O‚zr konst o‚rganish 3826. qxd



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/113
Sana20.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#564703
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113
Bog'liq
14-O‘zb-Res-Kons-ni-o‘rganish-X.Odilqoriyev-va-bosh-Toshkent-2010

Xotirada
saqlang
Javob:
Xabaringiz bor, mening deyarli barcha asar-
larimda qoraqalpoq xalqining millat sifatida shakllanish
jarayoni, uning turkiy qardoshlar bilan birlikka talpinib,
o‘zligini topishga intilish tarixi yoritiladi. Orol fojiasi
o‘laroq aytish mumkinki, mustamlaka zulmini, mustabid
tuzum tazyiqini biz hammadan ham ko‘proq tatidik. Shu
bois, Vatanimiz mustaqilligidan biz barchadan ortiq
quvondik. Istiqlol tufayli qoraqalpoq tili, dini, milliy
qadriyatlarini erkin rivojlantirish, milliy maktab-maorifni
yo‘lga solish, o‘z sharoitimizga mos iqtisodi yot yuritib, tur-
mush kechirish imkoniyatiga ega bo‘ldik.
U sobiq SSSR davrida nomigagina muxtor jumhuriyat
sanalar, aslida oddiy viloyat maqomida edi. Qoraqalpoq
xalqi endi haqiqiy qadr-qimmatni topa boshladi.
12-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
PARLAMENTI — OLIY MAJLIS
Parlamentning davlat organ-
lari tizimidagi o‘rni va mav -
qeyi juda muhim. «
Par la -
ment
» so‘zi fransuzcha «
par-
ler
» so‘zidan olinib, «
gapir-
moq
», «
so‘zlamoq
» ma’nosini anglatadi. Nimaga
davlatning oliy organi «
so‘zlovchi
» organ deb atalgani-
ni surishtirsak, biz parlamentning ahamiyatini tushu-
nib olamiz. Qadimgi Rim, Gretsiya davlatlarida xalq
vakillik organlari mavjud bo‘lgani bilan parlamentning
vatani Angliya sanaladi. 1215-yili qirol hokimiyatining
zo‘ravonligidan charchagan aslzodalar qirol hokimi 
-
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining davlat
hokimiyati organlari
tizimida tutgan o‘rni


141
yatiga qarshi chiqishdi va «Erkinliklar Buyuk xartiyasi-
ni» e’lon qilishdi. Unga ko‘ra davlatning asosiy
masalalari hududiy birliklardan yuborilgan aslzodalar
vakillik organi bilan bamaslahat qabul qilinishi nazar-
da tutilgan. Shu davrgacha qirol o‘z bilganicha inson-
lar hayotiga, mol-mulkiga hukmronlik qilib kelgan
edi. Parlamentning paydo bo‘lishi tarixiy zarurat
bo‘ldi. Chunki, qanchalik odil qirol bo‘lganida ham, u
oddiy fuqaro manfaatini amalga oshirish uchun barcha
hudud xalq vakillaridan mavjud muammolarni bilishi
kerak bo‘lardi. Parlament ana shu maqsadda oddiy
kishilar manfaatlarini ko‘zlab davlat hokimiyatini
amalga oshirish mexanizmini shakllantirib keldi.
Aynan parlamentning paydo bo‘lishi jamiyatni evolu -
tsion rivojlanishiga xizmat qildi. Chunki parlament
fuqarolar, ularning turli guruhlari o‘rtasidagi ziddiyat-
larni mavjud ijtimoiy holatdan kelib chiqqan holda
barcha uchun qulayroq yechimini topib, jami 
yatda
murosa va tinchlikni ta’minlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ham parla-
mentarizm madaniyatining barcha yutuqlarini o‘zida
mujassamlashtirishni maqsad qilib qo‘ygan. O‘zbe 
-
kiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha davlat
hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyati vakolatla 
-
rining taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshiradi.
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati
davlatning uch asosiy tayanchidir. O‘zbekiston Res 
-
publikasi Konstitutsiyasida ana shu uchta hokimiyat
idorasining uyg‘un faoliyatini ta’minlash vositalari,
ularni davlat siyosatining umumiy yo‘na 
lishlari
bo‘yicha murosaga keltirish va bu idoralarning o‘zaro
bir-birlarini xatolar, zo‘ravonliklardan tiyib turish
mexa nizmini vujudga keltiruvchi qoidalar mus-
tahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-
moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining
Oliy Majlisi Respublikada qonun chiqaruvchi ho 
-


142
kimiyatni amalga oshiruvchi davlatning oliy vakillik
organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palata -
dan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat
(yuqori palata)dan iborat.
1992-yilgi Konstitutsiya qabul qilgunga qadar,
Respublika Oliy Kengashi oliy hokimiyat organi
hisoblanar edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
avvalgi Oliy Kengashdan ko‘pgina jihatlari bilan ajra -
lib turadi. Respublika Prezidenti Islom Karimov Oliy
Majlisning 1-sessiyasida so‘zlagan nutqida bu farqlarni
ko‘rsatib o‘tib, shunday degan edi: «Oliy Majlis sobiq
Oliy Kengashdan butun mazmun-mohiyati bilan farq
qiladi. Uning shakllanishidan tortib, o‘z faoliyatini
tashkil etish tartiblari va ish usullarigacha buni yaqqol
isbotlaydi»
1
.
Respublika Oliy Majlisning sobiq ittifoq davridagi
Oliy Kengashdan 
birinchi eng muhim farqi
Oliy Majlis
ikki palata — Senat va Qonunchilik palatalaridan ibo-
rat.
Respublika Oliy Majlisning avvalgi Respublika
Oliy Kengashidan 
ikkinchi farqi
shundaki, Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi birinchi marta haqiqiy ko‘ppar-
tiyaviylik tamoyili asosida shakllandi. Har bir par-
tiyaning deputatlari Oliy Majlisda partiya fraksiyalari-
ni tashkil etadi. Ular orqali siyosiy partiyalar Oliy
Majlisning qonun chiqarish faoliyatida faol qatnashib,
shu tariqa davlat hokimiyatini amalga oshirishda
munosib hissa qo‘shadigan bo‘ldilar.
Respublika Oliy Majlisning Oliy Kengashdan
uchinchi farqi
shundaki, Oliy Majlis deputatlarini
shakllantirish avvalgi Oliy Kengashni sinfiy asosda
soni va o‘rnini avvaldan ko‘rsatib, shakllanishidan
butunlay farq qilib, hozirda O‘zbekiston Respublikasi

K a r i m o v I. A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolining asosiy tamoyillari. T., «O‘zbekiston», 1995, 25-bet.


143
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov
okruglari bo‘yicha saylanadigan bir yuz ellik de 
-
putatdan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati
jami 100 nafar, jumladan 84 nafar hududiy vakillardan
va 16 nafar fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish
sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa
tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan, alohi-
da xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayin-
lanadigan Senat a’zolaridan iborat bo‘ladi.
Respublika Oliy Majlisining avvalgi Oliy Ken 
-
gashdan 
to‘rtinchi farqi 
shundaki, Oliy Majlis Senat
tarkibidagi a’zolarning ma’lum bir qismi Oliy Majlis
Senati tuzilmalari va uning qo‘mitalarida doimiy ish-
lash uchun qoldiriladi. Qonunchilik palatasining 150
nafar deputatlari doimiy ishlaydi.
2008-yil 25-dekabrda «Saylov to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbe -
kiston Respublikasining ayrim qonunlariga qo‘shim-
cha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunga binoan
Qonunchilik palatasining deputatlari soni 120 dan
150 nafarga ko‘paytirildi. Bunda 135 deputat ko‘p
Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish