145-modda. Vijdon erkinligini buzish
Diniy tashkilotning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni o‘tkazishga to‘sqinlik qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan
huquqdan mahrum qilish, yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
(145-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-
onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(145-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga
to‘sqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yig‘im undirish va soliq olish bilan yoxud shaxsning sha’ni va
obro‘sini kamsituvchi chora-tadbirlar qo‘llash bilan yoki diniy ta’lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga
e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish
yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bog‘liq diniy faoliyat
yuritish, shuningdek diniy marosimlar o‘tkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(145-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
(145-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga asosan
ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |