Prokuratura
organlari tizimi
220
publikasi Prezidenti tomonidan besh yil muddatga
tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va
Oliy Majlis oldida hisobdordir.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining bi
-
rinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Respublika Pre
-
zidenti tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod eti-
ladi, keyin Oliy Majlis tasdig‘idan o‘tadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori O‘zbe
-
kiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan
holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimi
-
yatining oliy organi tomonidan besh yil muddatga
tayinlanadi va ular oldida hisobdordir. Viloyat
prokurorlari va Toshkent shahri prokurori hamda
ularga tenglashtirilgan prokurorlar O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori tomonidan besh yil mud-
datga tayinlanadilar, unga bo‘ysunadilar va uning
oldida hisobdordirlar.
Shahar, tuman prokurorlari va ularga tenglashtiril-
gan prokurorlar (harbiy qo‘shin prokurori, harbiy gar-
nizonlar, transport prokurorlari va ixtisoslashtirilgan
prokuraturalar ning prokurorlari) O‘zbekiston Res
-
publikasi Bosh prokurori tomonidan besh yil muddat-
ga tayinlanadilar, o‘zidan yuqori pog‘onadagi proku -
rorlar va O‘zbekiston Res
publikasi Bosh prokuroriga
bo‘ysunadilar hamda ular oldida hisobdordirlar. Quyi
prokurorlarning bevosita O‘zbe
kiston Respublikasi
Bosh prokurori tomonidan tayinlanishi ularning
mahalliy ta’sirlardan mustaqilligining muhim kafolat-
laridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga O‘zbe
-
kiston Respublikasi Bosh prokurori boshchilik qiladi.
Respublika prokuraturasida Bosh prokuror, uning bi -
rinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi proku
rori, O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarining harbiy prokurori, prokuratura
idoralarining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tar
-
tibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi.
221
O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasida bosh
boshqarmalar, boshqarmalar va bo‘limlar tuzilib, ular-
da katta prokurorlar va prokurorlar bo‘ladi.
Prokuror nazorati — bu O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlarning
O‘zbe kiston Respublikasi hududida barcha vazirliklar,
davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat nazorati organlari,
hokimlar, kimga bo‘ysunishidan, kimning tasarrufida
bo‘lishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar,
boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar, mansab-
dor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan
qonunlarning aniq va bir xilda baja rilishini ta’minlash,
har qanday qonun buzilishi, uning sabablari va shart-
sharoitlariga o‘z vaqtida barham berish, buzilgan
huquqlarni tiklash hamda aybdorlarni belgilangan
tartibda qonuniy javobgarlikka tortish yo‘li bilan
davlat nomidan amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Prokuror va uning o‘rinbosarlari qonunlarga rioya
eti lish ustidan umumiy nazorat faoliyatida quyidagi
huquqiy va boshqa hujjatlarni qabul qilishlari
mumkin: mansabdor shaxslarning qonuniy qarorlari
va xatti-harakatlariga nisbatan protest keltirish;
qonunni ochiqdan ochiq buzish hollariga chek qo‘yish
to‘g‘risida amrnoma berish; qonunning buzi
lishiga
yo‘l qo‘ymaslik xususida mansabdor shaxslar va
fuqarolarga yozma ravishda ogohnoma bildirish;
davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor
shaxslarga qonunbuzarlik hollarini, shuningdek qonun
buzi lishining sabablari va bunga yo‘l ochib bergan
shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimno-
malar kiritish; fuqarolar, jamiyat va davlatning
huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan
manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida sudlar yoki
xo‘jalik sudlariga ariza bilan murojaat etish.
222
Do'stlaringiz bilan baham: |