«A» Bankning aktivlari holati va dinamikasi
(yil boshiga)
№
Ko‘rsatkichlari
O‘tgan yil
Joriy yil
Farqi
O‘zga-
rishi
%
qoldig‘i
mln. so‘m
ulushi
%
qoldig‘i
mln. so‘m
ulushi
%
mln.
so‘m
%
1.
Kassadagi naqd
pullar va boshqa
to‘lov hujjatlari
(10100)
1728
3,89
1560
3,46
–168
–0,43
–9,7
2.
Bankning
O‘zRMB
hisobvaraqlari
(10300)
2037
4,59
2150
4,77
113
0,18
5,5
3.
Bankning boshqa
banklardagi
hisobvaraqlariga
(10500)
593
1,33
593
1,31
0
-0,02
0
4.
Davlat
obligatsiyalari
(10700)
55
0,12
55
0,12
0
-0,01
0
5.
Qimmatli qog‘oz-
larga qilingan
investitsiyalar
(10800)
342
0,77
320
0,71
–22
–0,06
–6,2
6.
Sotib olingan
debitorlik qarzlari
–faktoring (11100)
18
0,04
0
0
-18
-0,04
0
7.
Kreditlar (12100;
12500; 12600;
12700; 13100;
14500; 14900;
15000; 15100;
15200; 15300;
15400; 15500.
28895
65,05
28240
62,62
-655
-2,43
-2,3
8. Lizing (15600)
2021
4,55
2860
6,34
839
1,79
41,5
9.
Asosiy vositalar
(16500)
5059
11,39
5280
11,71
221
0,32
4,4
10.
Nomoddiy aktivlar
(16600)
162
0,36
162
0,36
0
-0,01
0
11.
Boshqa aktivlar
(19900)
3510
7,901
3880
8,603
370
0,70
10,5
JAMI:
44420
100
45100
100
680
0
1,5
2 – Bank faoliyati tahlili
18
Bankning aktivlari holatini tahlil qiladigan bo‘lsak, eng likvid sanalgan
kassadagi naqd pullar yil davomida 1,7 mlr so‘mdan 1,6 mlrd so‘mgacha ka-
maygan, ya’ni yil davomida kassadagi naqd pul qoldig‘i 168 mln so‘mga ka-
maygan. Markaziy bankdagi mablag‘larda esa aksincha o‘sish sur’ati kuzatil-
gan, natijada yil davomida 2,03 mlrd so‘mdan 2.15 mlrd so‘m (yoki 105.55%)
ga oshgan, bu bankning likvidligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bankning boshqa
banklardagi pul mablag‘lari o‘zgarishsiz qolgan ammo uning aktivlardagi
tutgan ulushi biroz kamaygan xolos, bundan banklardan pul mablag‘larini
oldi-sottisi yil davomida yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligini ko‘rish mumkin.
Daromad keltiruvchi aktivlarning faqat lizingdan tashqari barchasi ka-
mayish tendensiyasini qayd qilgan. Jumladan, davlat obligatsiyalari bilan
savdo hajmi yil davomida o‘zgarishsiz qolgan, demak, yil davomida davlat-
ning budjet mablag‘lari pro
fi
tsit bilan chiqqan hamda bank keyinchalik ham
foyda olish maqsadida bu aktivlarni sotmagan. Faktoring operatsiyalarini
tahlilni ko‘radigan bo‘lsak, bank yil boshida 18 mln so‘m miqdorida debi-
torlik qarzlarini sotib olgan, yil davomida bu miqdor o‘smagan,
fi
krimizcha
bank xodimlari sotib olingan debitorlik qarzini yil davomida uzishga qiynal-
gan, shuning uchun yil oxiriga kelib bu aktivdan zo‘rg‘a qutilgan va yil oxiri-
ga hech qanday vositachilik mablag‘larisiz yopgan. Kredit operatsiyalari
bo‘yicha ham shu holat, ya’ni yil davomida kredit hajmi 28.9 mlrd so‘mdan
28.6 mlrd so‘mga kamaygan, kredit operatsiyalarning kamayishi bankning
to‘lovga qodirligi hamda likvidlik masalalariga ehtiyotkorlik bilan yondosh-
ganligidan bilish mumkin. Lizing operatsiyalari esa, aksincha yil davomida
o‘sish sur’atlarini tashkil qilgan. Yil boshida 2 mlrd so‘m miqdorda lizing
operatsiyalari amalga oshirilgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 2.8
mlrd so‘mni tashkil qildi, ya’ni o‘sish sur’atlari deyarli 1.5 marta yoki 839
mln so‘m bo‘lgan. Demak, korxona yil davomida daromad keltiruvchi aktiv-
lardan lizing operatsiyalarini risksizroq va ko‘proq daromad olish manbasi
sifatida ko‘rgan.
Daromad keltirmaydigan hamda likvidlikni ta’minlaydigan aktivlar miq-
dori ham o‘sgan yil boshida asosiy vositalar 5 mlrd so‘m bo‘lib, yil oxiriga
kelib bu 5.2 mlrd so‘mni tashkil qilgan, o‘sish sur’atlari 105 % yoki 221 mln
so‘m, bu holni bank yil davomida o‘zining texnologik holatini yaxshilashga
qaratilgan siyosati natijasi sifatida qarash mumkin.
Umuman olganda bank aktivlari yil boshida 44.4 mlrd so‘m bo‘lib, yil
oxiriga borib bu 45.1 mlrd so‘mni tashkil qilgani holda 101.5 %ga o‘sgan.
Bunga salmoqli ta’sir qilgan lizing operatsiyalari (839 mln so‘m), boshqa
aktivlar (370 mln so‘m), asosiy vositalar (221 mln so‘m) va Markaziy bank-
dan olish kerak bo‘lgan pul mablag‘lari o‘sishini (113 mln so‘m) keltirish
mumkin. Kassadagi naqd pullar (168 mln so‘m) hamda kredit operatsiyalari
19
(655 mln so‘m)ga kamayishi jami aktivlar miqdorining o‘sishiga salbiy ta’sir
o‘tkazgan. Eng asosiysi, bank mutloq likvid mablag‘lar hamda eng ko‘p daro-
mad keltiruvchi aktivlarning keskin kamayishi bankni daromadligini pasay-
tirgan, ammo likvidligini saqlab qolishiga harakat qilgan demak, yil davo-
mida bank qandaydir yo‘qotish yoki zararlarni qoplash bilan shug‘ullangan,
ikkinchi holda esa bank noto‘g‘ri strategiya tanlovi asosida harakat qilgan.
Bank aktivlari miqdorining tarkibi va dinamikasini o‘rgangan holda, ular-
ga ta’sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlar belgilanmog‘i
lozim.
Buning uchun aktivlar daromadliligi nuqtayi nazaridan ham tahlil
etilmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |