kabi ishlab chiqaruvchilar kamida 8 GB tizimda ishlaydigan tezkor
xotirali qurilmalarni taklif qilmoqdalar.
Noutbuklarda 2 GB.dan 16 GB.gacha tezkor xotira bo‘ladi, ba’zida 32
gigabaytli noutbuklar ham uchraydi. Operativ xotirasi 8 gigabaytdan
yuqori noutbuklar faqatgina videolar bilan ishlaydigan yoki o‘ta
zamonaviy o‘yinlarni o‘ynaydiganlar uchungina kerak bo‘ladi. Xotirasi 4
gigabaytdan past noutbuklarni esa hech kimga tavsiya qilmaymiz. Eng
yaxshi variant 4 GB operativ xotiraga ega noutbuk hisoblanadi, lekin
zamonaviy o‘yinlarni o‘ynash niyatida bo‘lsangiz, kamida 8 GB xotirali
noutbukni tanlang.
1990-2000 yillarda Photoshop ilovasini o‘rnatish uchun zarur RAM tizimi
2MBdan 64MBgacha, ya’ni 10 yilda 32 barobarga o‘sgan bo‘lsa, keyingi
10 yillikda, ya’ni 2016 yilga kelib bu dasturni kamida 16 GB tezkor
xotiraga ega qurilmalarga o‘rnatish mumkin.
Bugungi deyarli barcha dastur-ilovalar uchun 4 GB tezkor xotira hajmi
kifoya qiladi. 16 GB tezkor xotira esa kelajak uchun juda qulay
texnologiya. Bu video va audio tahriri uchun ayni muddao.
DDR3 yoki DDR4?
Ayni vaqtda tezkor xotiraning DDR3 tizimlari ham sotilmoqda. Ammo
uning keyingi avlodi – DDR4 tizimi ham allaqachon ommalashishga
ulgurdi. Agar DDR3 tizimidan foydalanishni talab etadigan biror
sababingiz bo‘lmasa, sizga birato‘la DDR4 xotira tizimiga ega qurilmani
xarid qilishni tavsiya qilamiz. Undan keyingi o‘n yillikda bemalol
foydalanishingiz mumkin.
Kattaroq RAM tizimi video o‘yinlarni ham sifatli o‘ynash kafolatini
bermaydi. RAM qurilma tarkibidagi boshqa tizimlardan kelib chiqib,
ba’zida tizim faoliyatini oshiradi.
Kompyuter sizga grafik tasvirlar, televideniye yoki film ko‘rish, o‘yin
o‘ynash, CAD/CAM ilovalaridan foydalanish uchun kerak bo‘lsa, sizga
katta hajmli RAM kerak. Xat, yozish, operatsion tizim ilovalaridan
foydlanish, veb-saytlarga kirib turish uchun esa kichik hajm ham yetarli
bo‘ladi.
64 bit xotira hajmiga ega Windows 7 talqinini xotirasi 2 GB dan kam
bo‘lgan tizimga o‘rnatib bo‘lmaydi. Bu 2 GB ma’lumot hajmi kamlik
qiladi degani emas. Bu tizimda siz bir vaqtning o‘zida audio tinglab,
internetdan foydalanib, Word hujjatlarni tahrir qila olmaysiz.
Windows operatsion tizimi doimo yarim bo‘sh tezkor xotirani yoqtiradi.
Shunda kerakli ilovalar zudlik bilan ochiladi. Aslida bu kabi operatsion
tizimlarning muhim tarkibiy qismlari tezkor xotiraning ancha-muncha
hududini egallab oladi.
Agar siz zamonaviy qidiruv tizimlari orqali bir vaqtning o‘zida ko‘plab
axborot manbaalarini izlab, aksariyat vaqtingizni internetda
sahifalarning yuklanishi kutib o‘tkazishni istamasingz, unda kamida 4
GB tezkor xotiraga muhtojsiz.
Video, audio va foto tahrir, grafikaga boy o‘yinlar o‘ynash istagida
bo‘lsangiz, 4 GB tizimidagi operativ xotira eng ma’quli. Ammo yuqori
pikselli tasvir, 3D modelidagi tasvirlar tahriri uchun bu hajm kichkinalik
qilish ham mumkin.
Tezkor xotirani tanlash
Windows Vista / Windows 7 32-bit uchun 2-4 GB, Windows Vista /
Windows 7 64-bit uchun 6-16 GB, Windows 8 32-bit uchun 2-4 GB,
Windows 8 64-bit uchun 6-16 GB, Ubuntu, Mint, yoki X-Server’li boshqa
Linux 32-bit uchun 1-4 GB, Ubuntu, Mint, yoki X-Server’li boshqa Linux
64-bit 4-16 GB hajmga ega tezkor xotira kerak.
Tekor xotirani tanlashda uning chastota tezligini ham inobatga olish
kerak. 1600 chastotali DDR3 yoki 2133 chastotali DDR4 tezkor xotira
tizimlari bugungi ishlab chiqaruvchilarning “asosiy plata”lariga muvofiq
keladi.
Agar siz 800 MGS da ishlaydigan DDR2 operativ xotirasini 533
chastotali plataga ulasangiz ham operativ xotira tezligi oshmaydi va
533 chastotada ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |