Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   372
Bog'liq
kriminalist

5. SHaxsiy tintuv
O‘zR JPKning 162 va 164-moddalarida 
belgilangan protsessual qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi. Bunda eng 
avvalo kiyim, poyafzal, bosh kiyimi va boshqa liboslar tekshiriladi. 
So‘ng tintuv qilinayotgan shaxsning tanasi ko‘zdan kechiriladi.
Tintuv tepadan pastga qarab o‘tkaziladi. Zarur holda kiyim 
choklari so‘kiladi, astarlar ochib ko‘riladi, klapanlar, kapyushonlar 
tekshiriladi. Qo‘lda olib yuriladigan narsalar – portfellar, keyslar, 


248 
sumkalar, ayollar sumkachalari, ryukzaklar, shuningdek foto va 
videokameralar, ularning g‘iloflari, mobil telefonlar, magnitofonlar, 
pleerlar va boshqa portativ radiotexnika qurilmalari, soyabonlar, kitoblar 
ayniqsa sinchiklab tekshirilishi lozim. Mobil telefoni xotirasida tintuv 
qilinuvchi 
doimiy 
ravishda 
foydalanadigan 
telefon 
raqamlari, 
shuningdek u oxirgi marta qo‘ng‘iroq qilgan raqamlar yozilgan bo‘lishi 
mumkinligini unutmaslik kerak. Ushbu axborot tintuv bayonnomasida 
aks ettirilishi lozim, telefon esa, olib qo‘yilishi va ish materiallariga 
qo‘shib qo‘yilishi mumkin (ayniqsa, agar u o‘g‘irlangan bo‘lib chiqsa).
Mobil 
telefonidagi 
raqamlar 
bo‘yicha gumon qilinuvchi 
(ayblanuvchi)ning 
shu 
jumladan 
kriminal 
muhitdagi 
aloqalari 
aniqlanishi mumkin. Mazkur mobil telefoni yordamida olingan foto va 
videokadrlar ham tergovchi uchun diqqatga sazovor bo‘lishi mumkin. 
Ularni ko‘zdan kechirish va tergov qilinayotgan jinoyat ishi uchun 
foydalilik nuqtai nazaridan tahlil qilish zarur. 
Tintuv o‘tkazishning taktik usullari 
 
Tintuv o‘tkaziladigan joyga borish shunday rejalashtirilishi 
zarurki, u erda tintuv qilinuvchi yoki uning balog‘atga etgan oila a’zolari 
bo‘lsin. Ammo, shuning bilan birga, tintuv qilinuvchi shaxs tintuv eriga 
tezkor xodimlar tomonidan tintuv boshlanishi vaqtida olib kelinishi ham 
ehtimoldan xoli emas. Agarda tintuv erida tintuv qilinuvchi yoki uning 
balog‘atga etgan oila a’zolari bo‘lmasa, tintuv faqat ob’ektiv sabablarga 
ko‘ra ularning ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Tergovchi tintuv eriga etib kelib, tintuv qilinuvchiga tintuv 
maqsadlarini e’lon qiladi hamda bu to‘g‘ridagi qarorni ko‘rsatadi. 
Tintuv qilinuvchiga uning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi va bu 
haqda tintuv bayonnomasiga tegishlicha qayd qiladi. Bundan tashqari, 
tintuv qilinuvchiga ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyum va 
hujjatlarni o‘z xohishiga ko‘ra topshirishni taklif qiladi. Agar ular tintuv 
qilinuvchining o‘z xohishiga ko‘ra topshirilsa, tintuv tergovchida 
hamma hujjat yoki buyumlar topshirilmaganligi haqidagi asoslar bo‘lgan 
holdagina o‘tkaziladi. 
Qidiruv harakatlarini amalga oshirishdan avval tergovchi tintuv 
joyi bilan tanishishi, qidiruv harakatlari hajmini aniqlashi, alohida 
e’tiborga molik joylarni belgilashi, ish hududini tergov guruhi xodimlari 
o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashi lozim. 
Tintuvning to‘g‘ri va samarali o‘tishi hamda dalillarni yo‘q qilish 


249 
ehtimolligining oldini olish maqsadida tintuv qilinuvchi va u bilan birga 
hozir bo‘lgan shaxslar bir xonada jamlanishi mumkin, ular telefonda 
gaplashishlari, tintuv tugaguncha tintuv erini tark etishlari taqiqlab 
qo‘yilishi mumkin. Voyaga etmaganlar, ayniqsa, bolalar qoida tariqasida 
tintuv o‘tkazilayotgan joydan chiqarib yuborilishlari lozim. 
Agar tergovchi tintuv erida hozir bo‘lgan shaxs o‘zida biror narsa 
yashirayotganiga asoslari bo‘lsa, u holda ushbu shaxsni shaxsiy tintuv 
qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi mumkin.
Tintuv erida noma’lum shaxslar paydo bo‘lsa, ular tergovchi 
tomonidan tintuv oxirigacha vaqtinchalik ushlab turilishlari mumkin. 
Agar ushbu shaxslar tintuv eriga o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun 
kelgan bo‘lsalar (shifokor, pochta xodimi, santexnik va boshqalar), 
ularning shaxsi, kelish maqsadlari aniqlanishi zarur. Ularning kelish 
maqsadlari tintuv qilinuvchining jinoiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmasa, 
tergovchi ularga javob berib yuborishi kerak. Zaruriy hollarda ular tintuv 
faktini sir saqlash to‘g‘risida ogohlantiriladilar. 
Tintuvni amalga oshirish muntazamlik va sinchkovlikni talab 
qiladi. Tergovchi yoki boshqa tintuv ishtirokchisi biror-bir predmetni tez 
ko‘zdan kechirib, uni qiziqtirgan boshqa ob’ektga o‘tishiga yo‘l qo‘yib 
bo‘lmaydi. Albatta, qidiriladigan ob’ektlar jismoniy va boshqa 
xususiyatlariga ko‘ra berkitilishi mumkin bo‘lmagan predmetlarni 
sinchkovlik bilan tekshirish ehtiyoji yo‘q. Tintuv eridagi hamma boshqa 
predmetlar har tomonlama o‘rganilishi lozim. 
Predmet va hujjatlarni yashirin joylarda saqlashdan tashqari 
jinoyatchilar tergovchining avvalambor yashirin joylarni qidirish inson 
ruhiyatiga asoslanib qidirilayotgan hujjat va predmetlarni tergovchi 
e’tibor bermaydi deya hammaning ko‘z o‘ngida qoldirishi mumkin 
(masalan, daliliy hujjatlarni yozuv stolida boshqa qog‘ozlar bilan birga 
qoldirish). Ba’zan, tintuv qilinuvchilar yashirin joy sifatida bu maqsadlar 
uchun mo‘ljallanmagan predmetlarni ishlatadilar (murabboli bankalar, 
tilla va qimmatbaho narsalarni saqlash, kitoblar esa, qurol-yarog‘larni 
saqlash uchun va hokazo). SHuning uchun tergovchi, tintuv eridagi uy 
jihozlari, kiyim, oyoq kiyim, maishiy texnika, kitoblar, bolalar 
o‘yinchoqlari, idish-tovoq, oshxona jihozlari, oziq-ovqatlar va 
boshqalarni diqqat bilan o‘rganishi zarur. 
Imoratda, shuningdek, hovli inshootlarida, tomorqa va boshqa 
joylarda tintuv o‘tkazganda tergovchi har doim bir yo‘nalish bo‘ylab 
harakatlanadi, masalan, spiral bo‘yicha, soat mili bo‘yicha, narsalarni 
birin-ketin tekshirib, so‘ng – xona markazi, devorlar, pol, keyin esa 


250 
boshqa xonaga yoki imoratga o‘tadi. 
Qidiruv vaqtida tergovchi biror-bir joyda yashirin joy borligiga 
asos bo‘luvchi turli xil salbiy holatlarni, izlarni e’tibordan qochirmasligi 
zarur. Masalan, yam-yashil o‘tlar orasida sarg‘aygan o‘tli hudud, 
tomorqadagi yangi qazilgan joy, devorning yangi gulqog‘oz 
yopishtirilgan qismi, pol taxtalarining biridagi mixlarning yangi 
yaltillovchi qalpog‘i va boshqalar tergovchining e’tiborini o‘ziga jalb 
etishi hamda mazkur ob’ekt yoki hudud qismini sinchkovlik bilan 
tekshirish uchun asos bo‘lishi zarur. Murda ko‘milgan joyni uy 
hayvonlari va parrandalarning o‘zlarini besaranjom tutishlari ham 
ko‘rsatishi mumkin. 
Paydo bo‘lgan shubhalarni tekshirish uchun tergovchi щup yoki 
boshqa ingichka predmet yordamida yumshoq mebelni, o‘rin-to‘shakni, 
erni va boshqalarni tekshirib ko‘rishi mumkin. Bu narsa etarli bo‘lmagan 
holatlarda murakkabroq asbob-uskunalar qo‘llaniladi: murda va mina 
qidiruvchi, portativ rentgen uskunasi va boshqa qidiruv vositalari. 
Zaruriyat tug‘ilganda uning ortida yashirin joy borligi taxmin 
qilinayotgan to‘siq buzib tashlanishi, uy-jihoz texnikasi va agregatlar esa 
qismlarga bo‘lib tashlanishi mumkin. 
Agar qidiruv harakatlari davomida yopiq joylar aniqlansa, 
tergovchi qulf, eshik va boshqa predmetlarni buzib, mulkka zarar 
etkazilishining oldini olish maqsadida, dastlab undan yopiq joyni 
ochishni so‘rashi lozim. Tergovchi tomonidan yopiq joyni ochish usuli 
tintuv bayonnomasida qayd etilishi zarur. 
Tintuv vaqtida topilgan bir qator bir xil predmetlar orasidan jinoiy 
ishga aloqadorlarini aniqlash maqsadida sodda analitik namunalar olish 
mumkin. Masalan, giyohvand moddalarni tintuv qilinuvchida mavjud 
boshqa dorilardan, qon izlari va boshqa biologik izlarni ajratish uchun 
tintuv erida tegishli mutaxassis tomonidan ekspress-usullarni qo‘llab, 
dastlabki o‘rganishlarni o‘tkazish mumkin. 
Qidiruvni amalga oshirishda tergovchi uning tasarrufidagi tintuv 
qilinayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni e’tiborga olishi shart. 
CHunki bu kabi ma’lumotlarning hisoboti tintuv o‘tkazishning to‘g‘ri 
taktikasini tanlash va mazkur tergov harakatini samarali o‘tkazish 
imkonini beradi. 
Ko‘pinchalik tintuv qilinuvchilar ashyoviy dalillarni kir 
kiyimlarda, bolalar buyumlarida, o‘yinchoqlarda va boshqalarda 
saqlaydilar. Ba’zan ularni ayblovchi hujjatlarni tergovchining bir xil 
ishni uzoq vaqt bajarishidan hosil bo‘ladigan charchoq va e’tiborini 


251 
susayishiga mo‘ljallab, uy kutubxonasidagi kitoblar orasiga joylaydilar. 
Bu kabi vaziyatlarda tergovchining qat’iylik, keskinlik, sabotlilik kabi 
fazilatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tintuv uzoq vaqt davom etganda 
dam olish uchun qisqa tanaffuslar qilish tavsiya qilinadi. 
Tintuv vaqtida tergovchi ba’zan tintuv qilinuvchining shaxsiy 
hayotiga oid holatlar bilan to‘qnash keladi. Masalan, qidiruv vaqtida u 
tintuv qilinuvchining shaxsiy yozishmalariga, shaxsiy hayotiga taalluqli 
va tergov qilinayotgan hodisaga aloqasi bo‘lmagan hujjat va 
predmetlariga duch kelishi mumkin. Qonun fuqarolar manfaatini 
ko‘zlab, tergovchi bu kabi holatlar ovoza bo‘lmasligi uchun bor 
imkoniyatlarini ishga solishini ko‘rsatadi. SHuning uchun qidiruv 
harakatlari davomida tergovchi xolislar va tintuvning boshqa 
ishtirokchilari e’tiborini bu narsalarga, agar ularning ishga aloqasi 
bo‘lmasa, katta urg‘u berib qaratmasligi lozim. Agar bu holatlar tergov 
qilinayotgan ishga aloqador bo‘lib, xolislar va tintuvning boshqa 
ishtirokchilari ular bilan tanishishlari shart bo‘lsalar, tergovchi ularni bu 
holatlarni ovoza qilmasliklari to‘g‘risida ogohlantirib, ulardan tilxat 
olishi zarur. 
SHuningdek, tintuv vaqtida ishga aloqador hujjat va predmetlardan 
tashqari tintuv qilinuvchi tomonidan sodir etilgan boshqa jinoyatga 
aloqador predmetlar, ro‘yxatga olinmagan qurol-yarog‘ va fuqarolik 
muomalasidan chiqarilgan boshqa predmetlar ham olib qo‘yiladi. 
Alohida hollarda ba’zi bir fuqarolar qaytadan tintuv qilinishlari 
mumkin. Qayta tintuvga ehtiyoj, birinchi tintuv ma’lum sabablarga ko‘ra 
yuzaki o‘tkazilgan bo‘lsa yoki tergov davomida, tintuv qilinuvchida 
uning jinoiy faoliyatining aniqlangan yangi epizodlariga taalluqli 
predmetlar borligi haqidagi yangi ma’lumotlar paydo bo‘lgan bo‘lsa 
yuzaga keladi. Bundan tashqari, avval tintuv qilingan shaxs turar joyiga 
tergovchi endi e’tibor bermaydi deb hisoblab, birinchi tintuvda topilishi 
va aniqlanishi lozim bo‘lgan ob’ektlarni o‘z turar joyiga olib kelishi kabi 
hollar ham qayta tintuvga asos bo‘lishi mumkin. 
SHaxsiy tintuv, tintuvning boshqa turlari kabi prokuror sanksiyasi 
bilan tergovchining asoslangan qaroriga binoan amalga oshiriladi. 
SHaxsiy tintuv faqat bir jinsdagi shaxs tomonidan ushbu jinsdagi 
xolislar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin. Buning uchun alohida xona 
ajratiladi va undan begonalar chiqarib yuboriladi. Iloji bo‘lsa, tintuv 
qilinuvchi tintuv vaqtida qarshilik ko‘rsatmasligi uchun tintuv ikki 
xodim tomonidan amalga oshirilishi ma’qul. Tintuv qilinuvchining 
avvalo cho‘ntaklari tekshiriladi, quroli olib qo‘yiladi, shuningdek, 


252 
qarshilik ko‘rsatishi uchun qo‘l keladigan har qanday predmetlar olib 
qo‘yiladi. CHo‘ntaklar, sumkalar va tintuv qilinuvchining boshqa 
buyumlari e’tibor bilan tekshiriladi. Agar shaxsiy tintuvni o‘tkazish 
inson tanasini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lsa, tintuv o‘tkazish uchun 
shifokorni taklif qilish maqsadga muvofiqdir. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish