O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/78
Sana19.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#562466
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
Bog'liq
Beton va temir beton

 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Qurilish qorishmasi deb nimaga aytiladi? 
2.
Qurilish qorishmalarining qanday turlari mavjud?
3.
Qo‘llanilishiga ko‘ra qorishmalar nechta turga bo‘linadi? 
4.
Betonning qanday turlarini bilasiz? 
5.
Qorishma tarkibida to‘ldiruvchilar necha foizni tashkil etadi? 
1.3. Qurilish qorishmalari. Me'yoriy hujjatlar. Qo‘llanilishi bo‘yicha 
qorishmalar turi 
 
Ushbu bandda qurilish qorishmalari uchun ishlatiladigan xomashyo 
materiallar tavsifi va me'yoriy hujjatlar keltirilgan. Ishlatilgan xomashyo 
materiallar quyidagi usullar yordamida tadqiq etiladi: 
- kul va mis eritish toshqolining xossalari GOST 10538.0-72, GOST 25818-
91 talabi bo‘yicha aniqlanadi; 
- dispers materiallarning solishtirma yuzasi PSX-4 uskunasida havo 
o‘tkazuvchanlik usuli bilan aniqlanadi; 
- inert to‘ldiruvchilar-daryo yoki tog‘ jinslarini maydalashda olinadigan 
qumning xossalari GOST 8736-2014. «Qurilish ishlari uchun qum. Texnik 
shartlar» bo‘yicha aniqlanadi; 
-portlandsement GOST 10178-85 «Portlandsement va 
shlakoportlandsement. Texnik shartlar» va GOST 310.1-76, 310.3-76,
310.4-76 «Sementlar. Tadqiq etish usullari» talablarida keltirilgan usullar 
yordamida tadqiq etiladi; 
-qorishmalarning harakatchanligi GOST 5802-96. «Qurilish qorishmalari. 
Sinash usullari» orqali aniqlanadi. Mayda donadorli to‘lg‘azuvchi 
qorishmalarning harakatchanligini aniqlash uchun massasi 300 g, konus 


24 
balandligi 145 mm, asos diametri 75 mm va yuqori burchagi 30

teng bo‘lgan 
StroyTSNIL strandart metall konusidan foydalaniladi. 
Qotgan qorishmalarning xossalarini sinash ishlari o‘lchami 7,07x7,07x7,07 
sm bo‘lgan kub namunalar va o‘lchami 4,0x4,0x16,0 sm bo‘lgan to‘sincha 
namunalarda bajariladi. Qorishma qoliplarga zichlanmasdan quyiladi. Tajriba 
namunalarning qotish jarayoni 20 
0
S haroratda, nisbiy namligi 95 % bo‘lgan 
gidravlik yopqichli vannada 7, 28, 60, 90 va 180 sutka davomida amalga 
oshiriladi. Namunalar sinov ishlaridan oldin ko‘zdan kechiriladi, chiziqli 
o‘lchamlari o‘lchanadi, tarozida tortiladi va ularning zichligi aniqlanadi.
Qorishma asosida tayyorlangan namunalardan uchtadan olinib, ularning 
egilishga bo‘lgan mustahkamligi MII-100 asbobida, qolgan oltita yarimtalik 
namunalarning siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 10 tonnalik PSU-10 
gidravlik pressida sinab aniqlanadi va o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi. 
Qumli qorishma sement, qum, suv va turli xil qo‘shimchalar asosida 
qorishtirib tayyorlanadi. Qurilish qorishmalari suvoqchilikda, tosh, g‘isht, bloklar 
va boshqalardan devorlar qurishda, devorbop bloklar, plitalar tayyorlashda keng 
ishlatiladi. Bunda to‘ldiruvchilar yirikligi 5 mm dan ortmasligi lozim bo‘ladi.
Qurilishda zichligiga ko‘ra oddiy-zichligi 1500 kg/m
3
dan katta va yengil 
- zichligi 1500 kg/m
3
dan kichik bo‘lgan qurilish qorishmalari ishlab chiqariladi. 
Oddiy qorishmalar uchun to‘ldiruvchi chifatida zichligi (1500 kg/m
3
) dan katta 
bo‘lgan daryo toshlaridan maydalab olingan qumlar, yengil qorishmalar uchun 
g‘ovak to‘ldiruvchi qumi (keramzit, agloporit) qo‘llaniladi. 
Qorishmalarning plastikligini oshirishda plastifikator qo‘shimchalarning 
ahamiyati katta bo‘lib, g‘rvak asosga (g‘isht, yengil beton) yupqa qorishma bilan 
g‘isht terganda yoki suvoq qilganda u o‘zidagi suvni saqlagan holda qotishini 
ta'minlamasa asos suvni tezda o‘ziga singdiradi va qorishmaning mustahkamligi 
keskin kamayadi. Qorishmaning suv plastikligini ta'minlashda noorganik va 
organik qo‘shimchalar ishlatiladi. Suv va namni o‘zida saqlab turadigan 
qo‘shimchalar (ohak, kul, gil, diatomit, tuyilgan toshqol va boshqa) qorishmaning 
plastikligini oshiradi. Bunday qo‘shimchalar organik aralashmalar, qotgan 


25 
qorishma yuzasida oq dog‘lar hosil qiluvchi tez eruvchan tuzlar bo‘lmasligi kerak. 
Gil qorishmaga suvli quyqa holatida qo‘shiladi.
Qurilish qorishmalariga sirti faol plastiklovchi va havoni o‘ziga 
singdiruvchi organik qo‘shimchlardan Poliplast SP-1, Poliplast SP-1 VP, 
Poliplast SP 2 VU, Poliplast SP-3, LINAMIKS P-120, Poliplast Retard, Relamiks, 
Poliplast-R supperplastifikatorlar qo‘shiladi. Bunday qo‘shimchalarning 
afzalligi, ular qurilish qorishmasining harauatchanligini, mustahkamligini va
sovuqqa chidamliligini oshiradi, suvshimuvchanligi va kirishishini kamaytiradi, 
sement sarfini tejaydi. 
Qorishmalarning asosiy xossalari 
Qurilish qorishmasining harakatchanligi xossasi uni ishlatish uchun qulay 
bo‘lishligini tahminlashi kerak bo‘ladi. Tayyorlangan qorishmaga standart 
konusning qanday chuqurlikka botishiga qarab, uning harakatchanlik ko‘rsatkichi 
aniqlanadi. Standart konusning uchidagi burchagi 30
° 
bo‘lib, og‘irligi 300 
grammni tashkil etadi. Konuning uchi qorishma sirtiga tekkizilgan holda erkin 
cho‘ktiriladi (1.3-rasm) va mil uning necha santimetrga botganligini ko‘rsatadi. 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish