PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA ELEKTRON TA’LIMNING
MUAMMOLARI
B.D.Sharipov,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
magistratura talabasi
begzodsharipov8686@bk.ru
Annotatsiya:
maqolada elektron ta’lim tizimining kelib chiqish tarixi, hozirgi
kunga qadar yaratilgan elektron qurilmalar, dasturlar, elektron o‘qitish uslublari,
elektron ta’limning rivojlanishida ahamiyatga ega shaxslar hamda elektron ta’limning
rivojlanish bosqichlari ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar:
elektron ta’lim, elektron qurilma, elektron dastur, elektron
internet tarmog‘i, PLATO, masofadan o‘qitish, ta’limni boshqarish tizimlari,
multimedia tizimlari, innovatsiya, vebinar texnologiyalari.
ПРОБЛЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ В СИСТЕМЕ ЭЛЕКТРОННОГО
ОБРАЗОВАНИЯ.
Аннотация:
в статье описывается история возникновения системы
электронного обучения, электронных уойств, программ, методов электронного
обучения, лиц, вовлеченных в развитие электронного обучения, а также этапы
развития электронного обучения.
Ключевые слова:
электронное обучение, электронное уойство,
электронное программное обеспечение, электронная интернет-сеть, PLATO,
дистанционное обучение, системы управления образованием, мультимедийные
системы, инновации, технологии вебинаров.
PROBLEMS OF EDUCATION IN THE ELECTRONIC EDUCATION
SYSTEM
Annotation:
the article describes the history of the emergence of the e-learning
system, electronic devices, programs, e-learning methods, persons involved in the
development of e-learning, as well as the stages of development of e-learning.
160
Key words:
e-learning, electronic devices, electronic software, electronic internet
network, PLATO, distance learning, education management systems, multimedia
systems, innovations, webinar technologies.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish,
mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini
baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini
amaliyotga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda
ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6 oktabr 2020 yilagi “Axborot
texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni
rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari”
to‘g‘risidagi qarorida belgilangan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining
kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri
hisoblanadi. o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, faoliyat yuritayotgan va
yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda «Informatika va axborot
texnologiyalari» fanini samarali o‘qitishni va ularga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish
kerakligi ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
“Elektron ta’lim” atamasi faqat 2000 yillarning boshidan buyon mavjud deb
o‘ylashadi. Bu asosan 1999 yilning boshlariga kelibgina, tashkilotlar elektron ta’limni
haqiqatdan ham o‘zlashtirganligi va uni o‘z hodimlarini o‘qitishning yangi usuli
sifatida joriy etganligi bilan bog‘liq. Elektron ta’lim atamasi bilan birga “onlayn
ta’lim”, “virtual ta’lim” “masofaviy ta’lim” atamalari paydo bo‘lgan. Jumladan,
elektron ta’lim asosidagi prinsiplar butun tarix davomida yaxshi xujjatlashtirilgan va
elektron ta’lim XIX asrdan beri mavjudligi to‘g‘risida dalillar mavjud.
Internet ishga tushishidan ancha oldin talabalarga ayrim fanlar yoki ko‘nikmalar
bo‘yicha ta’limni taqdim etish uchun masofadan o‘qitish tashkil etilgan.
Jumladan, 1840 yillarda Angliyalik olim Isaak Pitman o‘z o‘quvchilariga
yozishmalar bo‘yicha stenografiyani o‘rgatdi.
1924 yilda birinchi marta matnli mashina ixtiro qilingan. Ushbu qurilma
talabalarga o‘z o‘zini tekshirish imkonini beradi. Keyinchalik, 1954 yilda Garvard
universiteti professori B.F. Skinner maktab o‘quvchilari uchun dasturlashtirilgan
ta’lim berish imkoniyatini beradigan “o‘quv mashinasini” ixtiro qildi. Biroq, 1960
yilda kompyuterga o‘xshash Plato (PLATO - Programmed Logic for Automatic
Teaching Operations – Avtomatik o‘quv jarayonlari uchun mantiqiy dastur) nomli
161
elektron ta’lim olish qurilmasi Amerikaning Illinoys universitetining elektrotexnika
sohasi bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D. - 1960) Donald Bitser tomonidan yaratilib
ta’limda amaliyotga tadbiq etildi. Plato (PLATO) elektron ta’lim olish qurilmasi orqali
10 yillar davomida lotin tili, boshlang‘ich matematika, kimyo, musiqa kabi fanlar
bo‘yicha maktab o‘quvchilari, oliy ta’lim talabalari hamda maxbuslar uchun elektron
kurslar tashkil etildi. Ushbu tizim pedagogika uchun foydali bo‘lgan bir qator
xususiyatlarni, shu jumladan matnli grafika, kalit so‘zlarni kiritish asosida matnli
javoblarni kontekstli olish va muqobil javoblarga javob berish uchun ishlab chiqilgan
mulohazalarni o‘z ichiga olgan.
1966 yil 31 martda Amerika qo‘shma shtatlarining Ta’lim vazirligi tomonidan
Ijtimoiy fanlarning matematik tadqiqotlari institutiga taqdim etilgan grant asosida IBM
(International Business Machines Corporation) korporatsiyasi tomonidan IBM 1500
kompyuteri ixtiro qilindi. IBM 1500 kompyuteri 32 ta talaba ish stansiyasini qo‘llab-
quvvatlagan va ularning har biri har xil audiovizual imkoniyatlarga ega bo‘lgan.
Elektron ta’limning rivojlanishida katta xissa qo‘shgan voqea bo‘lib internetning
yaratilishi bo‘ldi. 1969 yilga kelib ARPA (Advanced Research Projects Agency)
tarmog‘ini Bolt Beranek & Newman bilan ixtiro qilish maqsadida shartnoma tuzdi va
birinchi ARPANET (internet) aloqasi Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti
(USLA) va Stenford tadqiqot instituti o‘rtasida 1969 yil 29 oktabr 22:30 da o‘rnatildi.
Aloqa jarayonida birinchi «Biz va SRI yigitlari o‘rtasida telefon aloqasini o‘rnatdik ...»
dedi Kleinrok ... intervyusida: «Biz L harfini terdik va telefon orqali» L ni
ko‘ryapsizmi? «Deb so‘radik, Ha, biz L harfini ko‘ryapmiz» deb javob berdi. Biz O ni
terdik va «O ni ko‘ryapsizmi» deb so‘radik. - Ha, biz O ni ko‘ryapmiz deyishdi. Keyin
G ni terdik va tizim ishdan chiqdi ... Ammo inqilob boshlangan edi» deyiladi
Kleinrokning intervyusida. Internet yaralishidagi ulkan xissa qo‘shgan Massachussets
Texnologiya institutining falsafa fanlari doktori Lourens Roberts tomonidan
ARPANET (Advanced Research Projects Agency Network) tizimiga paketlarni
almashtirish kontsepsiyalarini kiritdi va ma’lumotlar tezligini 2,4 kbps dan 50 kbps ga
ko‘tardi.
E-learning tizimi avvalo talabalarga bilimni yetkazishga mo‘ljaallangan edi, lekin
1970 yillarga kelib, elektron ta’lim tizimi interaktiv ko‘rinish oldi. Masalan, Buyuk
Britaniyada universitetlar ochiqlilikka yo‘nalgan bo‘lib, elektron ta’limning afzal
jixatlaridan foydalanishga intiladi. Ularning ta’lim tizimi birinchi navbatda masofaviy
ta’limga qaratilgan. Avval, o‘quv materiallari pochtadan yuborilgan, shuningdek
o‘qituvchilar bilan elektron pochta orqali yozishmalar yuborilgan. Internet paydo
bo‘lishi bilan Ochiq universitet interaktiv ta’lim xizmatlarining keng spektrini taklif
etgan.
162
XX asrning oxirida kompyuter va internet paydo bo‘lishi bilan, elektron ta’lim
tizimida juda katta innovatsion o‘zgarishlarga turtki bo‘lgan holda, instrumentlar va
yetkazib berish usullari kengaytirilgan. 1980 yillarga kelib birinchi MAS (Macintosh -
apple) kompaniyasi tomonidan jismoniy shaxslarning uylarida shaxsiy kompyuterga
ega bo‘lish imkonini berdi, o‘z navbatida alohida predmetlar to‘g‘risida bilish va
alohida ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini ham berdi. Keyinchalik, keyingi o‘n
yillikda onlayn-axborotning ko‘p mikdoridan foydalanish va elektron ta’lim uchun
katta imkoniyatlarga ega bo‘lish imkonini beradigan o‘qitishning virtual muhiti
rivojlana boshlandi.
Texnologik yutuqlar ta’lim muassasalarga masofadan o‘qitish narxini
kamaytirishga, shuningdek ta’limga keng auditoriyani taqdim etish uchun
tejamkorlikka erishishga yordam berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
yil 6 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5812-son farmoni bilan yangi professional
ta’lim tizimi joriy etilishi bu tizimning yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.
Professional ta’limda kichik mutaxassislarni tayyorlashda elektron ta’limning
ahamiyati juda muhim, chunki elektron ta’lim har qanday vaqtda ochiq bo‘lishi hamda
o‘quvchi o‘ziga qulay va mos vaqtda internet va elektron qurilmalardan foydalangan
holda boshqa davlatdan turib ham ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek,
elektron ta’lim iqtisodiy tarafdan va vaqt tejalishi bilan qulay hisoblanadi. Elektron
ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olishiga to‘liq imkoniyatga ega bo‘lgan
qiziqtiruvchi, rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshiruvchi vositalar majmui
hisoblanadi. O‘quvchilarning o‘zlashtirish real ko‘rsatkichlari samarali bo‘lishi uchun
topshiriqlarni shunday shakllantirish lozimki, bu topshiriqni bajarish davomida
o‘quvchilar modulning butun mazmuni bilan tanishib chiqishlari zarur bo‘lishi kerak.
Barcha o‘quvchilar kompyuterda ish olib borishi, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini
individual (yoki deyarli individual) ko‘rinishda tashkil etishga imkon beradi. Hatto
bitta topshiriqni bajarish sharoitida ham o‘qituvchiga amaliy mazmun asosida
shakllantirilgan
topshiriqning
differensiallashishini,
shuningdek,
topshiriqni
boshqalarga qaraganda tezroq bajaradigan o‘quvchilar juftligi (guruhi) uchun
qo‘shimcha materiallarni ham ko‘zda tutish maqsadga muvofiqdir. Muammo
shundaki, elektron ta’lim bu nafaqat masofadan turib, ta’lim muassasasiga bormagan
holda, balki ta’lim muassasasida ham elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda
dars mashg‘ulotlarini tashkil etishdan iborat bo‘lishi kerakligidadir. Chunki, elektron
ta’lim resurslaridan oqilona foydalanishni bilish muhim jarayon hisoblanadi.
Jumladan, darsda o‘qituvchi fanning mazmun mohiyatini tushuntirishda ko‘proq
an’anaviy usuldan foydalanadi. An’anaviy usuli deganda esa, o‘qituvchining darsni
og‘zaki tushuntirgan holda, kitoblardan foydalanib, keyingi darsda o‘tilgan mavzuni
163
so‘rashidadir. Aniqki, keyingi darsda o‘qituvchi o‘tilgan mavzuni o‘quvchilardan
so‘raganida 10 ta o‘quvchidan 8-9 tasi mavzunining asl mazmun mohiyatini
tushunmagan holda javob bera olmaydi.
Elektron ta’lim resurslari deganda, foydalanuvchi, ya’ni o‘quvchining shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olgan holda avtomatik rostlanish imkonini beruvchi,
egallangan bilimni avtomatik nazorat qilish tizimi bilan birlashgan o‘quv materiallarini
uzatish (yetkazish) tizimi tushuniladi.
Hozirgi kunda Toshkent Davlat iqtisodiyoti universitetining Innavatsion ta’limda
kafedrasida ijodiy yondashgan holda 25 yaqin umumkasbiy va mutaxassislik fanlari,
jumladan, «C++ da dasturlash», «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari», «Ma’lumotlar
banki va bazasi», «Axborot xavfsizligi», «Operatsion tizimlar va laboratoriya»,
«Elektron hukumat tarmoqlarini tashkil etish» kabi fanlardan elektron o‘quv resurslar
yaratilib, an’anaviy ta’lim tizimida keng foydalanilmoqda.
Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi kunda professional ta’lim tizimi Xalqaro
Worldskills tashkilotiga a’zo bo‘lganimizning o‘zi professional ta’limning yanada
yuksalishiga zamin yaratadi. Yagona ta’lim standartlarini yaratish, ya’ni dunyoning 80
ta mamlakati a’zo hisoblangan Xalqaro Worldskills tashkiloti, o‘zaro tan olish tamoyili
asosida o‘quvchilar mobilligini oshirish, yuqori darajadagi kasbiy kompetentlikka ega
kadrlar tayyorlash, professional ta’lim tizimida barcha darajalar va boshqa
ixtisosliklarni mehnat bozori talablari asosida innovatsion rivojlantirish hisobiga
bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Masofaviy va elektron ta’limga e’tibor va ehtiyoj kuchaymoqda. Albatta, bularning
asosiy negizida elektron ta’lim muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi»ning hozirgi bosqichidagi asosiy vazifalaridan biri – ta’lim sifatini
oshirish va uni xalqaro ta’lim tizimi darajasiga ko‘tarish, O‘zbekiston professional
ta’lim tizimining sifat va mavqeini yanada oshirish, fuqarolarning jaxondagi barcha
oliy ta’lim muassasalariga kirishiga keng yo‘l ochishda «Elektron ta’lim» milliy
tizimini davlat tilidagi elektron ta’lim resurslari bilan boyitish, uning samarali
ishlashini ta’minlashdir. Bu esa oliy va professional ta’lim muassasalari, pedagogik
kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari professor-o‘qituvchilari
va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi lozim.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va
sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq
xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining
2021 yil 26 fevraldagi 106-son qarorida belgilab berilgan «Hayot davomida ta’lim
olish» tamoyili asosida an’anaviy bevosita malaka oshirish bilan birga uzluksiz malaka
164
oshirish tizimining “Mustaqil malaka oshirish”, “Muqobil malaka oshirish” shakllari
joriy etiladi. Bugungi kunda professional ta’lim tizimida xususan “Pedagogik
innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish” instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb
yuritiladi)da “Onlayn ta’lim”, “masofaviy ta’lim” bo‘yicha bir qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, Institutimiz tomonidan yangi elektron loyiha “Yagona
axborot-ta’lim portali” ustida ishlanmoqda. Ushbu portal professional ta’lim tizimi
uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona axborot ta’lim portali
Respublika professional ta’lim tizimi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi,
jumladan me’yoriy-huquqiy xujjatlar, institut tashkiliy tuzilmasi, professional ta’lim
muassasalari, o‘quv adabiyotlar, ta’lim standartlari va fanlar, o‘quv reja va dasturlar,
malaka oshirish hamda WorldSkills bo‘yicha ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Bundan
tashqari Yagona axborot-ta’lim portalida professional ta’lim muassasalarida ish olib
borayotgan o‘qituvchi-ekspertlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |