217
organizmi patogen mikrobning kirishiga to‗sqinlik qiladigan,
ularni
halokatga olib boradigan, yo bo‗lmasa organizmdan tezlik bilan chiqarib
yuboradigan bir necha tabiiy himoya qilish anatoma – fiziologik
xususiyatlarga va immunitetning boshqa omillariga ega. Teri, shilimshiq
pardalar, limfa bezlari, ichak va oshqozon shirasi, lizotsin moddasi, o‗t,
fagotsit va gumoral anatoma – fiziologik omillar bo‗lib, ular organizmni
mikrobdan himoya qiluvchi to‗siq sifatida himoya qiladi. Teri va
shilimshiq pardalar mikroblarning organizm to‗qimalariga o‗tishiga
to‗sqinlik qiladi, bular tabiiy to‗sqinlikdir.
IV. Fagotsitoz jarayoni.
31-rasm. Fagotsitoz
Organizmga kirgan mikroblarning ko‗payib
yoki aksincha yemi-
rilib yo‗q bo‗lib ketishi leykotsitlar va retikula – endotelial sistemasining
biologik reaksiyasiga bog‗liqdir. Bu hujayralarning mikrobga qarshi
faoliyati fagotsitoz (31-rasm
)
hodisasidan iboratdir. Fagotsitoz- bu
hayvon organizmi hujayralarining
zarrachalarini aktiv tutishi, bu
zarrachalar organik bo‗lgan taqdirda ularni hazm qilish jarayonidir. Bu
jarayonda asosiy rolni fagotsitlar o‗ynaydi. I. I. Mechnikov fagotsitoz va
uning immunitetdagi rolini aniq tajribalar bilan isbot etadi. U dengiz
yulduzining lichinkalri va dafniyalar ustida tajribalar o‗tkazadi . Olim
lichinka tanasiga tikan kiritadi. Bir necha vaqtdan keyin tikan atrofiga
talaygina harakatchan hujayralar to‗planganini aniqlaydi.
Ikkinchi
tajribada esa u dafniya tanasiga maxsus zamburug‗ sporalarini kiritadi.
218
Sporalar kam bo‗lganidan ularning hammasini harakatchan hujayralar
qamrab olib, hazm qilib yuboradi va dafniya tirik qoladi. Sporalar ko‗p
yuborilganda esa, ular o‗sib ko‗payardi va natijada jonivor nobud
bo‗lardi. Bu tajribalarga asoslanib Mechnikov
hayvonlar organizmi
maxsus hujayralar yordamida mikroblarni qamrab olib yutib yuboradi va
shu tariqa mikroblardan holos bo‗ladi degan xulosaga keladi. Bu
hodisani fagotsitoz deb, fagotsitoz qiladigan hujayralarni esa fagotsitlar,
ya‘ni yutib yuboradigan hujayralar deb ataydi. I. I. Mechnikovning
fikricha, qonning harakatchan hujayralarida leykotsitlar,
asosan
segmentlangan neytrofillar asosiy rol o‗ynaydi. Ular m i k r o f a g l a r
deb ataladi. Bundan tashqari, yirik hujayralar – m a k r o f a g l a r ham
bor.Bularga monotsitlar, qon tomirlarining endoteliy hujayralari, taloq,
jigar va boshqa organlarning retikula – endoteliy hujayralari kiradi.
Fagotsit reaksiya 3 fazadan iborat:
1.
Fagotsitlarning mikrobga yaqinlashuvi.
2.
Mikrobni qamrab olish.
3.
Fagotsitga yutilgan mikrobning hujayra ichida hazm bo‗lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: