boshqalar, ko‘z og‘rig‘idan saqlanish uchun har bir o‘quvchining
ko‘z uchun boylag‘ichi bo‘lishi kerak.
2 .0 ‘yin o‘tkaziladigan maydonchatekis bo‘lishi, tikan, toshlar,
shisha siniqlari va boshqa keraksiz narsalardan tozalanib, doimo
toza tutilishi lozim.
3. Mashg‘ulot o‘tkazilayotgan paytda maydonchada begona
kishilar bo‘lmasligi kerak. Chunki ular bolalaming xayolini bo‘la-
dilar va ularni o‘yindan chalg‘itib, ortiqcha
harakatlar qilishga
majbur etadilar.
4. Maydonchani asbob-uskunalar bilan ta’minlash, bundan
tashqari, u yerdagi tabiiy buyum va narsalardan ham foydalanish
zarur.
5. 0 ‘yinlami o'tkazishda quyidagi gigiyenik qoidalariga rioya
qilinishi lozim:
a) o‘yinpaytidakiyiladigan kiyim harakatlami qiyinlashtirmay-
digan, yengil bo‘lishi kerak;
b) yozda o'yindan so‘ng cho'milish kerak;
d) o‘yin boshlanishidan oldin maydonchaga suv sepilishi lozim.
6. 0 ‘yinlar suvda o‘tkazilsa, qatnashchilar ko‘karib va qaltirab
qolmasligi uchun ulaming suvda bo'ladigan vaqti chegaralanishi
kerak.
Maydonga belgilar qo‘yib chiqish
0 ‘qituvchi asbob-anjomlami tayyorlab qo‘yib, o ‘yin bosh-
languncha maydonga belgilar qo‘yib chiqishi mumkin.
Chunki
maydonga belgi qo‘yib chiqishga ko‘p vaqt talab qilinadi. Masalan,
katta sinf o‘quvchilari harakatli o‘yindan sport o‘yinini o‘ynashga
o‘tishlarida bunday belgilarga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Agarda
56
maydonni belgilash qiyin bo‘lmasa, uni o‘yinning
mazmunini
gapirib berish bilan bir vaqtda bajarish ham mumkin. Kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilar bilan shug‘ullanganda ham o‘yin uchun
bitta-ikkita «botqoq», «uy» chegaralarini chizishga to ‘g‘ri kelishi
mumkin. Bunday holatda chegaralami belgilashni o ‘yin bosh-
languncha bajarish mumkin va belgilar faqatgina o‘yinning maz-
muni gapirib berilayotganda dalil sifatida ko‘rsatiladi.
Tez-tez takrorlanadigan ayrim o ‘yinIarni o ‘tkazish uchun
belgilar maydonda doimiy ravishda belgilab qo‘yilishi mumkin.
Buni yengilgina amalga oshirsa bo‘ladi, ya’ni o‘yin uchun qattiqroq
joy bo‘lganda, unda bolalami sevimli o‘yinlarini o'ynash uchun
alohida maydon ajratib berishga imkoniyat boladi.
Chegaralami aniq, yorqin chizilgani maqsadga muvofiqbo‘ladi.
Agarda chiziqlar ko‘rimsiz chizilgan yoki belgilangan bo‘lsa, o‘yinga
qiziqib, berilib ketgan bolalar shartli ravishda qo‘yilgan chegaralami
ko‘rishlari, payqashlari ancha murakkab bo‘lib qoladi.
0 ‘yin uchun chegara chizig‘ini bolalar shikastlanmasligini
hisobga olgan
holda devordan, to ‘siqlardan yoki
buyumlardan
kamida 3 m masofa berida chizilishi kerak. Ayniqsa, bu bir to-
mondan ikkinchi tomonga yugurib o‘tishda, katta guruh o'yin
qatnashchilari bir o‘yin chegarasidan ikkinchisiga yugurib o ‘tish-
larida juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: