Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Qiyoslash
- tashqi dunyoni idrok qilishning asosiy usullaridan biri. 
Qiyoslashsiz tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan faqat murakkab 
hodisalarni emas, balki juda oddiy hodisalarni ham bilish mushkul. 
Bilish jarayonida, shu jumladan, jinoyatni tergov qilish va 
ekspertiza jarayonida mazkur metodni keng qo‘llash zarurati yuqorida 
ta’kidlangan holat bilan izohlanadi. Qiyoslash kriminalistikada, umuman 
identifikatsiyalash maqsadida o‘tkazilayotgan tadqiqotda alohida 
ahamiyatga ega. 


17 
Kriminalistik maqsadlarda amalga oshiriladigan qiyoslashda tez-
tez uchraydigan belgilar muhim o‘rin tutadi. Qiyoslash metodi 
kriminalistik amaliyotda mantiqiy bilishning boshqa metodlari, ya’ni 
tahlil qilish, hodisalarni bir butun holda tekshirish usuli bilan qo‘shib 
olib boriladi. 
O‘lchash.
Bu metod yordamida o‘lchanadigan buyum va o‘lchov 
birligi, miqyosi yoki etaloni (metr, kilogramm, minut, litr, harorat, rang 
kabilar) o‘rtasidagi nisbat orqali belgilanadi. Aniq o‘lchovga ega bo‘lish 
uchun maxsus asbob va anjomlardan foydalaniladi. O‘lchov ilmiy va 
amaliy faoliyatda muntazam qo‘llaniladi. U kriminalistikada hodisa yuz 
bergan joyni va ashyoviy dalillarni o‘rganishda, ekspertiza va boshqa 
tergov harakatlari o‘tkazishda foydalaniladi.
Tasvirlash.
Mazkur metod vositasida tadqiq etilayotgan ob’ektlar 
belgilari va xossalari tasvirlab yoziladi (sanaladi). Bu uslub ob’ekt 
haqida to‘la tasavvur hosil qilish yoki alohida tomonlari, tarkibiy 
qismlari to‘g‘risida xulosa qilish imkoniyatini beradi. Tasvirlash sifatli 
va miqdorli, tuzilmali va funksional, to‘la va to‘liq emas va h.k. bo‘lishi 
mumkin. U og‘zaki va yozma shaklda, shu jumladan raqam, rasm, ramz 
va boshqacha tarzda amalga oshiriladi.
Buyum va voqeliklarni bevosita va bilvosita tasvirlash turlari bor. 
Birinchi holatda kriminalist tekshirilayotgan ob’ektning belgilarini, 
ya’ni shaxsan o‘zi qabul qilgan, his etgan narsani tasvirlaydi, ikkinchi 
holatda boshqa odamlar ko‘rsatgan belgilar asosida, masalan, guvohlar, 
jabrlanganlarning so‘zlari asosida shaxs qiyofasini tasvirlaydi. 
Qiyoslash ma’lum tartibda bajariladigan tasvirlash va solishtirib 
ko‘rish elementlari bilan bog‘lab olib borishdir. Jumladan, 
kriminalistikada odamning tashqi qiyofasini so‘z orqali ifodalash, 
ta’riflab berish anatomik va funksional belgilar yordamida amalga 
oshiriladi. Izchilligi, belgilarining soni va so‘z tarzidagi ifodasi ma’lum 
tasvirlar vositasida bayon etiladi. Bunday tasvirlarda solishtirish 
elementlari ancha ahamiyatli o‘rin egallaydi. 
Qiyoslash metodini qo'llash mantiqning ikki qoidaga javob berishi 
kerak:
1) ob'ektiv voqelikning bir hilda predmetlari va hodisalarini, bir 
turdagi tushunchalarni qiyoslashga yo'l qo'yiladi;
2) qiyoslashda muhim ahamiyatga molik belgilardan foydalaniladi. 


18 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish