O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

 
Nazorat uchun savollar: 
1. Shpaklyovka uchun qorishmalarga qanday talablar qo‘yiladi?
2. Shpaklyovka qatlamini o‘rnatish ishlari qanday bajariladi? 
3. Quruq qurilish qorishmalari yurtimizda qaysi firmalar tomonidan ishlab 
chiqariladi? 
4. Gips asosidagi shpaklyovka aralashmalari tarkibini keltiring? 
5. Yuzalarda shpaklyovka qatlamini o‘rnatishda qanday asbob-uskunalar 
ishlatiladi? 
 
 
 
 


86 
3-BOB. QURUQ QURILISH QORISHMALARI 
3.1. Qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish. Sement va gips bog‘lovchi 
asosida quruq qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish texnologiyasi 
 
Quruq qorishmalar. 
Keyingi yillarda mamlakatimizda va ayniqsa 
xorijda materiallar bozori qurilishda turli quruq qurilish aralashmalarining 
keng ko‘lamda qo‘llanishi evaziga yanada kengaydi. Ular asosan pardozlash 
xamda bino ichi va sirtidagi montaj ishlarida qo‘llaniladi (g‘isht terishda, 
fasadlarni pardozlashda, pollarni barpo etishda). Quruq aralashmalarga 
kiruvchi sement-ohakli aralashmadan iliq va uncha sovuq bo‘lmagan 
haroratlarda foydalaniladi (muzlashga qarshi qo‘shimchalar bilan 
birgalikda), suvoq uchun ishlatiladigan gipsli quruq; aralashmalardan panelli 
uylarni restavrastiya qilishda, quyma ravishda tiklanadigan binolar va boshqa 
shunga o‘xshash ishlarda foydalaniladi. Gipsli quruq aralashmaning 
sarflanishi taxminan 80 m
2
/t ni tashkil etadi.
 
3.1-rasm. MZS-10 quruq aralashmalar ishlab chiqarish kichik-zavodining 
texnologik sxemasi: 
1-greyferli yuklagich; 2-vibrogroxot (tebranuvchi sig‘im); 3-shnekli 
shimdirgich; 4-lentali konveyer; 5-“groxot” bilan birgalikda barabanli quritgich; 6,7,19-vertikal 
shneklar; 8-elevator; 9-tebranuvchi elak (vibrosito); 10-mayda qum bunkeri (0-1,4mm); 11-
yirik qum bunkeri (1,4-2,8mm); 12,14-vintli shimdirgichlar; 13-bog‘lovchilar (sement, ohak) 
saqlanadigan omborxona; 1,5-plastifikastiyalovchi qo‘shimchalar dozatori (ulushlagichi); 16-
muzlashga qarshi qo‘llaniladigan qo‘shimchalar ulushlagichi (dozator); 17-ulushlagich 
(dozator); 18-aralashtirgich; 20-qoplaydigan mashina; 21-lentali konveyer; 22-tayyor 
aralashma sig‘imi; 23-tayyor aralashma bunkeri. 


87 
Bundan tashqari amaliyotda turli quruq aralashmalar 
kombinastiyalashgan holda qo‘llanilinadi, masalan: devor va pollarni koshin 
(kafel) plitkalar bilan yelimlab qoplashda va turli xildagi shpatlevkalar 
tayyorlashda.
 
Quruq elimli aralashmalar keng assortimentda, xususan Podolsk tajriba 
sement zavodida ularning xilma-xil turlari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari 
quruq aralashmalarning kichik zavodlarda ishlab chiqariladigan boshqa 
texnologiyalari ham mavjud, masalan: MZS -10 (3.1-rasm) va boshqalar. 
Quruq aralashmalardan, masalan "Plitonit" yuqori adgeziya va 
qovushqoqlik, vertikal devorlardan oqib tushmaslik, muzlashga bardoshlik 
xossalariga ega. Ularni ishlab chiqarishda Pikalev zavodining M-400 va M-500 
markali sementidan jinsliligi va tarkibining bir xillik darajasi yuqori bo‘lgan, 
frakstiyasi 0,6 mm gacha bo‘lgan kvarst qumi, Waken va Dow organik 
qo‘shimchalardan foydalaniladi. Bu organik qo‘shimchalardan chet el firmalari 
ham keng ko‘lamda foydalanishadi. Chetel shpatlyovkalaridan bizda 
Franstiyaning "Semin" va Finlandiyaning "Lox’ya" firmalariniki keng ishlatiladi. 
Quruq aralashmalarning to‘g‘ri tanlanishi va to‘g‘ri qo‘llanishi qurilish ishlarini 
tezlashtiradi va ularning sifatini oshiradi. 
Qorishmalarni tayyorlash va tashish 
Qurilish qorishmalari beton-qorishma zavodlarida, lar tayyorlash 
markazlarida yoki qorishma qorish uzellarida tayyorlanadi. Qurilish maydoni 
zavoddan uzoqda joylashganda va bajariladigan ishlar hajmi kam bo‘lganda 
qorishma ob’yekt yaqinida joylashgan mexanizastiyalashtirilgan qurilmalarda 
tayyorlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Qorishmalarni tayyorlash jarayoni tashkil etuvchi materiallarni tayyorlash, 
ularni o‘lchash (dozalash) va aralashtirishdan iborat bo‘ladi. Portlandsement, 
ohak, gips va boshqa bog‘lovchilar Davlat standarti talablariga javob berishi 
kerak. Qum zarurat bo‘lsa elanadi, yuvish usulida chang, loy miqdori meyorga 
keltiriladi. Ohak va giltuproq xamiri zarur quyuqlik darajasida tayyorlanadi. 
Qorishma harakatchanligini meyorga keltirish uchun tarkibiga kiritiladigan 


88 
plastifikatorlar va kimyoviy qo‘shimchalar tegishli konsistensiyagacha 
suyultiriladi. Qorishmalarni tayyorlashda mineral bog‘lovchilar massasi 
bo‘yicha, qum va suv hajm bo‘yicha o‘lchab solinadi. 
Qurilish qorishmalari 150, 375 va 750 l sig‘imli davriy ishlaydigan 
qorishma qorgichlarda tayyorlanadi (3.2-rasm). Qorishma qorgichlarda og‘ir 
qorishmalar 1-2 minut, engil qorishmalar esa 4 minut davomida aralashtiriladi. 
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalari quruq qorishmalar markazida suv 
qo‘shmasdan tayyorlanib, qurilish maydonlarida mahsus qorishma qorgichlar 
vositasida plastik qorishmaga aylantirilishi mumkin. Qurilish qorishmalari 
istemolchiga mahsus uskunalangan avtostisternalarda, avtosamosvallarda 
tashiladi. 
Quruq qorishmalar mahsus avtopristep qorishma qorgichlarda tashiladi va 
qurilish maydonlarida suv bilan aralashtirilib binolarga uzatiladi. Qorishma 
yuqori qavatlarga mahsus ko‘tarmalar, nasoslar yoki pnevmotransport vositasida 
yetkazib beriladi. 
Qurilishga keltirilgan qorishma partiyasi pasportida qorishma partiyasining 
nomi va nomeri, uning hajmi, tayyorlangan sanasi, markasi, tarkibi, 
harakatchanligi va suv ushlashlik xususiyati ko‘rsatilishi kerak. 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish