184
va onalar o`limini kamaytirish, aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati
va samaradorligini oshirish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish;
7. Tumandagi barcha davolash - profilaktika muassasalari faoliyatiga ilm fan
va texnika yutuqlariga asoslangan
holda zamonaviy diagnostik, davolash,
profilaktik texnologiyalarni joriy etish;
8. Aholiga tibbiy yordam ko`rsatish va bemorlarni parvarishlashning yanada
takomillashtirilgan yangi usullarini tadbiq etish;
9. Statsionargacha bo`lgan diagnostik jarayonni har tomonlama yahshilash,
statsionar sharoitida o`z vaqtida kompleks davolashishlarini olib borish va
ularning samaradorligini oshirish, o`rinlardan unumli foydalanish;
10. Tuman tibbiyot muassasalari, ambulatoriya, poliklinika, statsionar
sharoitida ko`rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati va to`laqonliligini
baholash uchun diagnostik, davolash - reabilitatsiya qilish, klinik,
paraklinik tadbirlarning sifat - ko`rsatkichlarining standartlarini ishlab chiqish;
11.Davolangan bemorlar sonidan kelib chiqqan holda shifoxona faoliyati ko`lamini
belgilash, tuman davolash profilaktika muassasalarining
moddiy texnik bazasini
kengaytirish va moliyaviy mablag` bilan ta`minlashning loyihalarini ishlab
chiqish;
12. Tibbiyot xodimlarini tarbiyalash, malakasini oshirish, ulardan oqilona
foydalanish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish.
TMSHning eng asosiy bo`limlaridan biri tashkiliy-uslubiy bo`lim
hisoblanadi.
Tuman markaziy shifoxonasi faoliyatini
shifoxona bosh vrachi
boshqaradi, u bir vaqtning o`zida tuman tibbiyot birlashmasining boshlig`i
hisoblanadi. Sanitariya – epidemiologiya xizmatini tuman bosh davlat sanitariya
vrachi boshqaradi, u bir vaqtning o`zida DSENM bosh vrachi hisoblanadi.
Tuman markaziy shifoxonasi – tuman tibbiyot birlashmasining muovinlari
bo`ladi: ambulatoriya – poliklinika xizmati bo`yicha, tuman markaziy shifoxonasi
davolash – profilaktika ishlari bo`yicha, tashkiliy – uslubiy xizmat bo`yicha.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tibbiyot muassasalalariga konsul`tativ,
tashkiliy, uslubiy xizmat ko`rsatish uchun tuman bosh mutaxasislari tayinlanadi.
Ular o`zi xizmat ko`rsatayotgan mutaxasislik doirasida tuman tibbiyot
muassasalalari faoliyati ustidan tashkiliy – uslubiy rahbarlik qiladi. Ular odatda
eng tajribali vrachlar bo`lib, tuman markaziy shifoxonasining bo`limlari mudirlari
hisoblanadi. Ularning har biri o`z mutaxasisligi bo`yicha
davolash ishlarini
boshqaradi, joylarga borib konsul`tatsiya, tekshirish va davolash ishlarini bajaradi,
o`z sohasining ish rejasini tuzadi, statistik hisobotlarni yuritadi, ilmiy seminarlar,
konferentsiyalar tashkil etadi, malakasini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: