Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi


Aqli    zaif  bolalarda  nutqni  grammatik  qurilishi  va  bog'lanishli



Download 406 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana15.01.2021
Hajmi406 Kb.
#55635
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
rivojlanishida kamchiligi bolgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning oziga xos xususiyatlari

1.1.4.Aqli    zaif  bolalarda  nutqni  grammatik  qurilishi  va  bog'lanishli 

nutqning buzilishi 

Ko'pchilik  mualliflarning  tadqiqotlari  shuni  ko'rsatadiki  (V.G.Petrov, 

M.F.Gnezdilov,  M.F.Feofanov, 

A.P.Fedchenko  va  boshqalaf)  aqli  zaif 

o'quvchilarda  nutqning  grammatik  tomondan  shakllanmaganligi  kuzatiladi.  Bu 

grammatik  umumlashmalarni  talab  qiluvchi  ko`plab  topshiriqlarni  bajarishdagi 

qiyinchiliklarda  kuzatiladi.  Gaplarning  sintaktik  tuzilishlari,  so'z  yasalishdagi  va 

so'z  o'zgartirishdagi  morfologik  shakllarning  to'liq  rivojlanmaganligi  ham  buning 

sabablari hisoblanadi. 

Kelishiklarni  qo'llashda  ham  buzilishlar  kelib  chiqadi.  Otlarning  bosh  va 

tushum  kelishiklari  nisbatan  yaxshiroq  shakllangan  bo'ladi.  Eng  ko'p  xatolar 

qaratqich  va  chiqish  kelishiklar  konstruksiyalarida  uchraydi.  Qaratqich  kelishigi 

ko'proq bosh kelishik bilan almashtiriladi. 



 

18 


Aqli zaif bolalarda kelishiklarni old ko'makchilar bilan noto'g'ri qo'llash,shu 

konstruksiyalarni old ko'makchilar bilan noto'g'ri tushunishga  qaraganda ko'proq 

kuzatiladi.  Impressiv 

nutqda  orqa,  oldi,  yonida, 

ustida,  tagida  old 

ko'makchilarning  o'rnini  almashtirib  qo'llash  kuzatiladi.  Ekspressiv  nutqda  -ga,  -

dan  ko'makchilarini  tushirib  qoldirish,  shuningdek,  ustida,  yonida,  oldida, 

orqasida, o'rtasida, orqali old ко'makchilarinig yo'qligi kuzatiladi. 

Ravish  va  otdan  hosil  bo'lgan  birikmadagi  buzilishlar,  ot  va  sonning 

noto'g'ri birikishi kuzatiladi. 

Bolalar  otning  qaratqich  kelishigidagi,  ko'plikdagi  shaklini  noto'g'ri 

qo'llaydilar.  Ba'zi  bir  hollarda  qaratqich  kelishigi  qo'shimchalari  almashtir'ib 

yuboriladi.  Sifatga  oid  so'zlarning  otlar  bilan  sodda  va  kelishikda  moslashuviga 

doir bo'lgan topshiriqlarni bajarishda xatolarga yo'l qo'yiladi. 

To'liq  shakldagi  sifatlarini  qisqa  shakldagi  sifatlar  bilan  almashtirishdagi 

xatolar ham o'ziga xos tomonlarga ega. 

Aqli  zaif  bolalarda  so'z  yasalishi  funksiyasi,  so'z  o'zgarishiga  qaraganda 

kamroq  shakllangan,  deb  hisoblanadi.  So'z  yasalishining  kam  shakllanganligi 

otdan yasaluvchi sifatlar hosil bo'lishidagi qiyinchiliklarda ko'rinadi (tosh-toshli). 

Quyi  sinflardagi  aqli  zaif  o'quvchilar  uchun  sodda  yig'iq  gaplar  xarakterli 

bo'lib  hisoblanadi.  Tarkibida  to'ldiruvchi,  ba'zan  o'rin  holi  ishtirok  etgan  sodda 

yoyiq gaplar ham ishlatiladi (Qiz gul uzyapti; Bolalar maktabga boryaptilar). 

Bolalarning  mustaqil  nutqida  ega  yoki  kesim,  yoki  ega  bilan  kesim  tushirib 

qoldirilgan  gaplar  tez-tez  uchrab  turadi.  Masalan,  rasmga  qarab  hikoya  tuzish: 

"Bola baliq tutyapti. Tashladi. Yugurdi. Qayiqda suzyapti". 

Aqli  zaif  bolalarda  so'zning  morfologik  tarkibi  va  gapdagi  so'zlarning 

sintaktik aloqasi  haqidagi  tasavvurlar,  morfologik  umumlashmalar juda  ham 

kambag'al.  Nutqning  leksik-grammatik  qurilishining  rivojlanmaganligi, 

ayniqsa bog'lanishli nutqda yaqqol namoyon bo'ladi. 

Ko'pgina  mualliflarning  ishlarida  aqli  zaif  bolalarda  bog'lanishli 

nutqning  sekinlashgan  holda  rivojlanishi  va  o'ziga  xos  sifatlari  bilan 

xarakterlanishi  keltiriladi.  Ular  uzoq  vaqt  situativ  nutqda  va  savol-javob 




 

19 


bosqichida  to'xtalib  qoladi.  Bu  bolalarda  mustaqil  fikr  bayon  qilishga  o'tish 

juda qiyin  hisoblanadi. Ko'pchilik  hollarda  yordamchi  maktablarning  yuqori 

sinflarigacha  cho'ziladi.  Mustaqil  fikr  bayon  qilishning  hosil  bo'lishi 

jarayonida  aqli  zaif  o'quvchilar  kattalarning  yordamiga  muhtoj  boiadilar. 

Aytib ko'mak berish yoki savol tarzida berish zaruriyati seziladi. Ayniqsa, bu 

bolalar  uchun  kontekstli  nutq  shakli  qiyin  hisoblanadi.  Situativ  nutq,  ya'ni 

ko'rgazmalilikka,  aniq  situatsiyaga  (holatga)  tayangan  nutq  nisbatan 

yengilroq amalga oshiriladi. 

Mustaqil 

nutqning 

rivojlanmay 

qolishida 

dialogning 

to'liq 


shakllanmaganligi  muhim  rol  o'ynaydi.  Ma'lumki,  dialogik  nutq  monologik 

nutqdan oldin shakllanadi va uning rivojlanishini tayyorlab  beradi. Aqli zaif 

bolalar  ko'pincha  biror-bir  voqeaning  mazmunini  aniq  bayon  qilishning 

zaruriyatini  tushunib  yetmaydilar,  ya'ni  ular  suhbatdoshiga  (suhbat 

mazmuniga ko'ra) moslasha olmaydilar. 

Mustaqil  fikr  bayon  qilishlar  uzuq-yuluq  bo'ladi.  Hikoya  qilishda 

mantiqiy  tartib,  qismlar  orasidagi  aloqa  buziladi.  Bog'lanishli  matnlar 

ko'pincha  fragmentlardan  iborat  bo'ladi,  yagona  bir  butunlikni  tashkil 

qilmaydi  va  bayon  qilishning  qisqaligi  bilan  xarakterlanadi.  Aqli  zaif 

bolalarda  bog'lanishli  nutqning  shakllanishidagi  ortda  qolish  sabablaridan 

biri  ularning  nutqiy  aktivligi  juda  zaif  va  tezda  holdan  toyishi  hisoblanadi. 

Monoligik  nutq  jarayonida  hikoyani  konkretlashtirish  va  rivojlantirish 

bolaning  o'zi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Ba'zi  bir  hollarda,  xususan, 

bolalarda  hikoyalash  mavzusiga  qiziqish  uyg'onganda,  mustaqil  fikr  bayon 

qilish  xarakteri  ham  o'zgaradi:  hikoya  mazmuni  kengayadi,  gaplardagi 

so'zlar  soni  ham  ortadi.  Shunday  qilib,  mustaqil  fikr  bayon  qilishda 

motivatsiya (sabab-sharoit) katta rol o'ynaydi. 

Aqli  zaif  bolalarda  bog'lanishli  fikr  bayon  qilishning  o'ziga  xosligi 

topshiriqning  xarakteridan,  mustaqil  fikr  bayon  shaklidan  kelib  chiqadi. 

Mustaqil  hikoya qilishga qaraganda, aqli zaif bolalarda, qayta so'zlab  berish 

yengil  amalga  oshiriladi.  Lekin  ularning  qayta  so'zlab  berishlari  ham  qator 



 

20 


o'ziga  xosliklarga  ega.  Masalan,  ular  matnning  ko'pgina  muhim  qismlarini 

tushirib qoldiradilar, mazmunni soddalashtirib bayon qiladilar,  vaqt, makon, 

sabab-oqibat 

munosabatlarida 

tushunmovchiliklar 

namoyon 


bo'ladi. 

Ko'pincha  ular  matnda  bo'lmagan  voqea-hodisalarni,  detallarni  qo'shib 

yuboradilar. 


Download 406 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish