5-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Terminlarning yasalishi. Reja: Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi



Download 116,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana19.04.2022
Hajmi116,07 Kb.
#562294
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5210821487929332820

avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, 
ideologiya, inspektor, intelligent, kontrol, komandirovka, komandirovochnaya, 
leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor, 
revolyutsiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya, traditsiya, forma
singari 
so‘zlar o‘rnini 
muallif, me’mor, insonparvarlik, ma’ruza, mafkura, nozir, ziyoli, 
nazorat, safar, safarnoma, та’ruza, vazir, viloyat, bekat, sayyora, muammo, 
tuman, bildirishnoma/ xabarnoma, muharrir, inqilob, ma’lumot ma’lumotnoma, 
talaba, kotib/ kotiba, mavzu, hudud, an’ana, shakl
kabi tavsiya etilgan so‘zlar 
osonlik bilan egalladi. Chunki ular dubletlar sifatida tilimizda ozmi-ko‘pmi 
oldindan ham qo‘llanilib kelinayotgan edi. 
Ko‘pgina misollar tahlili atamalar, nomlanishlar turg‘unligi murakkab masala 
ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi sobiq Ittifoq tasarrufida ekanligida, 
rus tilining Ittifoq hududidagi boshqa tillarga ta’siri kuchli bo‘lgan paytlarda biz 
hech bir ikkilanmasdan 
respublika, oblast, rayon, avtor, agitatsiya, propaganda, 
ideya, plan, forma, protsent, protsess, komandirovka, raport, spravka, student, 
sekretar, ministr
kabi so‘zlarni, garchi ularning tilimizda (oldin qaysi tildan qabul 
qilingan bo‘lishidan qat’i nazar) muqobil variantlari bo‘lsa-da, ishlataverar edik. 
Vatanimizning mustaqillikka erishishi munosabati bilan tabiiy ravishda bu 
so‘zlarga jamoatchilik tomonidan munosabat bildirildi. 
Jumhuriyat, viloyat, tuman, 
muallif tashviqot, targ‘ibot, g‘oya, reja, shakl, foiz, jarayon, safar, bildirishnoma, 
ma’lumotnoma, talaba, kotib(a), vazir
kabi muqobil variantlari ham 90-yillar 



boshlaridan ular bilan bab-baravar qo‘llanila boshlandi va bu parallellik tilimizda 
me’yor sifatida ma’lum muddat saqlanib turdi. 
Endi oradan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, butunlay boshqa manzara 
kuzatiladi. Bu o‘tgan vaqt orasida birinchi guruh so‘zlar asosan ikkinchi guruh 
so‘zlariga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi, deb bemalol ayta olamiz. Nega asosan deb 
aytayapmiz? Shuning uchunki, saragi sarakka, puchagi puchakka deganlaridek, bu 
so‘zlarning har biri vaqt g‘alviridan o‘tdi. Ayrimlari hozir ham parallellik 
xususiyatini saqlab qoldi: 
respublika - jumhuriyat, universitet - dorilfunun
kabi. 
Ularning semantik-uslubiy ma’nolari aynan bir xil bo‘lmagani uchun ham shunday 
bo‘ldi. Bunday parallel qo‘llanishning boshqa sabablari ham bor. Biz 
tilshunosligimizda 
epitet – sifatlash, 
derivatsiya – so‘z 
yasalishi, 
affiks –
 qo‘shimcha, abbreviatura – qisqartma so‘z, anafora – misra boshidagi tovush 
takrori, antroponimlar – kishi ismlari, toponimlar – joy nomlari, atribut –
 aniqlovchi, 
affrikatlar – qorishiq 
undoshlar, 
stil – uslub, stilistika –
 uslubshunoslik 
kabi o‘nlab atamalarni parallel holda hozir ham ishlatib 
kelmoqdamiz. Buning boisi atamalarning birinchisi xalqaro termin sifatida barcha 
tillarda qo‘llanilib kelinayotganligidadir. 
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yangi tavsiya etilayotgan 
so‘zlarning ma’qul kelishi va me’yorlashishi ularni tilda avval qo‘llanilib 
kelinayotgan yoki kelinmayotganiga ham bog‘liq. Boshqacha aytganda, ularni 
ko‘rish va eshitishga odatlanish me’yorlashishiga ko‘maklashadi. 
Psixologiya faniga oid ko‘plab atamalar shu soha mutaxassislarining 
tavsiyasiga binoan o‘z o‘rnini sharq ilmida qo‘llanib kelingan atamalarga bo‘shatib 
berdi. 
Psixologiya – ruhshunoslik, psixika – ruhiyat, psixik protsess – ruhiy 

Download 116,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish