K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev


Mikrobiologik laboratoriyalarni tashkil etish prinsiplari va



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

2.Mikrobiologik laboratoriyalarni tashkil etish prinsiplari va 
maqsadi 
Bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalar sanitariya 
epidemiologik stantsiyalar (SES) tarkibida, yirik shifoxonalarda va 
tibbiyot institutlarida (talabalar bilan mashg‗ulot o‗tish uchun) tashkil 
qilinadi. Bu laboratoriyalarda bemorlardan olingan patologik materiallar 
asosida bakteriologik, virusologik va serologik tekshiruvlar o‗tkaziladi. 
Shu bilan bir qatorda bu laboratoriyalarda bakteriya tashib yuruvchilar 
ko‗rikdan o‗tkaziladi, hamda suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari 
va turli mahsulotlar, buyumlar ham sanitariya bakteriologik tekshiruv-
dan o‗tkaziladi.
Kasalxonalar tarkibidagi bakteriologik, serologik laboratoriyalarda 
3-chi va 4-chi guruh yuqumli kasalliklar ( ichak, havo tomchi, yiringli 
infektsiyalar) tashxisi uchun tekshiruvlar o‗tkaziladi. Shu bilan bir 
qatorda shifoxonaning sanitariya gigiyena holatiga baho berishda, 
sterillash va dezinfektsiya sifatlari ham muntazam tekshirib boriladi. 


18 
Mikrobiologik laboratoriyalarda o‗tkaziladigan tadqiqotlar ularning 
maqsadiga ko‗ra aniqanadi. Klinika-diagnostika laboratoriyalarida yuqumli 
kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi aniqlanadi. Sanitar-epidimio-
logik stansiya (SES) larning laboratoriyalari sog‗liqni saqlash, savdo va 
umumiy ovqatlanish korxonalari sistemasida xizmat qiluvchi sog‗lom va 
yuqumli kasalliklar bilan bemor kishilardan olingan materiallarning bak-
teriologik va serologik jihatdan tadqiq etish vazifasini bajaradi. Bakte-
riologik laboratoriyalarda atrof-muhit obyektlarining (havo, tuproq, suv, 
oziq-ovqat mahsulotlari) bakterial zararlanishi yoki ifloslanishi o‗rganiladi.
O‗ta xavfli yuqumli kasalliklar ( toun, brutsellyoz, kuydirgi, tulyarl-
miya va bosh.) qo‗zg‗atuvchilari diagnostikasi maxsus laboratoriyalarda 
olib boriladi. 
Virusologik laboratoriyalar respublika, shahar, viloyat SES tarkibida 
va virusologiya ilmiy tekshirish institutida tashkil qilingan. Bu labo-
ratoriyalarda viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar (gripp, poliomielit, 
qizamiq va boshqalar) xlamidiya (ornitoz va boshqalar) va rikketsiylar ( 
toshmali tif, KU –isitmasi va boshqalar) qo‗zg‗atuvchilariga virusologik 
tashxis qo‗yiladi. Virusologik laboratoriyalarni tashkil etish, jihozlashda 
viruslar, hujayra kulturalari, tovuq embrionlari va laboratoriya hay-
vonlari bilan ishlashda maxsus bokslar ko‗zda tutiladi va juda qattiq 
aseptik sharoitlar talab etilishi xisobga olinadi. 
Laboratoriyalarni tashkil qilishda O‗zR sog‗liqni saqlash vazirligi 
qoshidagi rejim xa‘yatining talab qoidalariga qattiq amal qilinadi. Ishning 
hajmi va maqsadlaridan kelib chiqgan holda bir necha xonalarga joylashgan 
bo‗lishi mumkin. Har bir laboratoriyada quyidagilar mo‗ljallanadi: 
a) analizlarni ro‗yxatga olish va ularning javobini berish uchun 
xona; 
b) ayrim bakteriyalar guruhi ( ichak, havo tomchi, sanitariya va 
bosh.) bilan ishlash uchun xonalar; 
v) steril materiallar bilan ishlash uchun bokslar; 
g) serologik tekshirishlar o‗tkazish uchun xona; 
d) oziqli muhitni tayyorlash, sterillash uchun xona; 
z) idishlarni yuvish uchun alohida xonalar; 
j) sog‗lom va tajriba qilinayotgan hayvonlar va ularni saqlash uchun 
xona (vivariya).
Virusologiya laboratoriyalarida yuqorida ko‗rsatilgan xonalardan 
tashqari yana tekshiriladigan materialga maxsus ishlov berish va hujayra 
kulturalari bilan ishlash uchun alohida bokslar mavjud bo‗lishi shart.


19 
Maxsus laboratoriyalar esa vaksina, zardob va boshqa bakteriya 
preparatlarining zararsizligi va samaradorligini nazorat qilib turadi. Har 
qanday mikrobiologik laboratoriya strukturasiga quyidagilar kiradi: 
1) laboratoriya xonalari va aseptik sharoitda ishlash uchun bokslar; 
2) oziqali muhit, idishlarni sterillash, foydalanib bo‗lingan yuqumli 
materialni zararsizlantirish uchun maxsus jihozlangan xona; 
3) idishlarni tozalashga mo‗ljallangan yuvish xonasi; 
4) tajribaxona jonivorlarini saqlashga mo‗ljallangan alohida xona-
vivariylar; 
Laboratoriya xonalarining balandligi 3m dan kam bo‗lmasligi, 
ventilyatsiya (havo almashtirish), vodoprovod, kanalizatsiya, elektro-
energiya va imkoni bo‗lsa gaz bilan ta‘minlangan bo‗lishi kerak. Devor-
lar moybo‗yoq bilan bo‗yalishi yoki kafel plitkalari bilan qoplanishi, 
polga esa linoleum yoyilishi zarur. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish