15.10.2020
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
128/183
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
223-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish
Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan
o‘tish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(223-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonunning 10, 12, 15-moddalari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi
408-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga
kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi”.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘sha harakatlar:
a) chegarani yorib o‘tish yo‘li bilan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan maxsus kelishuvni talab
qiladigan mansabdor shaxslarning” ro‘yxati, “Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning” ro‘yxati, “Xorijiy mamlakatlarga
xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab
qiladigan mansabdor shaxslarning” ro‘yxati.
d) O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs tomonidan sodir
etilgan bo‘lsa.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bobi.
(223-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
besh yildan o‘n yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan
foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-
sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining
ikkinchi xatboshisi, 12-bandining birinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
(224-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-579-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini
yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: