Baliq-o‘rdak hovuzlari
Suvliklardan kompleks ravishda foydalanish usullaridan biri baliq
bilan birgalikda suv qushlari — o’rdakni birga o‘stirishdir. Baliq o‘stirish
qoidalariga amal qilgan holda bu usulni qoilash, ya’ni qo’shimcha ra
vishda o‘rdak o'stirishni yoiga qo’yish amaliy va iqtisodiy ahamiyatga
ega. Bu esa aholini sifatli o'rdak go’shti bilan ta’minlash imkoniyatini
yaratadi. Natijada ya’ni baliq bilan o’rdakni birga boqishda bularni yak-
ka-yakka boqishdan ko’ra, mahsuldorlik ancha yuqori boiadi.
0 ‘rdaklar hovuzlarda boqilganda o‘z ekstratlari bilan (go‘ngi) hovuz-
ni organik moddaga boyitadi. Suvning organik moddaga boyishi plank
ton organizmlarini ko‘paytiradi. Bu esa baliq ozuqasining ko‘payishiga
imkoniyat yaratadi. Natijada baliq mahsuldorligi ancha oshadi. Muta-
xassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, har bir gektar suvlikka 25 bosh o’rdak
188
qo‘yilganda ular xuddi hovuzga 6—8 tonna go‘ng tashlanganday o’g’itlash
xususiyatiga ega. 0 ‘rdak chiqindisi ta’sirida suv havzasining yuqori dara-
jali suv o'simliklarining miqdori o’zgaradi. O’rdaklar yoki g’ozlartomoni-
dan dag'al suv o‘simliklari, yumshoq suvo’tlari katta miqdorda iste’mol
qilinadi, natijada baliqlarning erkin harakati uchun sharoit yaratiladi.
O’rdak o’stiriladigan hovuz suvida ammoniy va nitratlarning miqdori
oshadi va protokoklar, evglenasimonlar, yashil va ko’k-yashil suvo’tlari,
diatom suvo‘tlarining miqdori va biomassasi ko‘payadi. O’rdaklar suv
umurtqasiz hayvonlarini, karp iste’mol qilolmaydigan yoki kam miq
dorda iste’mol qiladigan hayvoniarni, masalan, ninachi lichinkalarini,
suv qo‘ng‘izlarini, suv kandalalarni, ntayda xashaki baliqlarni yeydi.
O’rdaklar suv tubini kavlabbalchiqdagi SO-,, N-,S kabigazlarto’planishiga
yoi qo’ymaydi. Yuqori darajali suvo’tlarnining ko’payib ketishi oldini
oladi. Baliq o’stiriladigan hovuzlarda o’rdaklarning yaxshi semirgani,
tuxum qo’yish jarayonining ko'payganligi kuzatilgan. O’rdaklar asosan
suvdan tashqarida maxsus joylarda boqiladi. O’rdaklarga beriladigan
ozuqa hovuzlarda berilmaydi.
Tovar baliq yetishtiradigan hovuzlarga har bir gektariga 250
dona, og’irligi 20 g keladigan o’rdakchalar qo’yib yuboriladi. Bu
o'rdakchalarning og’irligi oradan 60—70 kun o’tishi bilan 2,0 kg ga-
cha yetishi mumkin va o’rdaklar tirik yoki so’yilgan holda realizatsiya
qilinadi (sotuvga chiqariladi). Shunday qilib, baliq-o’rdak hovuzlarini
tashkil qilgan baliqchilik hovuz xo’jaliklari qo’shimcha mahsulot olib,
ratsional foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Kombinatsiyalashgan unumli bo’lgan baliq-o’rdak hovuzlari
ni tashkil qilish hovuzlarda o’rdaklarni son jihatdan to’g’ri hisoblab
qo’yishga bog'liq. Shunday hisoblash kerakki, baliq boqiladigan ho
vuzlarga qo’yiladigan o’rdaklar soni ortiq yoki kam bo’lmasligi kerak.
O’rdak qo’yilgan hovuzlarning suvi tez-tez analiz qilib turilishi lozim,
o’simliklarning o’sish darajasini tekshirib turish kerak. Agarda ho-
vuzda o’stiriladigan tovar baliq soni ko’p bo’lsa, ya’ni har bir gektariga
5000—8000 dona bo’lganda, o’rdaklar soni ancha kam bo’lishi kerak.
Chunki baliqlar kombikorm bilan boqilganda o'rdak soni normadan
oshiq bo’lsa, unda baliqlar ozuqasiga sherik bo’ladi. Bu esa baliq mah-
suldorligiga ziyon yetkazishi mumkin. Agarda suv havzasida yumshoq
(xara, rdest, urut, nitchatka, sipregara, ulotiriks) suvo’tlari ko’payib ket-
gan bo’lsa, albatta o'rdaklar soni (300—450 dona/ga) ko'paytiriladi.
O’rdak o’tkazish soni normaga nisbatan ko’paysa baliq mahsuldorligi
ancha kamayadi, chunki zoobentosni ko’p iste’mol qilib baliqlarga nis-
189
batan raqobat ko'chayadi. Ozuqa bazasi kamayishiga sabab bo‘ladi. Bir
vaqtning o'zida organik modda ko'payadi, suvni organik jihatdan iflosla-
nishiga sabab bo'ladi. Natijada suvda zamburug'lar ko'payib, baliq jabra-
lari kasallanadi, baliq o'sishdan qoladi va nobud bo‘ladi. Shu jumladan,
o'rdaklar ham zararlanadi - paranifoz bilan kasallanadi. Shuning uchun
ham baliq-o‘rdak boqish uchun qoidalarga rioya qilish zarur. Bu ishga
mas’uliyatsizlik bilan qaralsa, na baliq, na o‘rdak bo'lmasligi ham mum-
kin. Albatta ilmiy asoslangan baliq-o'rdak nisbati ishlab chiqilishi zarur.
Masalan, bar 1000 dona baliqqa 25 dona o'rdak to'g'ri kelishi kerak.
Baliq va o'rdaklarning birga o‘sishi uchun qulay sharoit yaratish
zarur. Har birgektar hovuzda tovar baliq o‘stirish uchun hovuz chuqurli-
gi 1,0 m bo'lsa, bir yoz davomida 200—250 dona o'rdak, baliqlar soni
esa 5000 dona gacha mo'ljallanadi. Lekin o‘rdak normasini belgilashda
hovuzning suvo‘tlari bilan qoplash darajasiga e’tibor beriladi. Agarda
suvo'tlari kamroq bo‘lsa o'rdaklar soni 100-125 dona tavsiya etiladi.
O'rdak o'stirishni maqsad qilganda avvalo suvo'tlari miqdori, so'ngra
hovuzning tuproq xarakteriga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Organik moddasi kam bo'lgan suv havzalarining o'g'itlashga talab
katta. Ammo yuksak suvo'tlari bilan qoplagan hovuzlarga o‘rdak yoki
g'oz sonini ko'paytirish ham mumkin. Buning uchun o'rdaklarning
sutkalik ratsionini aniqlash zarur. Nerest hovuzlarida, chavoq boqiladi-
gan o‘stiruvchi hovuzlarda o‘rdak boqilmaydi.
Tovar baliq boqiladigan hovuzlarning alohida uchastkalarida kichik-
kichik to'da shaklida o'rdak-g'oz boqiladi. Bundan maqsad tovar baliq
yetishtiriladigan hovuzlarning maydonidan ratsional foydalanishdan
iborat. Hovuzning qirg'oqlarida o'rdaklar uchun inlar qurib, ular tez-
tez suvdan chiqib o'z vaqtida oziqlanishi kerak.
Baliqlarni oziqlantirishda shunga e’tibor berish kerakki, ularga
o'rdaklar xalaqit bermasin. Buning uchun baliqlar ertalab oziqlantirilib
bo'lgandan keyin o'rdaklar inlaridan chiqarib yuboriladi. Baliq-o'rdak
hovuzlarining oziqlantiriladigan joylari qirg'oqlardan ancha uzoqda
joylashtiriladi.
Hovuzlarga segoletkalarni qo'yish paytida va kuzgi baliq ovlash pay-
tida o'rdaklar suvga chiqarilmaydi. Bahorda endigina qishdan chiqqan
segoletkalar nihoyatda holsiz bo'ladi va ularni hovuzning qirg'oqlarida
saqlaydilar. Bunday paytda o'rdaklar hovuzlarga chiqarilsa, darhol ba
liqlarni yeb qo'yadilar. Shu sabablarga ko'ra o'rdaklarni suvga qo'yib
yuborish, ko'lni baliqlashtirilgandan keyin bir oy o'tishi bilan amalga
oshiriladi.
190
Suvi chiqmaydigan mayda ko'llarda baliq boqiladigan suvliklarida
chuqurligi 1 m bo'lgan ko'llarning bar bir gektar suvlik yuzasiga 100
dona o'rdak qo'yish mo'ljallanadi. Agarda o'rdak ko'lga qo'yilsa suv or-
ganik ifloslanadi va qishda zamor holatiga olib keladi. Buning uchun
baliq-o'rdak hovuz suvi doimiy ravishda almashinib turishi kerak. Suv
kirib chiqishi zarur.
0 ‘rdakni monokulturada ham o‘stirib yaxshi natijaga erishish mum-
kin, yana polikultura shaklida, ya’ni baliq-o'rdak usulida boqish ham
mumkin.
Bu usulning muvaffaqiyati to'g'risida ba’zi bir misollarni keltira-
miz. Masalan, Krasnodar o'lkasidagi «Krasnodarskiy» xo‘jaligida baliq-
o'rdak polikulturasini yo'lga qo'yib yuqori iqtisodiy natijalarda erishil-
gan. Bu xo'jalikning ikkita hovuzida 80 ga maydonda 15000 o‘rdak
boqilib, 2739 s o‘rdak mahsuloti olingan, shu jumladan bar bir gektari-
dan 30 s dan baliq mahsuloti olingan (Privezentsev, 1980).
Baliq-o‘rdak boqish usuli XXR, Vengriyada, Germaniyada keng
rivojlangan. Vengriyada o‘rdaklar 2 hafta boqilib, so'ngra tovar baliq
yetishtiriladigan hovuzlarga qo'yib yuboriladi. 50—60 kun boqiladi.
Shu muddat ichida o'rdaklar 2,5—4,0 kg massaga ega bo'ladilar. Har
bir suvlikda ikki va uch yillik karp boqiladigan hovuzlarda 800 dona
o'rdak-baliq bilan boqiladi. Har bir gektar suvlikdan 2 tonna o'rdak
massasi va 1 tonna baliq mahsuloti olingan. Maydoni 50 gektar bo‘lgan
hovuzlarda suvdagi orolchalar tayyorlanadi. Lekin o'rdaklar hovuz-
dan tashqarida boqiladi. 0 ‘rdaklar suv havzasidagi yumshoq o'tlarni
yeb hovuzlarni tozalaydi. Hovuzlarning baliq mahsuldorligi har bir
gektarda 200—600 kg gacha oshadi. Germaniyada baliqchilik hovuz
xo'jaliklarining har bir gektariga 200—300 dona o'rdak ham qo‘yib
yuboriladi. 0 ‘rdaklar to 2,5 kg gacha yetadi, bu esa 51 kun ichida
amalga oshiriladi. Baliq mahsuldorligi esa bir gektaridan 100—150 kg
gacha oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |