shkolanauki.ru
4-sinfda: Gapdagi otlarni toping va jadval asosida tahlil qiling.
Boshingga qilich kelsa ham, to'g'ri so'zla! (Maqol)
Bu kabi mashg’ulot turlari dars vaqtini tejash bilan bir
qatorda bir qancha qulayliklarga ham ega. Jumladan, undan
darsning kirish qismida o’tgan mavzuni takrorlash yoki
mavzu yakunida uni mustahkamlash uchun, shuningdek,
nazorat ishi sifatida foydalanish mumkin. Yana bir
ahamiyatli jihati shundaki, o’qituvchi bir qolipdan bir necha
bor, hatto, yil davomida ham foydalanishi mumkin. Buning
uchun tahlilga beriladigan materialni o’zgartirishning o’zi
kifoya. O’quvchiga bir-biridan farqlanuvchi turli materiallar-
ni berish esa topshiriqning o’zaro ko’chirilib bajarilishiga
(ayniqsa, yonma-yon o’tiruvchi o’quvchilarga) imkon
qoldirmaydi va o’quvchilarda mustaqil fikrlashni yanada
oshirishga xizmat qiladi. Real natijalar olinadi. Ushbu
mashg`ulot turi o’zida ta’lim jarayonida qo’llanuvchi induksi-
ya, diduksiya va analogiya metodlarini bir vaqtda jamlay
oladi. Chunki, grafik organayzerlarni bajarish jarayonida
o’quvchi o’rgangan qoidalarini amalda qo’llaydi (diduksiya),
tahlil jarayonida umumiy xulosalar chiqaradi (induksiya),
misollardan o’zaro o’xshash jihatlarini aniqlaydi (analogiya).
Odatda, maktab darsliklarida takrorlash va mustahkam-
lash uchun mashqlar aynan bir qoidaning o’zlashtirilishi
uchun beriladi. Bir qoida uchun ma’lum miqdorda mashqlar
berilganidan keyingina navbatdagi qoida uchun yangi
turdagi mashqlar berila boshlaydi. Grafik organayzerlarda
esa o’quvchi o’ziga xos kombinatsiya tashkil qilgan qoida-
larga duch keladi. Qoidalarni bir-biridan aniq farqlay
boshlaydi. Bunda ma’lum bir mavzu yuzasidan berilgan
qolipda so’ralgan narsalarni boshqa mavzular uchun beri-
ladigan jadvallarda uchramasligini kuzatish jarayonida
o’quvchi, hatto, topshiriqni noto`g`ri bajarganida ham qanday
xususiyat nimaga tegishli bo’lishi mumkinligini aniq biladi.
Qoidalarni bir vaqtda amalda har doim ham to’g’ri qo’llay
olmasligi mumkin, lekin ularni chalkashtirib yubormaydi.
Jadvalni to’ldirish jarayonida o’quvchi barcha qoidalardan
birday foydalanadi. Berilgan matn tarkibidan qolipga joy-
lashtirish lozim bo’lgan so’zni topishning o’zidayoq
darsliklardagi mashq turlaridan birini bajargan bo’ladi.
Grafik organayzerlar bir qarashda o’ziga xos klasterga yoki
variantli test topshiriqlariga ham o’xshaydi. Birinchi sinfdan
boshlab ushbu topshiriq turining sodda ko’rinishlarini ishlab
o’rgangan o’quvchilar bilan yuqori sinflarda ishlash
o’qituvchi uchun ancha oson kechadi. Chunki, ular olgan
bilim va ko’nikmalarini oson, tez va to’laroq eslaydilar va
xotiralarida tiklaydilar.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan qator qulayliklari hisobga
olinib hozirda boshlang’ich sinf ona tili darsliklaridagi barcha
mavzularni o’z ichiga qamrab olgan grafik organayzerlar
majmuasini ishlab chiqish yuzasidan izlanishlarimiz davom
etmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. T.G‘afforova, E.Shodmonov, X.G‘ulomova. ONA TILI. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik.
“SHARQ” Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, Toshkent, 2013-yil.
2. K.Qosimova, S.Fuzailov, A.Ne’matova. ONA TILI. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. Cho’lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2012-yil.
3. S.Fuzailov, M.Xudoyberganova, Sh.Yo’ldosheva. ONA TILI. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik.
“O’QITUVCHI” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2012-yil.
4. R.Ikromova, X.G’ulomova, Sh.Yo’ldosheva, D.Shodmonqulova. ONA TILI. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 4-sinfi
uchun darslik. “O’QITUVCHI” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2013-yil.
5. U.Masharipova, H.Boqiyeva, Z.Umarova, M.Aripova. Ona tili va uni o‘qitish metodikasi. Toshkent, 2013-yil.
6. M.Asqarova, R.Yunusov, M.Yo‘ldoshev, D.Muhamedova. O‘zbek tili praktikumi. “IQTISOD-MOLIYA” nashriyoti,
Toshkent, 2006-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |