1.2 Xalq ogzaki ijodining tur va janrlarni bir-biridan farqlab, asoslab beradilar.
madaniyati tarixida suz san‘ati va uning eng qadimgi turi hisoblangan Xalq ijodi,
ayniksa, uning epik janri dostonlar goyat faxrli urin tutgan, mexnatkash Xalq
ommasining goyaviy, axloqiy, ma‘rifiy, ma‘naviy va estetik takomilida Xalqning asrlar
davomidagi xayotiy tajribalari, ozod va farovon hayotga intilishlari, adolatsizlik va
xaqsizlikka karshi kurashlari uz ifodasini topgan. Shu ma‘nolarida asrlar davomida
saykal topib, avloddan-avlodga utib kelayotgan uzbek Xalq dostonlari ijtimoiy
tarakkiyot bilan boglik bulib, Xalq turli davrlarda sodir bulgan iktisodiy-ijtimoiy
uzgarishlarni, insoniy, ma‘naviy va axloqiy qadriyatlarni, marosim va urf-odatlarni
uzida qamrab kelgan boy va mukammmal bir manbadir. Binobarin, bu manbani xar
jixatdan urganib, ularda ifodalangan an‘anaviy qadriyatlarini, muxim goyalarni
umumlashtirib va ulardan yosh avlodni tarbiyalashda ular orqali yuqolib borayotgan,
insoniy qadriyatlarni tiklashda samarali foydalanish Xalq ta‘limi oldida turgan, xozirgi
qayta kurishga va jumxiriyatimiz istikloliga xizmat qiladigan dolzarb vazifalardandir.
55
Buni biz uzbek Xalq eposining faxri, Xalqimizning yagona qaxramonlik eposi
«Alpomish» dostoni misolida kurishimiz mumkin. «Alpomish» dostoni juda qadim
zamonlardayok uzbek Xalqi urtasida keng tarkalgan bulib, Xalq shoiri va baxshilari
tomonidan uni kuylash katta san‘at, iste‘dod va maxorat hisoblangan, uni kuylaganda
esa aloxida xurmat –e‘tiborga va nufuzga ega bulganlar. Shu sababli, «Alpomish»
dostonining variantlari xam kup.Chunonchi, xozirgi kungacha jumxiriyatimiz xududida
bu dostonning uttizga yakin variyantlari yozib olingan bulib, ular ichida eng
mukammmali, goyaviy-badiiy jixatdan eng yuksagi Fozil Yuldosh uglidan 1928 yilda
yozib olingan variantidir. Shuning uchun xam dostonning shu varianti uzbek va rus
tillarida kuplab marta nashr etilib, keng kitobxonlar ommasi tomonidan sevib ukilib
kelinmoqda. Chunki «Alpomish» dostonida Xalqimizning kaxramonona utmishi,
yanada aniqroq aytadigan bulsak, urugchilikning yemirilishi davrida chorvador
Xalqimiz xayotida davlatchilikning paydo bulishi davrining munosabatlari, ijtimoiy-
siyosiy xayoti, udumlari axloq-odobi, qardoshlik tuygulari, kurashi, uy-fikrlari, orzu
xavaslari yorqin ifodalangan.«Alpomish» dostoni ikki qismdan iborat bulib, unda uzbek
Xalqimizning qabilachilikdan feodalizmga kuchish, feodalizmning dastlabki kunlari
tas‘virlangan.
Dostonning mazmunidan ma‘lum buladiki, uning birinchi qismida oila uchun
kurash g`oyasi, ikkinchi qismida esa urug birligi uchun, uz elining or-nomusi uchun
kurash g`oyasi ilgari surilgan. Doston syujeti un olti urug Kung`irot elida Alpinbiyning
ugillari Boyburi va Boysarilarning farzandsizlik dogida iztirob chekib yurishi va
dostondagi an‘anaviy motivga kura, xudo Boyburiga egiz bilan boshlanadi. Mana shu
farzand kurish voqrasidayoq Xalqimizning an‘anaviy udumlari suyunchi olish, tuyga
tayyorgarlik, maslaxat oshi va tuy utkazish udumlari yorqin ifodalanganini kuramiz.
Chunonchi: «Boylar shul vaktda ovdan kaytdi :bu yokdan shul vaktda farzandlar yer
yuziga tushdi. Bir nechalar boylarning oldiga chikib, suyunchi oldi: Biylar vakti ziyoda
xush bulib, manzilga kelib joy olib, xar tarafga xabar yuborib, tuy- tomosha kilmoqchi
bulib, choglanib, sozlanib, un olti urug Kung`irot elining katta kichik biylarini, oksokol
arboblarini yig`dirib, tuy qilamiz deb maslaxat qildi. Xamma mamlakatda ovoza bulib,
eling-yurting katta-kichiklari kulluk bulsinga kelib, dustlari shodmon bulib,
dushmanlari g`amgin bulib, ilojini topolmay, g`amgin bulsa xam, xech kim (yuragini)
yorolmay, bular xam kulluk bulsinga kelaverdi,. Un olti urug Kung`irot urugining
odamlari, eshitgan xaloiqlar gurros-gurros bo`lib kelaberdi. Katta-kichik kelib, tuyni
asboblarini tuzatib, kancha sukim mollar suyib, osh-palovni damlab, fukarolar tuyib,
shu asnoda kirk kecha-yu,kunduz tuylab yotdi. Shu kichik parchada keltirilgan
an‘anaviy udumining ne xayotiyligi, Xalqimiz onggi va odati chuqur singib ketganligini
ularning xozirgi davrining yashab, davom etib kelayotganligidan xam anglash mumkin.
Xalq dostonlarida milliy an‘analar, urf-odatlar, insoniy kadriyatlar doim ijobiy
obrazlar xatti-xarakat bilan bog`lab tasvirlanadi, ular timsolida mardlik, tugrilik,
adolatparvarlik, vafodorlik, xalollik birinchi uringa kuyiladi. Qaysi davr dostoni, qissasi
yoki yozma adabiyoti na‘munasi bulmasin, ulardan insoniy qadriyatlar ulug`lanadi.
Masalan: »Alpomish» dostonida sevimli yor, oila va urug` birligi yuli kursatilgan
mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, turli ellar va Xalqlar birdamligi, dustlik va samimiyat
uluglangan. Xalqning qaxramonlik va mardlik xaqidagi ideallari sodiq do`st, vafoli yor,
oqibatli jon-jigar to`g`risidagi orzu-umidlari dostonining asosiy ijobiy qaxramonlari
Alpomish, Barchin, Qorajon, Qultoy, Yodgorlar timsolida tas‘virlanadi. Xalq ularni o`z
56
dushmanlariga qarshi kurashda har ishga qodir, jismoniy baquvvat, ma‘naviy yetuk
qaxramonlar qilib yaratgan. Masalan: Qo`ng`irot urug`i boshliqlari Boybo`ri va
Boysarining bolalari Xakimibek va Barchin ajoyib, g`aroyib sharoitlarda tugiladi va
yoshligidayoq Shoxmardon pirim tomonidan unashtirildi. Xakimbek yoshligidanoq
bahodirona ishlarga qodir bo`lib, o`sdi va yetti yoshdayoq bobosi Alpinboydan qolgan
o`q kamonli sari yoydan otib, Askar tog`ining chuqqisini uchirib yuborggani uchun
Alpomish nomini oladi va tuqson alpning biri bo`lib qoladi.
Alpomishning asosiy jasorati, qaxramonlik zakot talab qilganligi uchun akasi
Boyburidan arazlab, o`n besh kunlik masofada Qalmoq yurtiga, Kashal yurtiga kuchib
ketgan.
Dostonning xam birinchi va xam ikkinchi qismidagi Qalmoq lashkariga
qarshi kurashda Alpomishning adolatparvar, oddiy odamlarga jonkuyar va
xayrixox, bechoralarga madadkor ekanini kuramiz. Zero, Alpomish qalmoq yurtiga
boskinchilik kilish uchun emas, balki Qalmoq shoxi tomonidan mol-mulkni tortib
olinib, uzi xizmatkor kilingan Boysariga madad berish va uni Boysunga olib kelish
uchun boradi. Xar ikki xolda xam Qalmoqshox lashkari unga xujum kilgani uchun
dushmanga karshi jangga otlanadi. Demak, adolatga qarshi kurashadi.
Ikkinchi jixatdan bu kurashda Alpomish shu yerdagi progressiv kuchlarga
tayanadi. Bular Qalmoq yurtining malikasi tovka va oddiy chupon Kaykubot. Ular
Alpomish zindonda yotganda va undan kutulib chikishida katta yordam beradilar.
Bunda odamga odam dust bulib, yaxshilik kilishi, sadokat va muruvvat kur satishi
kerakligi targib kilinadi. Bu ulug insoniy fazilat Alpomish Toychaxonni
mag`lubiyatga uchratgach, Kaykubotni uning urniga podshox kilib tayinlaydi va
taxtni egallaganini konunlashtirish uchun Toychaxon kizi Tovkani Kaykubotga
xotinlikka olib beradi. Demak, Kaykubotning Qalmoq eliga shox kilib
tayinlanishida shu ulkaning Alpomish boshliq Qung`irotliklarga tobe kilinishi va
shu yusinda markazlashgan Qung`irot davlatining tashkil topayotganini kurish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: