O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

Endogamiya
), agomiya, ya'ni jinsiy munosabatlarning vaqtinchalik 
taqiqlanishi orqali ekzogamiya (turli qabila vakillari o‘rtasidagi muntazam jinsiy 
aloqa) (q. 
Ekzogamiya
) yuzaga keldi. Bundan nikohning guruhli nikoh turi 
yuzaga kelgan. Guruhli nikohda (q. 
Guruhli nikoh
) bir ypyg‘ erkaklari boshqa 
urug‘ning barcha ayollari uchun er va aksincha, ikkinchi urug‘ning erkaklari 
birinchi ypyg‘ ayollarining erlari hisoblangan. 
Guruhli nikohning yuzaga kelishi nikoh juftlari doirasini ma'lum bir guruh 
a'zolari bilangina chegaralab, birmuncha qisqartiradi. Bunday hollarda boshqa 
urug‘dagi erkak ma'lum bir qabilaga faqat bitta maqsadda, «nikoh» 
maqsadidagina kelar edi, o‘zlari esa ona oilalarida yashardi va ishlashardi, ular 


220 
«xotin»lari yashaydigan oilada hyech qanday huquqqa ega emas edilar. 
Keyinchalik guruhli nikoh doirasida o‘zaro mayllar zaminida yetarlicha 
doimiy juftlar shakllana boshladi. Bundan paydo bo‘lgan juftli nikoh dastavval 
bir erkak doimo faqat bitta ayol bilan yashashini bildirmagan. Erkak kishi bir 
necha ayol bilan, xuddi shuningdek, ayol ham bir necha erkak bilan 
munosabatda bo‘lish imkoni bo‘lgan. Aniqrog‘i, bunday nikohni juftli nikoh 
emas, balki ibtidoiy-egalitar, ya'ni teng huquqli nikoh deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. 
Tabiiyki, urug‘ning bir muncha obro‘liroq a'zolari bir necha ayolga egalik 
qilishgan. Bu davrga kelib, ko‘p erlilik kamroq uchragan. Bunday juft nikohlar 
taxminan 25 – 24 ming yillar muqaddam urug‘ ichida xo‘jalik va iqtisodiy 
munosabatlarning yangi shakllariga o‘tish bilan xususiy mulkchilikning yuzaga 
kelishi jarayonida paydo bo‘lgan. Bu yo‘lda qo‘yilgan birinchi qadam «covg‘a 
ayirboshlash» deb atalgan odat bo‘lgan. 
Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan urug‘, qabila bir 
a'zosi mehnatining mahsuldorligi sezilarli darajada ortgan va bu ortiqcha 
iste'mol mahsulotlarining yuzaga kelishiga olib kelgan. Har bir kishi o‘zi 
yaratgan mahsulotni qabilaning «umumiy qozoniga» tashlaydigan eskicha 
taqsimot shakli ishlab chiqarishning yanada rivojlanishiga to‘sqinlik qila 
boshladi (chunki bu hol qabilaning nopok, dangasa a'zolari ishlab chiqarish 
faoliyatidan jazosiz qutulib qolishiga olib kelgan). Shuning uchun qabila 
ortiqcha mahsulotning ma'lum bir qismini qabila mulkiga o‘zining abjirligi, 
chaqqonligi, ishlab chiqarish faoliyatida ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishganligi 
bilan farqlanib turgan a'zolariga mukofot, sovg‘a tariqasida taqsimlashga majbur 
bo‘lgan. Hammaga teng taqsimlash bilan birga asta-sekin odamning 
imkoniyatiga, uning qabila mulkiga qo‘shayotgan ulushi mikdoriga qarab 
«mehnat haqi» ajratila boshlangan. 
Agar teng taqsimlanishda jamoa mahsulotidan ulush olish «huquqi» 
mazkur uruqqa taalluqliligiga qarab berilgan bo‘lsa, (jamoa mulkiga qancha 
hissa qo‘shganidan qat'i nazar) endi bu «huquq» odamlarning mahsulot 


221 
yaratishdagi ishtirokiga asoslanadigan bo‘ldi. Urug‘ning ayrim a'zolarida 
ortiqcha mahsulot, shaxsiy mulkning paydo bo‘lishi, oilaning shakllanishi tomon 
qo‘yilgan yangi qadam bo‘lgan «sovg‘a ayirboshlash»ni yuzaga keltirdi. Erkak 
kishi boshqa ypyg‘dagi ayoliga o‘zining mukofotini sovg‘a qilgan, shuningdek, 
ayol ham ayni yo‘lni tutgan. Ular o‘rtasidagi sovg‘a ayirboshlash qatorida erkak 
bilan ayol o‘rtasidagi jinsiy munosabat ham davom etavergan. Covg‘a 
ayirboshlashning to‘xtatilishi esa ular o‘rtasidagi aloqaning ham tugashini 
bildirgan. Shunday qilib, nikohning yana bir turi – individual juft nikoh yuzaga 
kelgan. Bunda ayolni qarindoshlari, ya'ni o‘z urug‘i erkaklari bilan teng 
taqsimlash munosabatlari, boshqa urug‘dagi erkaklar bilan esa sovg‘a 
ayirboshlash munosabatlari bog‘lab turgan. 
Shuni aytib o‘tish joizki, juftli oilaning yuzaga kelishi boshidanoq onalik 
urug‘i asoslarining buzilishiga olib kelishini bildirgan. Ya'ni, erkak kishi o‘z 
mukofotini boshqa urug‘dagi ayoli va bolalariga qanchalik ko‘p bersa, uning o‘z 
onalik urug‘iga shunchalik kam ulush qolgan. Biroq er hali xotin va bolalarining 
yagona boquvchisi bo‘lmagan. Juftli oilalarning yanada mustahkamroq bo‘lishi 
uchun covg‘a ayirboshlashda er xotiniga, xotin eriga berganga qaraganda 
ko‘proq sovg‘a berishi lozim edi, shunday qilib sovg‘a ayirboshlash 
munosabatlari boquvchilik munosabatlariga aylanishi lozim edi. Shu bilan birga 
erkakning xotin va uning bolalari bilan aloqasi muntazam va uzoq muddatli 
bo‘lib bordi. Nihoyat, qabilalararo nikoh zamirida xo‘jalik birligi — jamoa 
tashkil topdi, unga erlar o‘z xotinlari va ularning bolalari bilan kirdi. Erkaklar 
o‘z singillaridan, ayollar esa mos ravishda o‘z aka-ukalaridan ajralishdi. Yangi 
iqtisodiy xo‘jalik birligi yoki oilaning yana bir turi – juft oila yuzaga keldi, unga 
asosan er, xotin va uning bolalari kirdi. 
Demak, nikoh oiladan ilgari vujudga kelgan bo‘lib, dastavval, patriarxal 
oila vujudga kelishiga qadar, urug‘chilik davrida faqat jinsiy tabiiy hayotni 
boshqarib borgan. Oila vujudga kelgandan so‘ng esa nikoh kishilar hayotining 
boshqa sohalariga, chunonchi, huquqiy, axloqiy va maishiy sohaga ham kirib 


222 
borgan. Nikohning oiladan farqi shundaki, u o‘zi vujudga kelgan dastlabki 
davrda muayyan iqtisodiy, xo‘jalik huquqi va majburiyatlari o‘zining birinchi 
kunlaridanoq muayyan huquqlar va majburiyatlar bilan bog‘langan kishilarning 
kichik uyushmasi, ittifoqi, birligidir. Oila sinfiy jamiyatga qadar jinslar 
o‘rtasidagi jinsiy munosabatlarni boshqaradigan birdan-bir vosita bo‘lgan. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish