O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Bioinformatika va Biomexanika
-Fan nomi
Amaliy ishi-1
Guruh:210-18
Bajardi:
Abduraximov Azizjon
Tekshirdi:
Azimov Bunyod
TOSHKENT-2022
1-amaliy ish. BTSFreeEMG1000 qurilmasida EMG signalni qayd qilish va unga
dastlabki ishlov berish usullari bilan tanishish
Ishdan maqsad:
Mushak faolligi biosignallarini qayd etish va tahlil qilish
usullarini o’rganish.
Nazariy qism
Xozirgi kunda, inson tanasidagi mavjud bo’lgan biosignallarni yozib olish,
ishlov berish va tahlil qilish usullari rivojlanib bormoqda. Inson tanasidagi
biosignallarni qabul qilishda sensorlardan foydalaniladi. Sensorlar biosignallarni
real vaqt rejimida turli xil aniqlikda qabul qiluvchi tizimlarning muhim qismi
hisoblanadi. Sensorlarning parametrlari o’lchanayotgan signallarning
xususiyatlariga mos bo’lishi kerak. Bizga ma’lumki biosignal yoki ixtiyoriy
signallarning tarkibida shovqin va halaqitlar bo’ladi. Biosignallar past chastotali
signal bo’lganligi uchun, biosignallarning amplituda ko’rsatkichlari juda kichik
bo’ladi. U turli-xil shovqinlar ta’siriga moyil hisoblanadi.
Biosignallar – bu tirik mavjudotlar organ(yurak, teri, muskul, qon, va
boshqalar)larida yuzaga keladigan fiziologik hodisalarga oid ma’lumotlarni o’z
ichiga oladi. Ushbu ma'lumot signallarni qayta ishlash usullari bilan olinishi
mumkin va keyinchalik klinik tadqiqotlar yoki tibbiy diagnostika uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.
Biosignallarning bir nechta turi mavjud. Bulardan keng tarqalgani
elektrokardiogramma (EKG) va elektromiogramma (EMG) hisoblanadi va bu
signallarni tahlil qilish inson salomatligini saqlashda muhim rolni o’ynaydi.
Biosignallarning turlari
Biosignallar tirik mavjudotlar tomonidan turli xil usullarda yaratilishi mumkin,
lekin ular ayni bir fiziologik hodisalarni aks ettirishi muhim sanaladi.
Bugungi kunda mavjud bo’lgan raqamli signallarga ishlov berish algoritmlari
yordamida biosignallarni tahlil qilish orqali fiziologik xodisalarni va signal
xususiyatlarini tadqiq etish mumkin. Biosignallarni fiziologik jihatdan quyidagi
turlarga bo’lish mumkin:
•
Bioelektrik signallar: bu signallar asab yoki mushak hujayralari tomonidan ishlab
chiqariladi. Bunday holatda tana sirtida yoki mushakga o’rnatiladigan elektrodlar
yordamida undagi potensiallar o’lchanadi. Bunday signallarga elektrokardiogram,
elektromiogram va elektroensefalogram signallari misol bo’ladi;
•
Biomexanik signallar: bu signallar kuch-quvvat, kuchlanish, oqim yoki bosim
kabi biologik tizimlarning o’zgarishidan vujudga keladi. Elektromiografiya – bu
mushak tolalarining qisqarib – kengayishi natijasida yuzaga keladigan ta’sir
potensialini qayd etish hisoblanadi. Miogramm mushaklarning kuchlanish
ko’rsatkichi vazifasini bajaradi Elektromiografiya signallarini qayd etish
sensorlari.
•
Do'stlaringiz bilan baham: |