narsa yo’q narsa bilan o’lchanadi. Hayotda ideal narsaning bo’lishi mumkin emas. Uning mavjudlik
sharti o’tgan sharti insonning hatti-harakati bilan bog’liq bo’ladi. Ideallik namuna bilan birga tarixiylikni
talab etadi. Axloqiy idealga aylangan shaxs tarixiy tajribadagina mavjud bo’ladi va muayyan zamonga
kelib, u ma‘lum ma‘noda idellashtiriladi. Unda inson siymosi yorqin misol bo’la oladi.
38
Odam ideal sari intiladi, o’z hayotini unga qiyoslaydi, uni tanqid qiladi. U inson hayotidan eng
ulug’ axloqiy talabdirki, uning bajarilishi shaxsni komillikka yetkazadi. Hayotda bunga tulik erishib
bo’lmaydi. Inson ana shu komillikni o’ziga namuna qilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy –
hayotiy komillikni kulga kiritadi. Dunyoviy va diniy ideal mazmuni hamda mohiyat jihatidan bir-biridan
farq qiladi. Musulmonlar uchun ideal Muhammad alayhissalom nasroniylar uchun xazrati Iso, yaxudiylar
uchun Xazrati Muso ideal hisoblanadi. Ijtimoiy axloqiy ideal esa doimiy bo’lmaydi. U o’zgarib turadi.
Masalan: Amir Temur o’z davrining ideali bo’lgan. Hozir esa «Kuch adolatda!» degan shiorini hayotning
ma‘nosi deb bilgan buyuk ajdodimiz Amir Temur ko’pchilik tomonidan ijtimoiy axloqiy ideal, adolatli
davlat rahbarining na‘munaviy timsoli tarzida qabul qilinadi. Demak, muayyan tuzum talablaridan kelib
chiqqan holda, ijtimoiy - axloqiy ideallar o’zgarishi mumkin.
Hayotning ma‘nosi- yashashdan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib yuborish ularni
aynanlashtirish mumkin emas. Hayotning ma‘nosi deganda maqsadga nisbatan keng qamrovli tushuncha
e‘tiborga olinadi, o’z ichida o’nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, u muayyan maqsadlar tizimini tashkil
qiladi.
Ba‘zan hayot «ma‘nosiz» kechishi ham mumkin. Bunda kishidagi maqsadlar o’tkinchi, mayda,
yuksak orzu-intilishlardan yiroq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz bo’lishi mumkin.
Ba‘zilar o’z hayot ma‘nosini qanday yo’l bilan bo’lmasin boy-badavlat, to’kin-sochin yashashda
deb tushunadi. Harom-harishning farqiga borib o’tirmaydi, birovning haqidan qo’rqmaydi yoki qanday
vositalar bilan bo’lmasin, martabaga erishishni o’z oldida hayotiy maqsad qilib qo`yadi, faqat «yulsam»
deydi.
Boshqa birov esa qonunni buzmaydi, lekin o’zgalarga qayishishni hayoliga ham keltirmaydi, hech
kim bilan ishi bo’lmaydi, faqat «o’z qobig’ida» yashashni afzal ko’radi.
Hayotning ma‘nosi – bu hayotning butun bir bosh yo’lidirki, bunda konkret, aniq maqsadlarni
belgilab beradigan yo’nalishlar e‘tiborga olinadi.
Inson o’z oldiga maqsad qo`yadi. Bu maqsadlar o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, balki ularni
insonning turmush sharoitlari taqozo qiladi. shunday ekan, hayotning ma‘nosi-uning inson ongidan qat‘iy
nazar mavjud bo’la oladigan obe`ktiv mazmunidir.
Baxt- bu o’z hayoti ma‘nosini qay darajada tushunish va shu ma‘nodagi umri mobaynida qoniqish
hosil qilishdan iborat jarayondir.
Abu Nosir Forobiy «Baxt – bu har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir», -
deb ta‘kidlagan. Haqiqatdan ham baxt inson hayotining umumiy bahosidir. Baxt tushunchasini
rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog’langan, u jamiyat hayotida sodir bo’ladigan
o’zgarishlarni muvofiq rivishda yangi mazmun bilan boyib boradi, umuminsoniy elementlarni saqlab
qoladi. Baxtning umuminsoniy elementi shaxsiy hayot tarzini, o’zining mavjudligini idroq etadigan,
normal yashash sharoitini ta‘minlashdan o’z mavjudligini foydalanishga ishonchdan insonning muhabbat,
do’stlik, ota-onalik zavq-shavqini anglashdan iborat.
Baxt eng avvalo ma‘naviy extiyoj bilan bog’liq, unda maqsadlarga birin – ketin erisha borish,
konikish jarayoni, bir umr to’xtamaydi, doimo lazzat va zavkini o’z ichiga oladi.
Baxt orzu kabi idealning hissiy extiros shakli sifatida ko’zga tashlanadi, shaxs intilishini ro`yobini
anglatadi. Baxt omad bilan bog’liqdir.
Omad- tasodif, baxt – zaruriyat, omad istisnoli, baxt-qonuniy hodisa. Omad – shaxsning bir
zumlik holatini aks ettiradi. Baxt esa inson nimaga erishmogi lozim, savoliga umri mobaynidagi amaliy
javobidir. Baxtni tushunish har bir davrda, ma‘lum tarixiy sharoitda millat, shaxs va jamiyatning
taraqqiyot darajasiga qarab, turlicha muayyanlashish xususiyatiga ega. Ya‘ni ideal kabi uning ham tabiati
o’zgaruvchan.
Har bir kishi o’z baxtini mehnati, tinch-totuv yashashi, kasb-kori, ilm-fan va texnika fanlarini
egallashi bilan topadi. Buyuk shoirimiz Gafur Gulom: Taqdirni qo’l bilan yaratur odam, goyibdan kelajak
baxt bir afsona, - deb yozgan edi.
Xulosa. Axloqshunoslikning o’ziga xos mezoniy tushunchalari bo’lib, ular dialektik aloqadorlikni
taqozo etadi. Bu mezoniy tushunchalar ijtimoiy taraqqiyotning dastlabki davrlaridan paydo bo’lib, inson
faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan jarayondir.
Axloqning mezoniy tushunchalari ma‘naviyat va ma‘rifatni yuksakka ko’tarishda, kishilarni
komillik tomon yetaqlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Har bir talaba yoshdan axloqshunoslikning
mezoniy tushunchalarini chuqur o’rganish hamda uni hayotga tadbiq qilish talab etiladi.