VIII. Organizmni immun tizimi holatini baholash.
Zamonaviy tibbiy
immunologiya immun tizimning funksional faolligini aniqlaydigan
usullar to‗plamiga ega. Immunologik ko‗rsatkichlarni tekshirish R. V.
236
Petrov tomonidan 1984-yili ishlab chiqilgan ―odam immun holatini
baholash‖ nomli uslubiy tavsiyanomaga asosan o‗tkaziladi. Baholash
usullari ikki darajaga bo‗lingan. Birinchi daraja usullarida immunitet
holati taxminiy baholanadi. Agar bunda o‗zgarishlar topilsa, immune
tizimdagi nuqsonni chuqur va to‗liq aniqlash uchun ikkinchi daraja
usullari qo‗yiladi.
IX. Birinchi daraja immunologik usullar.
Taxminiy, birinchi daraja
immunologik usullarga quyidagilar kiradi (natijalar 1-2 kunda olinadi);
1)
sirtqi (kapillyar) qondagi leykosit va limfositlarning umumiy va
nisbiy miqdorini aniqlash;
2)
E-, EA- va EAC – rozetka hosil qilish usullari yordamida T- va
B- limfositlarning umumiy va nisbiy miqdorini aniqlash;
3)
zardobdagi asosiy immunoglobulinlar (IgM, IgG, IgA)
miqdorini immunodiffuziya va immunoelektroforez usullari yordamida
aniqlash (Ouxterloni va Manchini usullari);
4)
leykositlarning fagositar faolligini opsonin – fagositar reaksiyasi
yordamida o‗rganish.
X. Ikkinchi daraja immunologik usullar.
Ikkinchi daraja
immunologik usullarga quyidagilar kiradi (natijalar 3-7 kundan so‗ng
bilinadi);
1)
T-limfositlarning immunitetni nazorat qiluvchi subpopulyat-
siyalari miqdorini aniqlash (T-xelper, T-supressorlar);
2)
leykositlarning siljishini tormozlash usuli yordamida bu
hujayralarning xemotoksik faolligini aniqlash;
3)
mitogenlar yordamida immun nazorat hujayralarining funksio-
nal holatini aniqlash;
4)
tuberkulin, zamburug‗ antigenlari va allergenlar yordamida,
tezkor va sustkor giperta‘sirchanlik reaksiyalarini o‗rganish uchun terida
allergik sinamalarni qo‗yish;
5)
blasttransformatsiyasi reaksiyasi yordamida T- va B- limfosit-
larning mitogen, antigen va allogen hujayralarga qarshi proliferativ
faolligini aniqlash;
6)
tashqi membranasida har xil immunoglobulinlar tutuvchi B-
limfositlarni aniqlash;
7)
in vitro B-limfositlar kulturasida immunoglobulinlar sintezini
baholash;
8)
killer limfositlar (Komplement- va NK- hujayralar) faolligini
o‗rganish;
237
9)
immun tizim hujayralarining asosiy mediatorlari sintez qilishini
aniqalsh;
10)
immune birikmalarni aniqlash;
11)
komplementning har xil komponentlarini aniqlash;
12)
fagositar bosqichlarini va fagositlarning reseptor apparatini
o‗rganish;
13)
bilvosita rozetka hosil qilish usuli yordamida antigen bog‗lovchi
limfositlarni aniqlash;
14)
boshqa mahsus reaksiyalar.
Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan immun
holatni baholashning tekshirish usullari (2000 yil).
XI. Immunokimyoviy tekshirish usullari:
1)
immunoglobulinlarning sifat va miqdorini baholash;
2)
immune birikmalarni aniqlash;
3)
sitokin va ularning uruvchan reseptorlarini aniqlash;
4)
effektor hujayralar va yallig‗lanish reaksiyalarining mahsulot-
larini aniqlash;
5)
komplement komponentlarini aniqlash;
6)
o‗tkir bosqich oqsillarini aniqlash;
7)
boshqa oqsillar, masalan, β- mikroglobulinni aniqlash.
XII. Hujayraviy tekshirish usullari:
1)
limfosit subpopulyatsiyalari va ularning funksional holatini
belgilab beradigan fenotipik markerlarni aniqlash;
2)
limfoid hujayralar klonlarini aniqlash;
3)
in vitro
usulida limfositlarning proliferatsiya qilish va
immunoglobulinlar ishlab chiqarish faolligini aniqlash;
4)
limfosit va boshqa effektor hujayralarning sitotoksik ta‘sir
ko‗rsata olish hususiyatini aniqlash;
5)
makrofag va neytrofillarning funksional faolligini aniqlash;
6)
semiz hujayralar, bazofil va eozinafillarning funksional faolligi-
ni aniqlash.
Ko‗pgina usullar sezgirligi past, uzoq vaqt davom etadi, sh uning
uchun ularning ba‘zilari rivojlanib borayotgan tibbiy immunologiya
talablariga javob bermaydi. Immun holatni baholashdagi rivojlanishni 5
bosqichga bo‗lish mumkin (L. V. Kovalchuk bo‗yicha):
XIII. Immun holatini baholashdagi rivojlanish bosqichlari.
1.
Boshlang‗ich bosqich (1940–1970 yillar) –asosan yuqumli
kasallik qo‗zg‗atuvchilariga qarshi immunitet to‗g‗risidagi ma‘lumotlar
238
yig‗ildi. Bu bosqichda fagositoz, maxsus antitelolar miqdori komp-
lement, lizotsim, teri va shilliq qavatlarining bakterisid faolligi, umumiy
immunologik reaktivlik kabilarni aniqlash usullari amaliyotga kiritildi.
2.
Emperik bosqich (1970-1990-yillar) – immune tizimi, uning
asosiy komponentlarining tuzilishi va funksional faoliyati to‗g‗risidagi
ta‘limot yaratildi. Immun holatni ikki bosqichda tekshirish usullari
tibbiyotga tadbiq etildi.
3.
Patogenetik bosqich (XX asrning 90-yillari) – immune
omillarning antigenlarni tanishi, immunokompetent hujayralarning
faollashishi, proliferatsiyasi, differensiatsiyasi va immune javob
jarayonlarini nazorat qilish mexanizmlari o‗rganildi.
4.
Etiologik bosqich (XXI asr, taxminan 2000 – 2010-yillar) –
immune tizimdagi tanib oluvchi mexanizmlar buzilishlarini aniqlash va
bu holatlarni miqdoriy jihatdan baholashga asoslangan usullar yaratish.
Modomiki, immune tizimning asosiy vazifasi ―o‗zinikini‖ ―begonadan‖
ajratib tanib olish ekan, ko‗pgina yuqumli kasalliklar va o‗smalar
diagnostikasi, ularni davolash masalalarini etiologik asosini to‗g‗ri
baholash katta ahamiyatga ega. Buning uchun T-hujayra reseptorlarini
kasalxona sharoitlarida aniqlash usullarini ishlab chiqish lozim.
5.
Gen bosqichi (XXI asr, taxminan 2000 – 2010-yillar), bunda har
qanday antigenga qarshi rivojlanadigan immune javobning kuchini
nazorat qiluvchi genlar, immunoglobulinlar, limfosit reseptorlari va
immune tizim mediatorlari sinteziga javob beruvchi genlarni aniqlash
usullarini yaratish lozim. Bu immunoterapiya va immunoprafilaktikada
odamning buzilgan immunologik genomi reparatsiyasiga qaratilgan
miqdor mutlaqo yangi yondashishlarni ishlab chiqishga asos bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |