O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus


Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutqini o’stirish vazifalari



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/105
Sana18.04.2022
Hajmi1,38 Mb.
#561674
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105
Bog'liq
fayl 1499 20210818

 
Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutqini o’stirish vazifalari.
Maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishda tevarak atrof bilan tanishtirish 
va nutqni rivojlantirish bo’yicha olib boriladigan ishlar katta o’rin egallaydi. Bu 
ishlar faqat mashg’ulotlardagina amalga oshirilmasdan, balki bolalarning kundalik 
hayotida ham, mehnat faoliyatida va o’yin faoliyatida amalga oshiriladi.



bolaning o’z qarindoshlari, qo’shni tengdoshlari shaxsiga va faoliyatiga 
qiziqishini qo’llab-quvvatlash, birgalikdagi o’yinlarda ularning dialogik nutqini 
yo’lga qo’yishga ko’maklashish; 

turli muloqot vositalari, ya’ni - so’z, yuz ifodasi (imo-ishora)dan muayyan 
vaziyatni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan holda foydalanishni o’rgatish; 

bolalarning ertak va kichik hikoyalarni so’zlab berishga qiziqishini qo’llab-
quvvatlash; 

bolani “tovush», “so’z», “gap» atamalari bilan tanishtirish kabilardan iborat.
O’rta guruhda bolaning narsa (buyumlar) to’g’risidagi bilimlarini chuqurlashtirish 
bo’yicha mukammal ish olib borish ko’zda tutilgan. Bu guruh bolalarining faol 
lug’ati narsalarning nomlarini, qisimlarini, ularning sifatlarini va xususiyatlarini 
(rangi, shakli, uzunligi, tashqi ko’rinishi va boshqalar) hamda fazo va vaqtni 
bildiruvchi so’zlar hisobiga boyib boradi. Bolalarning o’z nutqlarida 
umumlashtiruvchi so’zlarni, ya’ni kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish- 
tovoqlar, sabzavotlar, mevalar, gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolarni 
ishlatishga o’rgatiladi; tanish buyumlarni guruhlashga va ularni tasniflashga (idish 
tovoqlar, choy idishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, 
oyoq kiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o’rgatiladi. 
4-5 yoshli bolalar jamiyat hayotining ayrim hodisalari bilan tanishtiriladi, kishilar 
mehnati, ularning kasblari, mehnat qurollari hamda ularning o’ziga xos 
xususiyatlari bilan tanishtirilib boriladi va buning natijasida ularning lugatlariga 
mehnat faoliyatining xususiyatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlarini bildiruvchi so’zlar kiritib boriladi.
O’rta guruhda ona shahriga, qishlog’iga bo’lgan qiziqish va muhabbatni 
tarbiyalash davom ettiriladi. Ularning nutqida jamoat binolarining nomlarini 
bildiruvchi so’zlar faollashtirib boriladi: pochta, maktab, do’kon, kino-teatr va 
hakozolar, faollashtirib boriladi hamda shahar va qishloqlarni, obodonlashtirish 
bo’yicha olib boriladigan mehnat faoliyatlarini bildiruvchi so’zlar hisobiga (yangi 
ko’prik qurishyapti, shahar bog’i tashkil qilindi) lug’atlari boyitib boriladi. Bola 


tilining lug’at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik qurilishini ham 
egallay boshlaydi.
O’rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: Bola besh 
yoshga etganda uning faol lug’ati boyib, munosabat doirasi kengayib, oddiy yoyiq 
gaplardan foydalana boshlaydi. So’z turkumlaridan otni tez o’zlashtiradi, vaqt, son 
shaxs kabi kategoriyalardan foydalanadi, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. To’rt 
yoshli bolalar o’z nutqlarida bog’lovchilarni ishlata boshlaydilar, otlarni ko’plik, 
birlik, bo’lishli, bo’lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to’g’ri ishlata oladigan 
bo’ladilar. Otlardan so’ng so’z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni o’zlashtira 
boshlaydilar. Lekin yangi o’zlashtirilgan so’zlarni hamma vaqt ham yangi 
grammatik shaklda eslab qola olmaydi, yoyiq gapdan foydalangan vaqtda uning 
mazmuni va shaklini tekshirib ulgгra olmaydi. Fe’llarning zamonga qarab 
o’zgarishini (hozirgi, o’tgan va kelasi zamon) tezda to’g’ri o’zlashtirib 
ololmaydilar, 
nutqlarida 
fe’llarning 
zamon 
qo’shimchalarini 
almashtirib 
yuboradilar. Ayrim bolalar nutqida gaplaridagi so’zlar bir-biriga to’g’ri 
bog’lanmaydi, ayrim so’z turkimlarini tushirib qoldiradilar.
To’rt yoshli bolalarni so’zlashuv (dialog) nutqiga o’rgatishda bolalarga berilgan 
savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo’lib so’zlashishga, suhbatda 
qatnashishga, o’rtog’ining javobini qunt bilan tinglashga va savollar berishga 
o’rgatiladi. O’rta guruhda bog’lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni 
hikoya qilishga o’rgatish kiritiladi. 4-5 yoshli bolalarni buyumlarni tasvirlashga 
(o’yinchoqlarni, o’simliklarni, kiyimlarni), ularning o’ziga xos belgilarini aytishga, 
bolalarga tanish bo’lgan qisqa ertaklarni (masalan: «Echki bolalari bilan»), 
mashg’ulotlarda birinchi martda o’qib berilgan uncha katta bo’lmagan hikoyalarni 
qayta hikoya qilishga o’rgatiladi. 
4-5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bilan ajralib turadi: 
birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa kishilar nutqidagi tovushlarni tez 
idrok etadilar, ikkinchi xususiyati esa tovush talaffuzidagi kamchiliklarni sezish 
qobiliyati еtarli rivojlanmagan bo’ladi va uchinchi xususiyati hali bolalarda 
artikulyatsiya apparati еtarli darajada rivojlanmagan bo’ladi. Bu yoshdagi 


bolalarda nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni va ona 
tilidagi hamma tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni shakllantirishga qaratilgandir.
Nutqning mazmundorligi, intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi, tempi, so’zlarda 
urg’ularni to’g’ri ishlatish, gapirganda to’g’ri nafas olish, va chiqarishni ham 
tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z), shovqinli (sh, j, ch) va sonor 
tovushlarni (l, r) to’g’ri talaffuz etilishiga alohida ahamiyat berish kerak.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish