15.10.2020
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
109/183
(192 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran;
b) ko‘p miqdorda;
v) tamagirlik yo‘li bilan;
g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh
yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Basharti pora evaziga og‘dirib olishni amalga oshirgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki
mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu
haqda o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol
yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-
sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning
sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining to‘rtinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining birinchi xatboshisi.
Do'stlaringiz bilan baham: