KARTODIAGRAMMA USULI
. Siyosiy-ma'muriy va tabiiy chegarali hududlarda voqeahodisalarning miqdor va sifat ko'rsatkichlari diagrammalar yordamida tasvirlanilsa,
ushbu usul kartodiagramma usuli deyiladi. Kartodiagramma statistik usul hisoblanib, u bilan turli kartalarni (tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, qishloq xo'jaligi) tuzish mumkin. Dengizlarda
ovlanadigan baliqlar miqdori, sug'oriladigan yerlar tarkibi, yillik yog'in-sochin miqdori kabi kartalar, shuningdek, dunyo bo'yicha tayyorlanadigan yoqilg'i strukturasida ayrim
davlatlarning yoki guruh mamlakatlarning hissalarini kartodiagrammalarda ko'rsatish qulay. Kartodiagrammada turli sohalar hamda ularning strukturasi ham tasvirlanadi.
KARTOGRAMMA USULI.
Ushbu usul muayyan chegaradagi (asosan, ma'muriy chegara doirasidagi) voqea va hodisalarni nisbiy miqdorda ko'rsatish usulidir
Kartodiagrammaga o'xshab kartogramma usuli ham statistik usul bo'lib, ko'proq ijtimoiy-iqtisodiy kartalar tuzishda qo'llaniladi. Lekin bu ikki usul bir-biridan farq qilib, kartogrammada
voqea-hodisalar nisbiy miqdorda beriladi. Jumladan, aholining zichligi, yalpi aholi miqdorida erkaklar va ayollar salmog'i, ishga yaroqli kishilar soni, ekinlarining hosildorligi
kartogramma usulida tasvirlanadi. Undagi miqdor ko'rsatkichlar och yoki to'q qilib berilgan ranglar yoki shtrixlar orqali ko'rsatiladi. Misol uchun O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy
atlasidagi (2004) «Paxtachilik» kartasida paxta hosildorligining oshib borishini rangning quyuqlashib borishidan bilish mumkin. Bunda awal tumanlar maydondan olinadigan paxta
hosildorligiga qarab guruhlarga ajratiladi: 1) 20 sentnerdan kam; 2) 20 sentnerdan 25 sentnergacha; 3) 25 sentnerdan 29 sentnergacha va 4) 29 sentnerdan ortiq hosil olinadigan hududlar,
bular 4 xil quyuqlikdagi rang bilan tasvirlangan.
CHIZIQLI BELGILAR USULI.
Kartalarda voqea va hodisalarning miqdor ko'rsatkichlari chiziqlar yo'g'onligi bilan, sifat ko'rsatikchlari esa rang yoki shtrixlar bilan
tasvirlansa, bunday usul chiziqli belgilar usuli deb yuritiladi. Umumgeografik kartalarda chegaralar, daryolar, kanallar, temiryo'l va avtomobil yo'llari shu usulda ko'rsatiladi. Lekin bu
obyektlar masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Ayniqsa, iqtisodiy kartalarda buni ko'p uchratish mumkin. Ilmiy-tadqiqot ishlari va operativ-xo'jalik kartalarini tuzishda miqdor
ko'rsatkichlarni tasvirlaydigan chiziqlar masshtab asosida aniq ko'rsatiladi. Chiziqlar har xil ranglarda, ba'zan shtrix chiziqlar shakllarida berilib, sifat ko'rsatkichlarini ham ifodalaydi.
Chiziqli belgilar usuli yuk harakatini, ya'ni yuk tashish yo'nalishini tasvirlashda eng asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Bu usul o'quv-maktab kartalarida transportni tasvirlashda ko'proq
ishlatiladi. So'nggi paytlarda aholi kartalarida aholi migratsiyasi ham shu yo'sinda berilmoqda. O'zbekistonning siyosiy-ma'muriy kartasidagi viloyat chegaralari, daryo va kanalar,
temiryo'l va avtomobil yo'llari chiziqli belgilarda tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |