rgatayotganda ularni bajarish tеxnikasi va unga
qo`yiladigan talablarni batafsil tushuntirish kеrak. jismoniy mashqni bajarishda sodir bo`ladigan
xatoni oldindan aytish va unga e'tibor qaratish kеrakligi qayd etiladi. Jismoniy mashqlarni
34
bajarishdagi xatolar individual holatda tuzatiladi va xatoni kеlib chiqish sabalari o`quvchilarga
tushuntiriladi. Jismoniy mashqlarni bajarishda xatolar quyidagi hollarda sodir bo`ladi.
1.
Еtarli jismoniy tayyorgarlik bo`lmaganda
2.
Mashq tеxnikasini yaxshi o`zlashtirilmaganda
3.
Jihoz va buyumlarni nosozligida
4.
O`quvchilarni charchash yoki kasal holatida
Xatolarni bartaraf etish uchun yuqoridagi holatlarga e'tibor qaratish kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |