O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/252
Sana17.04.2022
Hajmi1,96 Mb.
#559327
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   252
Bog'liq
Umumiy qoidalar

82 -modda. Majburiy jamoat ishlari
Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki
yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga va
ma’naviy jihatdan rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, o‘qish jarayonini buzmasligi lozim.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlarini bajarish
muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi,
mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha bo‘lgan muhlatda kuniga ikki
soatdan oshmasligi kerak.
Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining o‘talmagan
muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning
bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo
bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-sonli “Majburiy jamoat
ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizomni hamda majburiy jamoat ishlari turlarining
ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
(82 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan kiritilgan —
O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
83-modda. Axloq tuzatish ishlari
Oldingi tahrirga qarang.
Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish joyida o‘tash,
aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o‘zi yashaydigan
hududdagi boshqa joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-
sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 12 va 18 — 23-bandlari.
(83-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan
bo‘yin tovlagan taqdirda, sud bu jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni
cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash
yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539, 541-moddalari, 542-moddasining uchinchi
qismi, 545-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”),
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 67-
moddasi.
(83-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini
yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish