M uzliklarning geologik ishi
T o g ‘ vo diy larid an yoki m aterik qiyaligidan pastga to m o n
h a ra k a tla n g a n d a m u z lik n in g q a n d a y y e m irish k u c h ig a ega
ekanligini tu sh u n ish qiyin em as, albatta.
M uzlik atrofidagi h aroratning keskin o ‘zgarishi, ch u n o n ch i,
kunduzi isib, kechasi sovib ketishi natijasida to g ‘ jinslari yem iriladi,
bu sovuqdan nurash deb ataladi. M uz ustidagi suv m uz yoriqlaridan
o ‘tib, u ning ichiga tushib m uzlaydi, m uz hajm i kengayadi va
m uz ostidagi yer yem iriladi. Bu m uz osti n urashi deb ataladi.
M uzlik m assasining bosim i (1 m 3 m uz — 920 kg) h a m ju d a katta
y em irish ishlarini bajaradi. U xuddi o m o c h g a o ‘xshab yerni
haydagandek o ‘yib ketadi, tog ‘ jinslarini teg irm o n d an chiqqan
und ek m aydalab yuboradi.
M uzlik o ‘z y o ‘lida uchragan q attiq to g ‘ jin slari va qoyalam i
m a y d a -m a y d a qilib, m ay d alan g an jin s la rn i olib k etad i, Y er
263
yuzasida katta ch uqurchalar hosil qiladi. M uzlikning bunday ishi
ekzaratsiya (haydash-kovlash) deb ataladi.
Shunday qilib, muzliklar tog' jinslarining maydalanishiga sabab
bo'ladi. M uzlik harakati natijasida yig'ilgan yotqiziqlar m orenalar
deb ataladi. Bu yotqiziqlar saralanm agan bo'lib, ular tarkibida
g ild a n to rtib k atta hajm li jin s la rg a c h a b o 'la d i. M o re n a la r
m uzlikning tagida, ustida va ichida joylashganligiga va tarkibiga
qarab bir necha turga ajratiladi. M orenalar asosan uch xil bo'ladi:
ostki, ustki va ichki morenalar. Ustki m orenalar muzlikka atrofdagi
yon bag'irdan sinib va uvalanib tushgan jinslardan iborat.
Ostki m orenalar m uzlik paydo bo 'lm asd an oldin yem irilgan
materiallami muzlik sidirib to'plashidan hosil bo'lgan. Keyinchalik
unga yon tom o nd an va ustdan em irilgan jin slar ustki yoriqlardan
tushib, qo'shiladi. Bu m orenalam ing ayrimlari juda qattiq va o 'tk ir
qirrali bo'lgani uchun m uzlik harakat qilgan vaqtda uning ustini
silliqlaydi, tirnaydi, o 'y ib ketadi, xullas, turli shakldagi izlar
q o ld irad i. M asa lan , m uzlik v o d iy lari, tro g va k arrla r q o 'y
peshanalari yuzasidagi izlar shular jum lasidandir.
Ustki yon m orenalar, ayniqsa tog' vodiylarida muzlik tili
ustida, u ning chekka to m o n id a qato r m arza tarzida ch o 'zilib
yotadi. Bu m orenalar yon bag'irdagi to g' jinslarining nurashi,
qulashi, siljishi va sochilm alardan hosil bo'lgan.
Ustki o 'rta m orenalar ikki vodiy muzligining qo'shilishi va
yon m orenalam ing birlashishidan hosil bo'ladi. Bular b a’zan muz
ustining uzoq vaqt erishi va ichki m orenalar chiqib qolishidan
ham vujudga keladi. Ichki m orenalar firn hududida (muzlik hosil
bo'ladigan joy) qorning ustm a-u st yog'ishi va qor orasida yon
bag'irdan tushgan tog' jinslari bo'laklarining qolib ketishidan ham
hosil bo'ladi.
Tog' muzliklari siljiganda ularning yon bag'rini silliqlab ketadi.
Qadim gi tog' m uzliklari harakati va ularning necha m arta surilib
o'tg anini vodiylar shaklidan bilish m um kin. M uz ostidan oqib
chiqqan suv ham m uzlik harakati natijasida hosil bo'lgan soylar
shaklini buzadi.
Yuqorida aytilgan ham m a m orena xillari muzlik etagida, ya’ni
m uzlik tilida yig'ila boshlaydi. C hunki m uz bu yerda erib ketadi.
264
M uz chekinganda b a ’zan m o ren alar oldingi o 'z holatini (ostki,
yon m orena) saqlab qoladi.
Y otqizilgan m o ren alar ikkiga: oxirgi va asosiy m orenalarga
bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |