51-rasm. Xo'jalikning o'zida omuxta yem tayyorlash usullari
Sovuqsevarbaliqlar uchun (forel, osyotr) 40—42% dan kamboMmagan
proteinli omuxta yem beriladi. Chavoqlar, segoletkalar uchun 50% li
proteinli omuxta yem beriladi.
Baliqlarni oziqlantirganda granulalarning razmeriga e’tibor beriladi.
Granula razmeri baliqning katta-kichikligiga qarab beriladi. Sadoqda
jadal usulda baliq boqishda ozuqa sarfi, baliq boqish texnologiyasi yuqori
darajali bo‘lib, baliq tannarxining 50—70% ni tashkil qilishi kerak.
Baliq berilgan ozuqani iloji boricha 100% iste’mol
qilishiga erishish
kerak. Qimmatbaho omuxta yem nobud bo'lmasligi lozim. Ortiqcha
ovqat berish baliq tannarxini oshiradi. Yeyilmagan ozuqa qoldig'i suv
sifatini buzadi, suv ifloslanadi. Ayniqsa, suv ammonit va nitrit ion-
lari bilan to'yinadi. Agarda beriladigan ozuqa yetarli bo'lmasa, baliqlar
o'sishdan qoladi. Eng avvalo sanoat tarzida tayyorlanadigan omuxta
yem sifatini bilish va undan qanday foydalanishni bilish kerak. Yem
yetishtirishning qaysi turi boMmasin u albatta to‘la qimmatli ratsion
bo'lishi kerak. Sanoat tarzida tayyorlanadigan yemlar ancha qimmat,
ammo baliqlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi.
Chunki tarkibi ba-
lanslashgan bo'ladi. Yem bar bir baliq turiga qarab hamda baliqning
turli xil katta-kichikligiga qarab tayyorlanadi. Sanoat tarzida tayyorlan-
gan yemlar (yaxshi tayyorlangan bo‘lsa)ning ozuqa koeffitsienti ancha
218
past bo‘ladi (1,0—1,5 ga teng). Aynan 1970-yillarda respublikada bunday
yemlarni ishlab chiqarish jadal texnologiyada baliq yetishtirish uchun
sharoit yaratildi, shu jumladan sadoqda baliq yetishtirish ham.
Baliqshunos shuni ham esdan chiqarmasligi kerak:
omuxta yemlar-
ning muddati 3 oy, so’ngra u o‘z ahamiyatini yo‘qotadi va oksidla-
nadi. Zamburug1 ko’payishi xavfi bor, bunday yemni baliq ishtaha bilan
yemaydi. Yem saqlaydigan joy gigiyena-sanitariya qoidalariga to‘g‘ri
kelishi kerak. Agarda baliqshunos ozuqani o‘zi tayyorlamagan bo‘lsa,
uning uchun quyidagi jihozlar zarur: donni maydalash, turli xil ke-
rakli (mol qoldiqlari, vitamin, mineral tuzlar) mahsulotlar qo’shiladi,
so‘ngra xamir qilib myasorubkalardan moslashtirib o'tkaziladi, keyin
quritiladi. Yem tayyorlash texnologiyasi 51-rasmda ko’rsatilgan.
Asosan
yem tarkibining sifatiga e’tibor berish lozim. Omuxta yem asosan don
hisoblanadi (bug‘doy, makka, arpa, tariq, mosh, loviya, soya). Bunday
tarkibga ega bo'lgan yemning ozuqa koeffitsienti 5 ga teng boladi. Ya’ni
1 kg baliq mahsuloti yetishtirish uchun 5 kg yem sarflanadi.
Hamma vaqt beriladigan yem miqdori va suv haroratini qayd qilib
borish kerak. Bu esa ozuqa koeffitsientini aniqlash uchun zarur. Ozuqa
koeffitsienti 1 kg baliq mahsuloti olish uchun sarflangan yem miqdori,
qanchalik ozuqa koeffitsienti kichik bo‘lsa, shu kichik ozuqa yaxshi va
baliq yetishtirish madaniyati ham yuqori ekanligidan dalolat beradi.
К = Q (kg)/DW kg,
bu yerdci:
К —
ozuqa koeffitsienti; Q — vegetatsiya (210 kun) davomida
berilgan ozuqa miqdori; DW — vegetatsiya davomida baliq massasining
ortganligi, masalan, segoletka og'irligi 35 g edi, oktabr oyida uning
og’irligi 1000 g bo’ladi. Baliq mahsuldorligi quyidagicha bo‘ladi:
1000 g - 35 g = 965 g.
Sadoqda baliqlarni oziqlantirish usuliga katta e’tibor berish lozim.
Sadoqdagi baliqlarni oziqlantirishning optimal varianti bu suv harorati-
ga, hamda sadoqdagi baliq massasiga ham bog‘liq, shuning uchun har
10 kunda 1 marotaba nazorat ovi o’tkaziladi
va shunga qarab sutkalik
ozuqa ratsioni tuziladi. Bir kunlik ozuqa normasi o'lchab olinadi. Baliq
suv harorati 26—28°C, suvdagi erigan kislorod 60—80 % bo’lganda yax
shi ovqatlanadi. Suvda kislorod soat 11—12()0 dan to 1800 gacha yaxshi
bo‘ladi. Issiqsevar baliqlar (karp) sutkaning issiq vaqtida yaxshi oziqla-
nadi, bahorda kunning o‘rtasida, yozda esa ertalab soat 10—11 larda,
baliqlarni oziqlantirish vaqti hamma vaqt bir xil muddatda bo’lsa, ular-
da shu vaqtga nisbatan shartli refleks hosil bo‘ladi.
219
Sutkalik normani ma’lum vaqt orasida bo‘lib berish boqishning
mineral ko'rsatkichini aniqlab, har 6 soat oralig'ida ovqatlantirish ke-
rak, suv yuzida suzib turuvchi ozuqaning effekti yaxshi. Cho‘kadigan
ozuqani baliq
olishga ulgurmaydi, uning bir qismi 30—50 % cho‘kmaga
tushadi. Bular sadoq to'ri orqali suv tubiga tushadi. Natijada nobud-
garchilikka yo‘l qo‘yiladi. Ozuqani baliq yeyishiga qarab kam-kam har
30 minutda bersa ham bo‘ladi. Agar baliq yemasa unda oziqlantirish
to’xtatiladi.
Sadoqlarda boqiladigan baliqlar berilgan ozuqani 15—30 minutda
yeb qo‘yadi. Ayniqsa, ipak qurti g‘umbagini tezda yeb qo‘yadi. Sadoqda
baliqning faol oziqlanishi sog‘lom hayot tarzidan dalolat beradi. Ko'z
bilan kuzatish zarur. Sadoqda ham ozuqa uchun maxsus moslama osh-
xona tayyorlash ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Chunki yem nobud
bo'lmaydi. Buning uchun quyidagilar zarur:
1. Baliqlar sadoqdagi ovqatlanadigan (oshxona) joyiga odatlanishi
kerak.
2. Ovqatlanadigan joy (oshxona) hamma vaqt yem bilan to‘la bo‘lishi
kerak.
3. Baliqlarni ovqatlanishi jarayoniga e’tibor berib kuzatib borish
kerak.
4. Baliq ovqatlanadigan moslamani (oshxonani) baliqshunosning
o‘zi to‘ldirib turishi kerak.
5. Sadoqdagi baliqlarni eng kamida haftada 6 marotaba boqish ke
rak.
6. Baliqlarning o‘sishiga qarab beriladigan ozuqa normasi ko‘paytirib
boriladi.
7. Sadoqda suv harorati 8—10°C bo'lganda hamma suv harorati 35°C
dan oshganda baliqlarni oziqlantirish to‘xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: