IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY METODLARI
Ijtimoiy psixologiyada qo`llanilgan metodlar psixologiyaning boshqa
tarmoqlarida ishlatiladigan metodlari nomi bilan hamda maqsadlarga ko`ra fark
qilmasada, ijtimoiy psixologik tadqiqotdagi uslublar o`ziga xos xususiyatlarga
hamda ko`rinishlarga ega. Bu o`ziga xoslik avvalo tadqiqot kamrab oladigan
ijtimoiy kontekstdan, uning xilma-xil ko`rinishlarida shaxs va guruhlar
psixologiyasidan kelib chiqadi. Metodologik muammolarda aytib utilganidek,
ijtimoiy psixologik tadqiqotda nimani o`rganish qancha vaqt mobaynida o`rganish
kabi muhim muammolar hal etilgandan keyingina tekshirish vositasi va uslublari
aniqlanadi.
Masalan, umumiy psixologiyada kuzatish metodini oladigan bo`lsak, u
Ijtimoiy psixologiyada o`ziga xos ijtimoiy sharoitlarida o`ziga xos vaziyatlarda va
ma`lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman,
qanday Yo`l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni
qancha vaqt mobaynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan
keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yerdamida aniq
ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchining qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy xulq-
atvor shakllari qayd etiladi. Bu uslub qo`llanilganda tadqiqotchi bir qancha
qoidalarga rioya qilishi lozim. Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq bo`lishi va
uning ilmiy maqsadlarga mos kelishi, kuzatish shaklini tanlash va kuzatish
natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish, malum reja-sxema asosida muttasil
kuzatuv olib borish, olingan natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa
usullar yerdamida tekshirib kurish.
Kuzatuvchining tadqiqot mobaynida tutgan mavqeiga ko`ra kuzatish har xil
bo`ladi. Masalan, ba`zi hollarda kuzatuvchi kuzatish obekti bo`lmish odamlar
guruhi bilan birga yashab, ularga qo`shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda malumot
tuplaydi. Bunday kuzatish turi "birgalikdagi kuzatuv" deb ataladi. Bunday
kuzatishning klassik misoliga amerikalik ijtimoiy psixolog U. Uaytning usmirlar
psixologiyasi, ular guruhidagi ijtimoiy psixologik xodisalarni o`rganishga
qaratilgan mashxur tadqiqotini kiritish mumkin. Rus tadqiqotchilaridan Alimaskin
ham tarbiyasi ogir usmirlar xulq-atvorining ijtimoiy motivlarini o`rganish
maqsadida ular bilan uzoq vaqt mobaynida bo`lib, ma`lumot tuplagan. U
kuzatishlari okibatida 92 % tarbiyasi ogir bolalarning o`z sinfida va oilasida
yaqin
kishilari bo`lmaganligini aniqlagan.
Boshqa hollarda esa kuzatuvchi o`z ob`ektini chetdan kuzatadi, shuning
uchun ham bunday kuzatuv turi "chetdan kuzatuv" yoki "ob`ektiv kuzatish" deb
ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo`lgani kabi tashki xulq atvorini
qayd qilish natijasida ma`lumot tuplashga asoslanadi. Bunday Yo`l bilan ilmiy
faktlarni isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham Ijtimoiy psixologiyada yerdamchi
usul sifatida ishlatiladi. Oxirgi paytlarda ob`ektiv kuzatishning "muhim
vaziyatlarni qayd etish" formasi keng qo`llanilmoqda. Bu usulning moxiyati
shundan iboratki, unda alohida shaxs yoki odamlar guruhi kutilmagan, tasodif
vaziyatga solinib, ularning shu vaziyatga munosabati, undan chiqish Yo`llari,
ziddiyatlarga munosabati, qiyin holatda o`zini qanday tutishi kuzatiladi. Masalan,
tabiiy sharoitlarda ham o`quvchilar guruhlarida turli munozarali o`yinlar sharoitini
yaratish Yo`li bilan har bir shaxsning ijtimoiy psixologik sifatlarini kuzatib, qayd
etish mumkin.
Bizning fikrimizcha ijtimoiy psixologik treninglar sharoitida har bir
shaxsning xulq-atvorini kuzatish muhim ma`lumotlar tuplashga yerdam beradi,
chunki bunda kuzatish metodiga xos bo`lgan eng kimmatli narsa sharoitlarning
tabiiyligi saklanib qolinadi.
Xujjatlarni o`rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu
metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u
faoliyatning
maxsulini
tekshirishga
imkon
beradi
hamda
to`plangan
ma`lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi
bilan ajralib turadi. Xujjat deganda ogzaki (suzlangan nutk matnlari, suhbatlarning
yozib olgan qismlari, bevosita muloqot) yoki yozma (rasmiy xujjatlar, gazetalar,
jurnallardagi maqolalar, xatlar siesiy yoki badiiy adabiet materiallari) holda tavsiya
etilgan ma`lumotlar nazarda tutiladi. Ana shu materiallarni ma`naviy jixatdan ham
sifat, ham mikdoriy analiz qilinish usuli Ijtimoiy psixologiyada kontent - analiz
deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy moxiyati shuki, uning yerdamida biror
matnda ma`lum fikr, goya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd
etiladi, ya`ni ma`lum mazmun mikdor ko`rinishiga keltiriladi. Bu metodning
asoschilari amerikalik sotsiologlar X. Lassuell va B. Berelsonlar bo`lib, ular bu
usulni birinchi marta ikkinchi jaxon urushi yillarida bir siesiy gazetaning
mazmunini, goyaviy yo`nalishini aniqlash maqsadida qo`llagan edilar. Ular
"Xakikiy amerikalik" nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent-analiz qilib,
ularni fashistik yo`nalishdagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini
ta`kiklashga erishgan edilar.
Kontent-analizni qo`llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu
tekshiruv birliklari-kategoriyalarini aniqlashdir. Chunki, bunday birliklar
tadqiqotning maqsadi va tadqiqotchining etikodi va dunyoqarashiga ko`ra har xil
bo`lishi mumkin. Masalan, usha kontent-analizning asoschilari Lassuell va
Berelsonlar bunday birlik-ramziy birlik yoki simvollar bo`lishi mumkin, deb
hisoblashgan bo`lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L. Lovental bunday birlik
Yaxlit mavzu bo`lishi kerak, deb hisoblaydi. Rus sotsiologlari va tadqiqotchilari
esa ijtimoiy goya yoki ahamiyatli mavzu bo`lishi kerak, degan fikr tarafdorlari.
Aslida, manaviy birliklar kontent-analizda ilmiy taxmin va tadqiqotchining
metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun ham ko`pgina
tadqiqotlarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo`lishi mumkin
deb hisoblaymiz:
a) alohida iboralar yoki so`zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan,
demoqratiya, faollik, tashabbus, xamkorlik va xoka`zo)
b) Yaxlit abzatslar, matnlar, maqolalar va shunga o`xshashlarda ko`tarilgan
mavzular (masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy
kadriyatlar mavzusi va xoka`zo)
v) tarixiy allomalar, siesatshunoslar, Taniqli shaxslarning nomlari;
g) ijtimoiy xodisa, rasmiy xujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy
mojarolar, O`zbekiston Konstitusiyasi muxokamasi, yangi yozilgan asarga
o`quvchilarning munosabati va shunga o`xshash)
Tanlab olingan analiz birliklari boshqa turdosh yoki ungacha birlikka
nisbatan hisoblanishi mumkin (masalan, u yoki bu faktga qancha "Tarafdoru,
qancha odam karshi" manosida), yoki bu kategoriya tekshirilayotgan massivda
necha marta qayd etilgani absolyut ravishda hisoblab chiqiladi. Masalan, hozirgi
zamon ayolining mehnatga munosabatini aniqlash uchun "Saodat" jurnalining
malum
davrdagi
barcha
sonlardagi
ishlayotgan
ayollar
fikri"ijobiy"eki"salbiy"moddalar jixatidan analiz qilish Yo`li bilan aniqlanadi.
Bazan ko`tarilgan mavzu yoki o`rganilayotgan faktning ijtimoiy ahamiyatini
aniqlash maqsadida matnning jismoniy maydoni: qatorlar soni, abzatslar soni, unga
ajratilgan varaklar, radio bo`lsa, unga ajratilgan vaqt, televidenieda esa necha
marta qaytarilayotganligi, efir vaqti va xoka`zolar hisobga olinadi.
Yaxshi o`tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda
juda katta ahamiyatga ega. Lekin olingan malumotlarning ishonchliligini shu
borada ilgari ishlagan shaxslar-ekspertlar bahosi, ayni shu faktni tekshirish uchun
boshqa metodlarni ham qo`llash va malumotlarni solishtirish va ayni obekt va ayni
vaziyatda qayta analiz qilish Yo`llari bilan erishildi. Tuplagan mikdoriy
malumotlar Yaxshigina matematik qayta ishlovdan o`tkazilmogi lozim. Kontent-
analiz tadqiqotchidan kattagina o`quvni talab qiladi, chunki bir tomondan, u yoki
bu matnni tushunish maxorati bo`lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadkikod sungida
qo`lga kirilgan mikdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, yani
tushuntirib berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |