15.10.2020
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
76/183
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash,
saqlash yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(156-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184 -moddasi,O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi
hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Nizom”ning 18-bandi.
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki
nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha’n-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy e’tiqodiga yoki
daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar,
shuningdek, milliy, irqiy, etnik mansubligi
yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita
yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(156-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) boshqa shaxslarning
hayoti uchun xavfli usulda;
b) badanga og‘ir shikast yetkazgan holda;
v) fuqarolarni doimiy yashash joyidan zo‘rlik ishlatib ko‘chirgan holda;
Oldingi tahrirga qarang.
g) mansabdor shaxs tomonidan;
(156-modda uchinchi qismi dispozitsiyasining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi
O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi;
(156-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi O‘RQ-37-son Qonuni tahririda — O‘R QHT,
2006-y., 25-26-son, 226-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: