108
tomonidan quvvatlanayotgan quyidagi HC05, HC08, HC11 MK oilasi Motorola va
boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda [31].
RISC – arxitekturali protsessorlar, ishlatiladigan buyruqlar to‘plami
minimumgacha qisqartirilgan. Murakkabroq operatsiyalarni joriy etish uchun
buyruqlar kombinatsiyasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu holda, barcha
buyruqlar qayd qilingan o‘lcham uzunligida bo‘ladi (masalan, 12, 14 yoki 16 bit),
xotiradan buyruqni tanlash va uni bajarish bitta sinxronlash siklida (taktda)
amalga
oshiriladi. RISC – protsessorlarining buyruqlar tizimi protsessor registrlarining
barchasini teng huquqli ishlatish imkonini nazarda tutadi. Bu esa qator operatsiyalarni
bajarilishida
qo‘shimcha
imkoniyatlarni
yaratadi.
RISC
– protsessorli
mikrokontrollerlarga Atmel firmasining AVR MK, Microchip firmasining PIC16,
PIC17 MK kiradilar.
Dastlabki qarashda, RISC –protsessorli mikrokontrollerlar ichki magistralining
bir xil takt chastotasida CISC –protsessorli mikrokontrollerlarga nisbatan ancha
yuqori unumdorlikka ega bo‘lishlari kerak. Ammo
amalda unumdorlik masalasi
ancha murakkabdir.
Birinchidan, turli tizimli (RISC va CISC) mikrokontrollerlarning buyruqlarni
bajarilish vaqti bo‘yicha unumdorligini baholash uncha ham to‘g‘ri emas. Odatda MP
va MK unumdorligini bir sekund davomida “registr-registr” da uzatish
operatsiyalarining bajarilishi mumkin bo‘lgan soni bilan baholash qabul qilingan.
CISC –protsessorli mikrokontrollerlarda “registr-registr” operatsiyalarining bajarilish
vaqti 1 dan to 3 siklgachan tashkil etadi, RISC –protsessorli mikrokontrollerlarga
nisbatan unumdorlik bo‘yicha ortda qolganday tuyuladi. Masalan, PIC16
mikrokontrollerining buyruqlar tizimida operatsiya natijasini ikkita registrdan (f
operandning manba-registri yoki W ishchi registri) faqat bittasiga axborot uzatish
imkoniyati nazarda tutilgan.
Shunday qilib, ega bo‘lish mumkin bo‘lgan
registrlarning biridan qiymatini ikkinchisiga (ishchi ham emas va operand manbai
ham emas) uzatish operatsiyasi uchun ikkita buyruq talab etiladi. Bundek zarurat
ko‘pincha umumiy ishlarga mo‘ljallangan registrlarning (UIR) birini qiymatini MK
portlaridan biriga uzatishda hosil bo‘ladi. Ayni shu vaqtda ko‘pchilik CISC –
109
protsessorlarining buyruqlar tizimi tarkibida UIR qiymatini kiritish/chiqarish
portlaridan biriga uzatish buyrug‘i mavjud. Yaʻni ancha murakkab buyruqlar tizimi
ba’zi hollarda operatsiyalarni anchayin samarali bajarilish usulini joriy etilishini
ta’minlaydi.
Ikkinchidan, MK unumdorligini “registr-registr” o‘rtasida axborot
uzatish tezligi bo‘yicha baholashda joriy etilayotgan algoritmning
aniq xususiyatlari
hisobga
olinmaydi.
Tezligi
yuqori
avtomatizatsiyalashtirilgan
boshqarish
qurilmalarini loyihalashtirishda asosiy diqqatni turli uzatish funksiyalarni
boshqarishni joriy etishdagi ko‘paytirish va bo‘lish operatsiyalarini bajarilish vaqtiga
qaratish zarurdir. Maishiy xizmat texnikasining masofaviy boshqarish qurilmasini
(pult) joriy etilishida esa mantiqiy funksiyalarni bajarilish vaqtiga etibor berilish
kerak, ular boshqarish tugmalarini so‘rovida va boshqarishni ketma-ket kodli
uzatilishni generatsiyalashda ishlatiladi. Shuning uchun yuqori tezlik talab etilgan
qiyin
hollarda, unumdorlikni baholashda, boshqarish algoritmida ishlatiladigan va
bajarilish vaqti bo‘yicha cheklangan operatsiyalarning ko‘pchilgiga eʻtiborni qaratish
kerak bo‘ladi albatta.
Uchinchidan, yana shuni etiborga olish kerakki, ma’lumotnomalarda keltirilgan
mikrokontrollerning sinxronizatsiya chastotasi odatda MK generatoridagi kvarsli
rezonator
chastotasiga mos keladi, ammo markaziy protsessor siklining davomiyligi
kontrollerning ichki magistralining (KIM) almashuv chastotasi bilan aniqlanadi. Bu
chastotalarning nisbati har bir MK uchun aloxida va MK turli modellarini
unumdorligi bo‘yicha solishtirilganda albatta eʻtiborga olinishi kerak.
Zamonaviy 8-razryadli mikrokontrollerning buyruqlarni bajarilishi va tanlash
jarayonlarini tashkillashtirish nuqtai nazaridan eslatib o‘tilgan ikkita MPT
arxitekturasidan (fon-neyman (prinston) yoki garvard) biri qo‘llaniladi.
Fon-neyman arxitekturasining asosiy xususiyati axborot va dasturlarni saqlash
uchun umumiy xotirani ishlatilishidadir, 9.2-chizmada keltirilganidek.
Do'stlaringiz bilan baham: