K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev


 Faflarni tabiatda tarqalishi



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

 
8. Faflarni tabiatda tarqalishi 
Faglar tabiatda keng tarqalgan. Ularni mikroblar, ya‘ni fag xo‗ja-
yinlari bo‗ladigan xilma-xil substratlardan ajratib olish mumkin. Ichak 
faglarini oqava suvlar, tuproqdan, axlat-najasdan, stafilakokk faglarini 
esa burun, tomoq shilimshig‗i, teri qoplamlari, yaradan chiqadigan 
yiring va suvlardan ajratib olish mumkin. Hozirgi vaqtda deyarli barcha 
patogen va barcha nopatogen mikroorganizmlarning faglari: ichak guru-
hi bakteriyalari, korinobakteriyalar, streptokokklar, sporali mikroor-
ganizmlarning faglari bor. 
Fagni ajratib olish uchun tekshirilayotgan material filtrati zich yoki 
suyuq ozuqa muhitlariga ekiladi, ekilganida ham ajratilayotgan fag qaysi 
mikrob kulturasida ko‗payadigan bo‗lsa, o‗sha kultura bilan birga 
ekiladi. Test-kultura o‗sib chiqmaydigan bo‗lsa, bu holda fag bor deb 
faraz qilinadi.Tajriba qo‗yish hamisha test-kultura bakteriyalarini oziq 
muhitlariga kontrol uchun ekish bilan birga olib boriladi. Tekshirila-
yotgan materialda fag borligi aniq bo‗lganidan keyin uning miqdori 
ya‘ni fag titri belgilanadi. Fag titrini ikki ko‗rsatgich bilan ifodalash 
mumkin: 1) tekshirilayotgan 1ml materialdagi aktiv fag korpusku-
lalarining soni bilan;2)tekshirilayotgan suyuqlik ko‗pi bilan necha 
baravar suyultirilganda fag o‗zining litik ta‘sirini saqlab qoladigan 


143 
bo‗lsa o‗sha suyultirish darajasi bilan. Fagni titrlash uchun har xil 
metodlar taklif etilgan,shularning orasida ketma-ket suyultirish,suyuq 
ozuqa muhitidagi fagni Appelman metodi bo‗yicha titrlash va Gratsia 
tomonidan ishlab chiqilgan ikki qavat agar metodi eng ko‗p tarqalgan. 
 
9. Bakteriofaglarning qo„llanishi 
Fagodiognostika kasallik paydo qilgan mikroorganizm turini 
aniqlashning qo‗shimcha metodlaridan biridir. Spitsifik fag tufayli 
yuzaga kelgan lizisga qarab spitsefik immun zardob bilan agglyuti-
natsiyalanmaydigan shigellalar, salmonellalar, brutsellalar, vabo vibrion-
larining qaysi turiga kirishi aniqlab olinadi. Fagning spitsifek ta‘siriga 
qarab mikrobning turi yoki tipini aniqlash uchun tekshirilayotgan 
mikroorganizmning toza kulturasi suyuq yoki zich ozuqa muhitiga 
ekiladi.So‗ngra unga ma‘lum fagning bir necha tomchisi qo‗shiladi. 
Suyuq muhitdagi mikrob suspenziyasini tiniq tortishi va zich muhitdagi 
mikroblarning o‗smay qo‗yishi fagning ajratib olingan kulturaga mos 
kelishini ko‗rsatadi. O‗rganilayotgan mikrob kulturasini ekib ko‗rish 
yo‗li bilan kontroller qo‗yish shart. 
Fag titrini oshirish reaksiyasini infeksion kasalliklar dignostikasi 
uchun hamda tashqi muhitni patogen mikroorganizmlar bilan nechog‗li 
ifloslanganini aniqlash uchun mikrobiologlar B.D.Timakov va D.M. 
Goldfarb ishlab chiqishgan. Bu reaksiya mohiyati shundan iboratki tekshiri-
layotgan materialga indikator fagning ma‘lum miqdor korpuskulalari 
qo‗shiladi,tekshirilayotgan materialda qo‗zg‗atuvchi bo‗lsa, indikator fag u 
bilan to‗qnashadi va ko‗paya boshlaydi. Tekshirilayotgan materialga su‘niy 
ravishda qo‗shilgan fag korpuskulalarining ko‗payib o‗sib borishi unda 
gomologik qo‗zg‗atuvchi borligini ko‗rsatadi. Profilaktika vositasi tariqa-
sida ishlatiladigan faglar, masalan qorin tifi va dizenteriya faglari shu-
ningdek davo maqsadida beriladigan faglar bor. Antibiotiklar bilan fagni 
birga yoki bir-biridan keyin ketma-ket ishlatish ayniqsa yaxshi natija 
beradi.Vaboda kasallikni birinchi kunlarida fag juda yaxshi shifo bo‗ladi, 
keyinchalik esa antibiotiklar bilan qo‗shib ishlatilsa yaxshi natija beradi. Fag 
bilan antibiotiklarni birga qo‗shib ishlatish bakteriyalarning antibiotiklarga 
chidamli formalariga kuchli ta‘sir qiladi. 
Bakteriofagning bakteriyalar o‗zgaruvchanligining omili sifatidagi 
ahamiyati. Bakteriofaglar bakteriyalar o‗zgaruvchanligining qudratli 
omillaridir.Ulardan tirik vaksinalar olish,antigen xossalari,toksin hosil 
qilish va antibiotiklarga chidamlilikni bir bakteriyalardan boshqalariga 


144 
o‗tkazish uchun foydalaniladi.Fagdan foydalanilganda toun mikrobi 
bilan vabo vibrionining avirulent shtamlari olinadi,bulardan infeksion 
kasalliklarning profilaktikasi uchun ishlatiladigan vaksinalar tariqasida 
foydalaniladi. 
Fag yordamida streptomitsitlar, ya‘ni streptomisin ishlab chiqara-
digan zamburug‗larning yuqori unumli shtamlari olinadi. Fag yordamida 
streptomisinga chidamlilikni salmonellalarning streptomisinga bardoshli 
shtamlaridan sezgir shtamlarga,toksin ishlab chiqarish xususiyatini 
difteriya korinobakteriyalarining toksigen shtamlariga, harakatlanmay-
digan bakteriyalarga, masalan, kuydirgi bakteriyalariga harakatchanlik 
baxsh etish mumkin.

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish