Uzbekistonda davlat muassasalari tarixi


 G’arbiy Turk xoqonligida davlat xoqonligida davlat boshqaruv tizimi



Download 352,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana19.04.2022
Hajmi352,74 Kb.
#563043
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turk xoqonligida davlat boshqaruvi.docx55555

2.2. G’arbiy Turk xoqonligida davlat xoqonligida davlat boshqaruv tizimi 
563-567 yillar davomida Istami yabg‘u qo‘shinlari eftaliylar davlatiga 
ketma-ket zarbalar berib uning hududlarini, ya’ni hozirgi O‘rta Osiyo va Kaspiy 
dengizigacha bo‘lgan erlarni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Buning oqibatida 
Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O‘rta Osiyo erlarini ishg‘ol etgach, uning 
hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Dastlab xoqonlik Eron bilan yaxshi 
qo‘shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intiladi. Eron shohi Xusrav 1 
Anushirvonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk 
xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach, 
Eronning turklar bilan murosaga bormasligi, uning qat’iy dushmanligi 
ro‘yirost ma’lum bo‘ladi. Buning boisi Eron shohining O‘rta Osiyo hududlariga 
da’vogarligida edi. Bu esa, shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan 
urushlar olib borishiga sabab bo‘ladi. Istami qo‘shiqlari Eron shohi Xisrav I ni 
engadi, Eron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillasi hajmida tovon 


22 
to‘lash majburiyatini olishga majbur bo‘ladi. Mug‘anxon va uning avlodlari 
g‘arbda Qora dengizgacha bo‘lgan hududlarni zabt etib o‘zlariga bo‘ysundiradilar. 
Turk xoqonligi 568-569 yillarda o‘sha davrning qudratli davlati-Vizantiya 
bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intilib, so‘g‘d savdogari 
Maniax boshchiligidagi elchilarni u erga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian II 
qabulida bo‘ladi. Shundan so‘ng Vizantiyannig Zemarx boshliq elchilari xoqonlik 
davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va savdo-tijorat 
munosabatlarini o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etgan deyishga asos beradi. 
Turk hoqonligida boshqaruv tartiblari haqida gap borganda shuni ta’kidlash 
kerakki, Turk hoqonlari O‘rta Osiyo hududlariga hukmronlik qilsa-da, biroq o‘zlari 
bu hududga ko‘chib kelmadilar. Ular Ettisuv va boshqa hududlardagi markaziy 
qarorgohlarida qolib, bo‘ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali 
boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o‘lponlar va to‘lovlar bilan kifoyalanganlar. 
Bundan ko‘rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat 
tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil 
faoliyatlari davom etgan. Xoqonlik istisno hollardagina o‘lkaning ijtimoiy-siyosiy 
hayotiga aralashardi. Bu narsa ko‘proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq 
masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek, Zarafshon, 
Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil hokimlik-davlatlar 
mavjud bo‘lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg‘, Kesh, Nahshab, Kushon, 
Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa Samarqand, Buxoro, 
Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o‘zlariga ancha mustqil bo‘lganlar. 
Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo‘lgan. Shu bilan 
birlikda bu davlat hokimliklari o‘rtasida o‘zaro adovat, kurash, ichki ziddiyatlar 
to‘xtovsiz bo‘lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti, turmushini nochor ahvolga 
duchor etgan. 585-586 yillarda Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga 
qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Unga Obro‘y boshchilik qiladi. Hoqon Qora-cho‘rin 
qo‘shinlari qo‘zg‘olonni bostirib, qo‘zg‘olonchilarni qattiq jazolaydi. 
VII asr ikkinchi yarmida ancha kuchayib ketgan Xitoy O‘rta Osiyo 
hududlarini ham o‘z qo‘l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670 yilda tibetliklar 


23 
bosh ko‘tarib, sharqiy Turk xoqonligini yangidan tiklaganlaridan so‘ng va bu 
davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, endilikda Xitoy 
O‘rta Osiyoga bo‘lgan o‘z da’vosidan voz kechib, butun diqqatini Tibetga qaratadi. 
Bu davrda O‘rta Osiyo hududlarida Turk xoqonligi ta’siri tobora zaiflashib boradi. 
Bunga mahaliy hokimliklar o‘rtasidagi ichki ziddiyatlar, er-mulk uchun o‘zaro 
kurashlar ham sabab bo‘ladi. Bu esa pirovard oqibatda bu hududlarning arab 
istilochilari tomonidan bosib olinishiga sabab bo‘ldi. 
Endi xoqonlik davrida Turonzaminda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
hayotga nazar tashlar ekanmiz, shu narsa ayon bo‘ladiki, Turk xoqonligining 
sharqiy erlaridan farqli o‘laroq bu hududda aholining ijtimoiyiqtisodiy hayot tarzi, 
madaniy darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan. Gap shundaki, sharqiy hududlarda 
yashagan ko‘pchilik ko‘chmanchi turklarda urug‘-qabilachilik munosbatlari hamon 
kuchli saqlangan. Aholining quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb atalgan. 
Urug‘-qabilaning nomdor vakillari «beklar» deb yuritilgan. Jamoani xoqon va 
zodaganlar kengashi – «Qurultoy» boshqargan. Katta patriarxal oilalar-
xo‘jaliklarning boshliqlari «Kadxudolar» deb atalgan. O‘rta Osiyo erlarida esa bu 
davrda dehqonchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada 
rivojlangan. O‘lkaning Farg‘ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko‘plab suv 
ayirg‘ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod etilgan. Farg‘ona va Sug‘dda aholining 
bir qismi tog‘-kon ishlari bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Bu erlarda oltin, mis, temir 
eritish, ulardan kerakli asbob-anjomlar ishlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 
Shuningdek Iloqda qo‘rg‘oshin, kumush, Shaxrisabzda esa qizil tuz qazib 
olingan. 
Xoqonlik davrida shaharlar hayoti xiyla rivoj topgan. Xitoy manbalarida 
tilga olingan Xorazm, Farg‘ona, So‘g‘d, Chu vodiysidagi shaharlar; shuningdek 
Tuproqqal’a, Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Toshkent, Isfara, Qubo (Quva), Koson 
va boshqalar o‘sha davrning hunarmandchilik va savdo-sotiq tarmoqlari gurkirab 
rivojlangan shaharlari bo‘lgan. Buyuk ipak yo‘li bu shaharlarning xalqaro savdoda 
faol ishtirok etishini ta’minlagan. O‘rta Osiyolik qo‘li gul hunarmandlar, 
to‘quvchilar, zargarlar, miskaru temirchilar, ko‘nchiyu qurolsozlar ishlab 


24 
chiqargan nafis, xaridorgir buyumlar, asbob-anjomlar dunyoning turli nuqtalariga 
yuborilgan. Mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan rangli shishalar, qimmatbaho 
qog‘ozlar, zotdor otlarga xalqaro miqyosida talab katta bo‘lgan. Bu davrning 
o‘ziga xos muhim o‘zgarishlaridan yana biri-bu O‘rta Osiyo kulolchiligi 
hunarining yuksak san’at darajasida rivojlanganligidir. 
Bu davrda ham yurtimizda moddiy va ma’naviy madaniyatning yangi-yangi 
betimsol namunalari yaratildi. Turli olimlar mutaxassislar baxsiga sabab bo‘lgan 
Turk-ruin, Urxon-Enasoy yozuvi, Kultegin bitiklari, Bilga xoqon yodnomasi va 
shu singari noyob topilmalar turk yozma madaniyatning qadimiyligi va 
rangbarangligiga guvohlik beradi. 1970 yilda Almati yaqinidagi «Issiq» degan 
joydan topilgan va fanga «Issiq yozuvi» nomi bilan kirgan turkiy yozuv ham 
bizning yozuv tariximizga oid qarashlarimizni yanada boyitadi. Endilikda topilgan 
noyob ashyoi dalillar asosida turkiy yozuvning tarixi miloddan avvalgi II-I asrlarga 
borib tutashishi ma’lum bo‘ldi. 
Turonzaminda turkiy yozuv bilan bir qatorda so‘g‘d va xorazm yozuvlari 
ham keng qo‘llanilgan. So‘g‘d yozuvi 22 ta belgidan iborat bo‘lib, chapdan o‘ngga 
qarab yozilgan. Shaharlarda so‘g‘d-turk ikki tilliligi rasmiy odat bo‘lganligi haqida 
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘atit turk» (XI asr) asarida qayd etib o‘tgan. 
Bu yozuvlarda ulug‘ ajdodlarimizning katta tarixi, boy madaniyatiga oid mislsiz 
ma’lumotlar aks etgan. Yana shu narsa diqqatga sazovorki, o‘sha davrlarda ulug‘ 
ajdodlarimiz o‘z navqiron nasllari to‘g‘risida ham muttasil qayg‘urganlar. Shu 
boisdan o‘smir 5 yoshga to‘lishi bilan uni ilm olishga yo‘llab, dastavval, xatsavdo 
va hisob-kitobni o‘rganishga jalb etganlar. Bola o‘smir-balog‘at yoshiga etkach esa 
uni dunyo tanish, savdo-tijorat ishlarini o‘rganish uchun xorijiy ellarga 
yuborganlar. 
Turk xoqonligida yashagan xalqlarning diniy tasavvurlari ham turlicha bo‘lgan, 
ko‘p xudolilik xukm surgan. Bu esa ularda turli xil osmoniy va er 
jismlarigaquyosh, oy, er-suv, hayvonlar va boshqa narsalarga sig‘inishlikni keltirib 
chiqargan. Osmon xudosi Tangri turk qavmlarining eng oliy xudosi hisoblangan. 
Hozirda «Tangri» iborasi Alloh nomiga nisbat sifatida qo‘llaniladi. 


25 
O‘rta Osiyo xalqlari orasida zardushtiylik dini bilan bir qatorda ko‘pgina 
joylarda buddizm, monizm yoki xristianlik dinlariga e’tiqod qilishlik keng 
yoyilgan. Bu narsa qadimgi ajdodlarimizning tor, biqiq holda hayot kechirmasdan 
balki, boshqa ko‘plab qavmlar, elatlar bilan bog‘lanib, aralashib, ma’naviy jihatdan 
yaqinlashib hayot kechirganliklaridan dalolat beradi. O‘rta Osiyo xalqlari orasida 
tasviriy san’at o‘ziga xos uslubda rivojlangan. Jumladan, Varaxsha xarobalaridan 
topilgan saroy binolari devorlari, peshtoqlariga bitilgan rang-barang, bir-biridan 
nafis va jozibador rasm-suratlarni (qurollangan yoxud ov qilayotgan jangchi 
askarlar, oq fillar, tuyalar, otlar va boshqa xil hayvonlar, parrandayu darrandalar 
v.x.z.) ko‘zdan kechirar ekanmiz, bunda ajdodlarimizning noyob iste’dodi va 
aqlzakovatiga tan beramiz va o‘zimizda g‘urur tuyamiz. 
1354-yilda turklar zilzila natijasida mudofaa istehkomlari vayron boʻlgan Gelibolu 
(tur. Gelibolu) shahrini osonlik bilan egalladi. 1356 yilda Oʻrxonning oʻgʻli 
Sulaymon boshchiligidagi qoʻshin Dardaneldan oʻtdi. Bir qancha shaharlarni, 
jumladan, Dzorillos (tur. Chorlu)ni qo‘lga kiritgan Sulaymon qo‘shinlari 
Adrianopol (gastrol. Edirne) tomon harakatlana boshladilar, ehtimol bu yurishning 
asosiy maqsadi edi. Biroq, taxminan 1357 yilda Sulaymon barcha rejalarini amalga 
oshirmasdan vafot etdi. 
Ko'p o'tmay, O'rxonning yana bir o'g'li - Murod boshchiligida Turkiyaning 
Bolqondagi harbiy operatsiyalari qayta boshlandi. O‘rxon vafotidan so‘ng, Murod 
hukmdor bo‘lgach, turklar Adrianopolni olishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu, turli 
manbalarga ko'ra, 1361-1363 yillar oralig'ida sodir bo'lgan. Bu shaharning qo'lga 
olinishi nisbatan oddiy harbiy operatsiya bo'lib chiqdi, blokada va uzoq davom 
etgan qamal bilan birga bo'lmagan. Turklar Adrianopolning chekkasida 
vizantiyaliklarni mag'lub etishdi va shahar deyarli himoyasiz qoldi. 1365 yilda 
Murod qarorgohini Bursadan bir muddat bu yerga ko‘chirdi. 
Murod sultonlik unvonini oldi va Murod I nomi bilan tarixga kirdi. Qohirada 
bo‘lgan Abbosiy xalifasi hokimiyatiga tayanmoqchi bo‘lgan Murodning vorisi 
Boyazid I (1389-1402) unga Rum sultoni unvonini tan olishni so‘rab maktub 


26 
yuboradi. Biroz vaqt o'tgach, Sulton Mehmed I (1403-1421) musulmonlar uchun 
bu muqaddas shaharda sultonlik unvoniga bo'lgan huquqlarini sheriflar tomonidan 
tan olinishini so'rab, Makkaga pul jo'natishni boshladi. 
Shunday qilib, bir yuz ellik yildan kamroq vaqt ichida kichik beylik 
Erto‘g‘rul keng va ancha kuchli harbiy davlatga aylandi. 
Yosh Usmonli davlati o'z taraqqiyotining dastlabki bosqichida qanday edi? Uning 
hududi allaqachon Kichik Osiyoning butun shimoli-g'arbiy qismini qamrab olgan 
bo'lib, Qora va Marmara dengizlari suvlarigacha cho'zilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy 
institutlar shakllana boshladi. 
Usmon davrida uning beyligida haligacha qabila hayotiga xos boʻlgan 
ijtimoiy munosabatlar hukmron edi, bu vaqtda beylik boshligʻining hokimiyati 
qabila elitasining yordamiga asoslangan boʻlib, uning harbiy tuzilmalari agressiv 
harakatlarni amalga oshirgan. Usmonli davlat institutlarining shakllanishida 
musulmon ruhoniylari muhim rol o‘ynagan. Musulmon ilohiyotshunoslari
ulamolari ko'plab boshqaruv funktsiyalarini bajardilar, ularning qo'lida adolatni 
amalga oshirish edi. Usmon Mavleviylar va Bektoshilar darveshliklari, 
shuningdek, Kichik Osiyo shaharlarining hunarmandchilik qatlamlarida katta 
taʼsirga ega boʻlgan ahilar diniy birodarligi bilan mustahkam aloqalar 
oʻrnatgan. Ulamoga, darvesh tariqati va ahiylarga tayangan Usmon va uning 
vorislari nafaqat oʻz kuchlarini mustahkamladilar, balki musulmonlarning jihod, 
“iymon uchun kurash” shiori bilan bosqinchilik yurishlarini asoslab berdilar. 
Qabilasi yarim ko'chmanchi turmush tarzini olib borgan Usmon hali ot 
podalari va qo'y podalaridan boshqa hech narsaga ega emas edi. Ammo u yangi 
hududlarni egallashni boshlaganida, xizmat uchun mukofot sifatida erlarni o'zining 
yaqin sheriklariga taqsimlash tizimi paydo bo'ldi. Bu mukofotlar timarlar deb 
atalgan. Turk yilnomalarida Usmonning mukofotlar shartlari haqidagi farmonida 
shunday deyilgan: 


27 
“Birovga berayotgan Timar, sababsiz olib qolmasin. Agar men timar bergan 
kishi vafot etsa, o‘g‘liga bersinlar. Agar o'g'il kichkina bo'lsa, unda baribir, urush 
paytida uning xizmatkorlari o'zi sog'lom bo'lgunga qadar yurishlariga ruxsat 
bering. O‘ziga xos harbiy fief tuzumi bo‘lgan va oxir-oqibat Usmonlilar davlati 
ijtimoiy tuzilishining asosiga aylangan timar tuzumining mohiyati shundan iborat. 
Timar tizimi oʻzining yakuniy shaklini yangi davlat mavjudligining birinchi 
asrida oldi. Timarlarni berishning oliy huquqi sultonning imtiyozi edi, ammo 15-
asrning o'rtalaridan boshlab. Timarlar ham bir qancha oliy kishilarga shikoyat 
qildilar. Askar va sarkardalarga yer uchastkalari shartli mulk sifatida 
berilgan. Muayyan harbiy vazifalarni bajarish sharti bilan, timar sohiblari
timoriylar ularni avloddan-avlodga o'tkazishlari mumkin edi. Shunisi e'tiborga 
loyiqki, Timariylar, aslida, xazina mulki bo'lgan erlarga emas, balki ulardan 
keladigan daromadlarga ega edilar. Ushbu daromadlarga qarab, bunday turdagi 
mulklar ikki toifaga bo'lingan - yiliga 20 ming akcegacha bo'lgan timarlar va 
zeamets - 20 dan 100 ming akcegacha. Ushbu summalarning haqiqiy qiymatini 
quyidagi raqamlar bilan solishtirish mumkin: XV asrning o'rtalarida. Usmonli 
davlatining Bolqon viloyatlarida bir shaharlik xonadondan o'rtacha daromad 100 
dan 200 akçegacha bo'lgan; 1460 yilda Bursada 1 akce uchun 7 kilogramm un 
sotib olish mumkin edi. Timariylar timsolida birinchi turk sultonlari o'z kuchlari 
uchun kuchli va ishonchli tayanch - harbiy va ijtimoiy-siyosiy tayanch yaratishga 
intilishgan. 
Nisbatan qisqa tarixiy davrda yangi davlat hukmdorlari katta moddiy 
boyliklar sohibiga aylandilar. Hatto O'rxon davrida ham beylik hukmdorining 
navbatdagi yirtqich bosqinini ta'minlashga imkoni yo'q edi. O‘rta asr turkiy 
yilnomachisi Husayn, masalan, O‘rxon Vizantiyaning asirlikdagi oliy mansabdor 
shaxsini shu yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullar bilan qo‘shin jihozlash va uni o‘sha 
shaharga yuborish uchun Nikomediya arxoniga sotib yuborgani haqidagi voqeani 
keltiradi. Ammo Murod I davrida rasm keskin o'zgardi. Sulton qo'shinni saqlashi, 
saroylar va masjidlar qurishi, bayramlar va elchilarni qabul qilish uchun ko'p pul 


28 
sarflashi mumkin edi. Bu o‘zgarishning sababi oddiy edi – Murod I hukmronligi 
davridan boshlab harbiy o‘ljaning beshdan bir qismini, jumladan, asirlarni ham 
xazinaga ushlab qolish qonunga aylandi. Bolqondagi harbiy yurishlar Usmoiylar 
davlatining birinchi daromad manbaiga aylandi. Bosib olingan xalqlarning o'ljalari 
va harbiy o'ljalari uning xazinasini doimiy ravishda to'ldirib bordi va bosib olingan 
hududlar aholisining mehnati asta-sekin Usmonli davlatlarining zodagonlari - ulug' 
zotlari va lashkarboshilari, ruhoniylari va beklarini boyita boshladi. 
Birinchi sultonlar davrida Usmonlilar davlatining boshqaruv tizimi shakllana 
boshladi. Agar O‘rxon davrida harbiy ishlar uning yaqin safdoshlari orasidan 
harbiy boshliqlar ichida hal qilinsa, ularning munozaralarida uning o‘rinbosarlari 
vazirlari – vazirlar ishtirok eta boshladilar. Agar O‘rxon o‘z mulkini eng yaqin 
qarindoshlari yoki ulamolari yordamida boshqargan bo‘lsa, Murod I vazirlar 
orasidan barcha ishlarni – fuqarolik va harbiy ishlarni boshqarish ishonib 
topshirilgan shaxsni ajratib ko‘rsata boshladi. Shu tariqa asrlar davomida 
Usmonlilar ma’muriyatining markaziy figurasi bo‘lib qolgan amir vazirlik instituti 
paydo bo‘ldi. Oliy maslahat organi sifatida Murod I vorislari davridagi davlatning 
umumiy ishlarini amir, harbiy, moliya va sud idoralari boshliqlari, oliy musulmon 
ruhoniylari vakillaridan iborat Sulton kengashi boshqargan. 
Murod I davrida Usmonli moliya boshqarmasi oʻzining dastlabki 
rasmiylashtirilishini oldi. Shu bilan birga, xazinaning asrlar davomida saqlanib 
qolgan Sultonning shaxsiy xazinasiga va davlat xazinasiga boʻlinishi vujudga 
keldi. Ma'muriy bo'linish ham mavjud edi. Usmonlilar davlati sanjakka 
boʻlingan. "Sanjak" so'zi tarjimada "bayroq" ma'nosini bildiradi, go'yo sanjak 
hukmdorlari, sanjak-beylar joylarda fuqarolik va harbiy hokimiyatni ifodalaganini 
eslatadi. Sud tizimiga kelsak, u butunlay ulamolar tasarrufida edi. 
Bosqinchi urushlar natijasida rivojlanib, kengayib borayotgan davlat kuchli 
armiya yaratishga alohida e’tibor qaratdi. Allaqachon O‘rxon davrida bu 
yo‘nalishdagi dastlabki muhim qadamlar qo‘yildi. Piyoda qo'shin yaratildi - 
yay. Yigʻilishlarda qatnashgan davrda piyoda askarlar maosh olib, tinch davrda 


29 
soliqlardan ozod boʻlgan holda yerlarini dehqonchilik qilib yashaganlar. O'rxon 
davrida birinchi muntazam otliq qo'shinlar - midiya yaratildi. Murod I davrida 
armiya dehqon piyoda qoʻshinlari tomonidan mustahkamlandi. Militsionerlar, 
Azaps, faqat urush davomida ishga olingan va jangovar harakatlar davrida ham 
maosh olgan. Usmonlilar davlati rivojlanishining dastlabki bosqichida piyoda 
qo'shinlarning asosiy qismini azaplar tashkil etgan. Murod I davrida yangichalar 
korpusi ham shakllana boshladi («yeni cheri» - «yangi qo'shin» dan), keyinchalik 
turk piyodalarining zarba kuchi va turk sultonlarining o'ziga xos shaxsiy 
qo'riqchisiga aylandi. Bu nasroniy oilalardan bo'lgan o'g'il bolalarni majburiy 
yollash bilan yakunlandi. Ular islom dinini qabul qilib, maxsus harbiy bilim 
yurtida ta’lim oldilar. Yangisariylar sultonning oʻziga boʻysunib, xazinadan maosh 
olib, boshidanoq turk qoʻshinining imtiyozli qismiga aylangan; yangichalar 
korpusi qo'mondoni davlatning oliy mansabdor shaxslaridan biri edi. Biroz vaqt 
o'tgach, yangichi piyoda qo'shinlari sipohiylarning otliq bo'linmalarini tuzdilar, 
ular ham to'g'ridan-to'g'ri Sultonga bo'ysunib, maosh oladilar. Bu harbiy 
tuzilmalarning barchasi sultonlar bosqinchilik amaliyotlarini tobora kengaytirib 
borayotgan bir paytda turk qo‘shinining barqaror muvaffaqiyatini ta’minladi. Bu 
nasroniy oilalardan bo'lgan o'g'il bolalarni majburiy yollash bilan yakunlandi. Ular 
islom dinini qabul qilib, maxsus harbiy bilim yurtida ta’lim oldilar. Yangisariylar 
sultonning oʻziga boʻysunib, xazinadan maosh olib, boshidanoq turk qoʻshinining 
imtiyozli qismiga aylangan; yangichalar korpusi qo'mondoni davlatning oliy 
mansabdor shaxslaridan biri edi.


30 
Xulosa
Turk xoqonligida davlatning oliy hukmdori “xoqon” unvoniga ega bo‘lgan. 
Xitoy manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, turkiylar xonni taxtga o‘tqazishda maxsus 
marosim o‘tkazishgan. Ya’ni, amaldorlar bo‘lajak xonni kigizga o‘tqazib, quyosh 
yurishi bo’ylab 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar esa uni qutlab va ulug‘lab 
turganlar. So‘ngra xonni otga o‘tqazib, bo‘yniga ipak mato bog‘laganlar va undan 
“Siz necha yil xon bo‘lmoqchisiz?” deb so‘raganlar. U necha yil xon bo‘lishini 
aytgan va shu muddat tugagach taxtdan ketgan. 
Qadimgi turkiy afsonalarda berilishicha, turklarning tasavvuriga ko‘ra, 
davlatchilikning markazi, davlatni o‘z qo‘lida birlashtiruvchi shaxs xoqon 
hisoblangan. Boshqaruvda xoqonlarning hukmron sulolasi asosiy bo‘lib u uchta 
kuch - osmon (tangri), yer-suvning kuch va irodasi hamda turk xalqining 
yaratuvchanlik faoliyati tufayli yuzaga keltiriladi. 
Xoqondan keyingi shaxs, birinchi amaldor “Yabg‘u” (Bahodir) bo‘lib, u 
bosh sarkarda hisoblangan. Ammo, yabg‘u taxtga merosxo‘rlik qila olmas edi. 
Turk xoqonligi taxtiga vorislik tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos bo‘lgan 
uluslarga bo‘linish tizimiga asoslanib belgilanar edi. Ushbu tizimga ko‘ra taxt 
aksariyat hollarda otadan o‘g‘ilga emas, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros 
qolar edi. Taxt merosxo‘ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar to taxtga 
o‘tirgunlariga qadar o‘zlariga berilgan uluslarni boshqarib turganlar. O‘rta 
Osiyodagi mahalliy hokimlarning faoliyatini nazorat qiluvchi amaldor, xoqonning 
nazoratchisi -“tudun” deb atalgan. Turk hoqonligi konfederativ davlat bo‘lgan. 
Turkiylar o‘z yurti va davlatini “el” deb atashgan. Birinchi turk xoqoni Buminxon 
elxon unvoniga ega bo‘lganligi bejiz emas. 
Xoqonlik tarkibidagi ko‘plab qabila va elatlarni birlashtirish va boshqarib 
turish, ulardan ma’lum miqdordagi soliqlar va o‘lponlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish 
maqsadida xoqonlikda maxsus ma’muriy va harbiy-siyosiy boshqaruv tizimi joriy 
etilgan edi. 
Davlatni boshqarishda xoqonga uning yaqin qarindoshlari, eng avvalo, 
hukmron sulola a’zolari va ular tomonidan barpo etilgan boshqaruv tizimi yordam 


31 
berar edi. Qadimgi turkiy bitiklarga ko’ra u 4 ga bo’lingan: qarindoshlar; xoqonga 
ittifoqdosh bo’lgan qabila va xalqlar; xoqonning o’ng tomonida o’tiruvchi 
amaldorlar va ma’muriy xodimlar, xoqonning chap tomonidan joy olgan 
amaldorlar va ma’muriy xodimlar
98
. Xoqonning qarindoshlari- o’g’illari, amakisi, 
jiyanlari va og’a-inilariga tegin unvoni berilgan. Xitoy manbalarining 
ma’lumot 
berishicha
, qadimgi turk davlatidagi mansablarning asosiy shtati 28 ta 
bo’lgan, bunda ularning faqat 5 tasi oliy mansabdor hisoblangan: Exu (yabg’u), 
She (shad), Dele (teginlar), Silifa (eltabarlar) va Tutunfa (tudunlar). Qolgan 23 
kichik amaldorlardan iborat bo’lgan. Barcha mansablar meros qilib qoldirilar edi. 
Turk xoqonligi davlatining asosini yer bilan birga xalq tashkil etar edi. O‘z 
davrida O‘rta Osiyoda davlatchilikning mustaqil va an’anaviy shakllarini 
rivojlantirgan turkiylar davlati mavjud jamiyatning muayyan ijtimoiy tuzilmalariga 
va qadimgi turklarning davlat tomonidan tashkil etilgan hamda nazorat qilinadigan 
xo‘jalik faoliyatiga tayanar edi. Tarixiy adabiyotlarda berilishicha, bu faoliyatning 
asosini ko‘chmanchi chorvachilik tashkil etgan. Chorvador turklarda urug‘-
qabilachilik an’analari nihoyatda kuchli bo‘lib, qabila va urug jamoalarining asosi 
katta oilalardan iborat bo‘lgan. Ko‘chmanchi chorvadorlar xalq ommasini turklar 
“budun” yoki “qora budun” deb atashgan. 


32 

Download 352,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish