Fan yuzasidan soatlar yuklamasini hisoblashda avditoriya va mustaqil
ta’lim soatlari 40/60 nisbatda bo’ladi ya’ni 40 soat auditoriya soati bo’lsa 60
soat mustaqil o’zlashtirish uchun soatlar ajratiladi. Fan yuzasidan talaba
egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malakaga ega bo’lishi uchun
mustaqil ta’lim mavzularini to’liq o’zlashtirishi lozim.
Mustaqil ta’limning mazmuni talabalar tomonidan
- amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik;
- uy vazifalarini bajarish;
- nazariy bilimlarni o’zlashtirish;
-mustaqil ta’lim uchun mo’ljallangan mavzularini o’zlashtirishdan iboratdir.
Tarixiy, matematik va pedagogik materiallar asosida davra suhbatlarni
o’tkazilishini tavsiya etiladi. Bunda talabalar Internet va boshqa manbaalardan
foydalanib o’zlari matematikaning inson turmushidagi o’rni, matematika
metodlarining kasbiy faoliyat sohasiga tatbiqi, matematikaning asosiy bo’limlari
haqida tarixiy va boshqa ma’lumotlar, buyuk allomalar hayoti va ijodi,
matematikaga qo’shgan hissalari kabi mavzular bo’yicha qisqacha ma’lumotlar
bayon qiladilar. Tabiiyki, bunday tadbirlar talabalarda matematika faniga
qiziqishni kuchaytiradi va yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishga zamin
yaratadi. Mustaqil ishni tashkil etishda unga mo’ljallangan har bir bo’lim bo’yicha
adabiyotlar talaba tomonidan o’rganilishi, mustaqil ish uchun mo’ljallangan
nazariy va amaliy bilim mavzularini o’zlashtirishi, har bir bo’lim bo’yicha berilgan
topshiriqlarning mos varianti talaba tomonidan bajarilishi talab qilinadi.
Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirishda yuqorida keltirilgan asosiy va
qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
F
an yuzasidan berilgan test, topshiriq, oraliq va yakuniy nazorat
savollari ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’tilgan mavzulardan
hamda mustaqil o’zlashtirish uchun berilgan mavzular yuzasidan
bo’ladi!!!!
Mustaqil o’zlashtirish uchun mavzular:
1.
Matematikaning rivojlanish davrlari.
2. O‘rta asr Sharq allomalarining matematikaga qo‘shgan hissalari
3. L.Eyler, J.Venn, R.Dekart hayoti va ilmiy faoliyatini o‘rganish.
4. Sonli to‘plamlar haqida ma’lumot.
5. To‘plamlarni sinflarga ajratishga oid misollar.
6. N.Ya.Vilenkinning «To‘plamlar haqidagi hikoyalar» kitobini o‘rganish.
7. Moslik va munosabatga oid misollar.
8. Binar algebraik operatsiyalarga misollar.
9. Kombinatorika fani rivojlanish tarixi.
10. Kombinatorika mavzusidagi formulalar yordamida echiladigan masalalar
tuzish.
11. To‘rt buyoq muammosi.
12.
Pifagor sonlari. Fermaning buyuk teoremasi va uning isbotlanishi.
13.
Qiziqarli kombinatorika.
14.
Tushunchalarni ta’riflashga oid misollar.
15.
Kvantorlarni qo‘llash.
16.
Matematik isbotlash usullari, to‘g‘ri va noto‘g‘ri muhokamalar, chala va
to‘la induksiyaga oid misollar topish.
17.
Qiziqarli topologiya.
18.
Matematik naqshlar.
19.
Matematik o‘yinlar
20.
Shaklli sonlar. Oltin kesim
21.
Kassini ovallari va Bernulli lemniskatasi
22.
Graflar. Kyonigsberg ko‘priklari xaqidagi masala.
23.
Tabiatdagi simmetriya
24.
Natural son va nol tushunchasining vujudga kelishi tarixini o‘rganish.
25.
Nomanfiy butun sonlar ustida bajariladigan arifmetik amallar
xossalarini isbotlash.
26.
Matematik induksiya metodini qoMlashga oid misollar yechish.
27.
Natural sonni miqdorlarni o’lchash natijasi sifatida qaralishi nazariyasini
o‘rganish.
28.
Kesmalarning o’lchasmi sifatida qaralgan sonlar ustida arifmetik amallar
ta’rifi va amallar bajarish xossalari
29.
Zanjirli kasrlar
30. Dirixle prinsipi.
31. Irrasional va trassendent sonlar.
32. Paradokslar va sofizmlar.
33. Matematik rebuslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |